
Algoritm markazi | (Al-jabr)
Ilmdan o'zga najot bo'lmagay!
Murojaat: +998-88-175-70-77
@Al_Jabr_admini
Maxsus tayyorlov darslari siz uchun!
Natijalar biz haqimizda gapiradi:
https://t.me/Al_Jabr_natijalar
Algoritm saralash bosqichida nimalarga erishdi?
Biz o'quv yili boshidan 73 nafar 4-sinf o'quvchilari bilan ushbu mashaqqatli yo'lga chiqqan edik.
Orada har xil oylarda kelib qo'shilgan bolalarni ham hisobga olganda yotoqli darslar boshlanish arafasida biz 86 nafarni tashkil qilganmiz.
(Onlayn ta'lim olgan bolalar alohida masala)
Bulardan Prezident maktabiga topshirmagan va topshira olmaganlar soni taxminan 8 ta ekan. Shunda aniq hisobda 78 nafar bola biz bilan yo'lning oxirigacha keldi deyish mumkin.
Mana shu bolalardan hozirgacha aniqlab sanaganim 61 nafari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Bu sal kam 80% lik natija.
Biz bu yil tariximizdagi eng ko'p miqdordagi 4-sinflarni o'qitdik va tariximizdagi eng katta foiz ko'rsatkichini ko'rsatdik.
Maqtanyapti demangki, o'qitgan o'quvchilari soniga ko'ra bu foizni qolgan markazlardan chiqishi qiyin deb o'ylayman. [
To'liq o'rganib chiqmasdan rekord deb dod solish man uchun to'g'ri emas
]
Allohga hamdlar bo'lsinkim, jon-kuyar oilamiz ustozlari har bir bola uchun maksimal harakat qilishdi. Xattoki saralashdan o'ta olmagan kam sonli o'quvchilarda ham bilmiy o'zgarishlar bo'lganligini e'tirof etishimiz zarur.
Bilim yillar, sabr-toqat va mashaqqatlar evaziga egallanadigan topilmas boylikdir.
Vijdanan aytamanki, albatta ustozi aytganini ko'ngildagidek qilgan bolalar saralashda o'z so'zlarini aytishdi.
O'tolmagan jajji bilimdonlarga esa yana imkoniyatlar hali oldinda ekanligini va xatolardan to'g'ri xulosa yasab yana olg'a intilishni tilab qolaman!
Allohim o'quvchilarimiz ilmini ziyoda qilib,qolgan imtihonlardan ham bizni quvontiradigan natijalar chiqarishini so'rab qolaman.
@Al_Jabr_LC
Faxrli natijalar bilan quvontiramiz
🇺🇿
Algoritm o‘quv markazi yana bir bor o'z natijadorligini isbotladi. Prezident maktabi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarimiz ro‘yxati e’lon qilindi.
🏆
Bu yilgi natijalarga ko‘ra, 60 nafardan oshiq o‘quvchilarimiz 1-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ularning har biri bilim, mehnat va qat’iyatning natijasidir. Ism, ID va to‘plagan ballari bilan to‘liq ro‘yxatni kontentimiz orqali bilib olishingiz mumkin.
📈
Algoritm – natijaga yo‘naltirilgan ta’lim manzili!
📲
Qo'ng'iroq qiling
:+99888175 70 77
#eslatma
#imtihon_2025
🔔
IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆
7-, 8-, 9-iyul kunlari
boʻlib oʻtgan
ixtisoslashtirilgan maktablar
ining imtihon natijalari
shu yilning 29-iyul kuni
gacha;
📆
10-, 11-, 12-iyul kunlari
boʻlib oʻtgan
tayanch
ixtisoslashtirilgan maktablar
ining imtihon natijalari
shu yilning 1-avgust kuni
gacha
;
📆
12-iyul kuni
boʻlib oʻtgan
ijod maktablari
ga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa
shu yilning 2-avgust kuni
gacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
➖
➖
➖
➖
➖
🔎
12-iyul kuni
boʻlib oʻtgan
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab
ining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari
eʼlon qilindi.
📝
Prezident maktablari
ga 6-iyul kuni
o‘tkazilgan
1-bosqich imtihon natijalari
Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan
e’lon qilindi.
🏛
Prezident maktablari imtihonlarining
2-bosqichi 27-iyul kuni
1 smenada
bo‘lib o‘tadi.
👉
Qabul-2025 yangiliklari
👈
#imtihon_2025
#prezident_maktablari
❗️
AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆
Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
📝
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
➖
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha
40 ta topshiriqni
bajarishga
90 daqiqa;
➖
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha
40 ta topshiriqni
bajarishga
40 daqiqa
beriladi.
📶
Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (
130 daqiqa
)
, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✔️
TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.
❌
Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
‼️
Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.
📲
Har bir talabgorning
ariza.piima.uz
saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📍
Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣
PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
✔️
Joriy yilning
6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge
xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi
.
✅
Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/
✅
Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/ps1
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
Ko'zlarim yo'lingda...
☹️
(Gap kino yoki inson haqida emas)
@Al_Jabr_LC
Prezident maktabi saralash bosqichi natijalari hali e'lon qilinmadi.
Bu Singapurliklarni yoqtirdimda. Cho'zib oxiriga taqamay Beruniyni chiqardi qo'ydi. Odamni asab tolalarini chertishni yoqtirmaydimi deyman bular)
Xo'shsh.... endi bunday:
Natijalarni birinchilardan bo'lib bilish uchun Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi
https://www.cambridgeinternational.org
kuzatib borish tavsiya qilinadi. Ushbu saytga kirib presidential schools pre-selection results 2025 deb qidiruvga berish yoki
👉
👉
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2025/
linkidan vaqti-vaqti bilan xabar olib turish mumkin.
Halicha yangilik yo'q ammo.
Kutamizmi uxlaymizmi?
@Al_Jabr_LC
https://t.me/beruniy_maktabiga_tayyorlov
Bugun saralash bosqichi natijalari e'lon qilinadi.
Har holda nizom bo'yicha shunaqa)
♾
Har bir o'quvchiga qilgan mehnatlarida ortiq natijalar nasib qilishini so'rab qolamiz.
Bir narsani unutmang, bolangiz agar yaxshi o'qib, kerakli narsalarni o'zlashtirgan bo'lsa, InshaAlloh bu bosqichdan oson o'tib oladi.
Bu muvaffaqiyat ota-ona, ustoz, bolaning kuchli uchlik tashkil qilishi va Allohning nasibaga qo'shganligi samarasidir.
⚙️
Ammo o'ta olmasa, unga yana ko'proq e'tibor bering, hali oldinda egallash mumkin bo'lgan marralar talaygina!
Sizning achchiq so'zlaringiz uning bilim olishga bo'lgan qiziqishiga ta'sir qilishi mumkin. Xatolarini, balki yaxshiroq o'qishi kerak bo'lganu, shuni qilmaganini tushuntiring. Oldiga yana maqsad qo'ying. Yiqilgandan keyin kuchliroq bo'lib turishi kerakligini ayting. Axir bilasiz-ku, hayot kurashlardan iborat!
Kuchli raqobatda yutqizish bu hammasi tugaganligini emas, yanada jiddiyroq dars qilish kerakligini anglatadi!
Menda 4-sinfligida hamma imtihonlardan yiqilib, ammo Mirzo Ulug'bek maktabi imtihonida kuchli 20 talikka kirgan bolalar talaygina. Ular 4-sinfligida o'zidan oldinda bo'lgan ixtisoslashgan maktabga kirgan bolalarni ham ortda qoldirishgan.
Chin dildan qilingan niyat va mashqlar albatta marraga olib boradi InshaAlloh!
Ba'zi bolalar ko'nikmalarni o'rgatganingiz bilan o'rganib qolmaydi. Bu narsa vaqt talab qiladi. Bu xuddi uzoqroq muolaja olib tuzaladigan bemorga qiyos qilinadi.
Prezident maktabiga tayyorlovda vaqt hisobidan mavzular tez o'tilishi tabiy holat. Shuning uchun kimdirga singib ketmaslik holati ham ro'y beradi. Yana takror aytamanki, bolaga imkoniyat va maqsad bering.
Hali bu murg'ak qalb egasi oldida butun boshli hayot turibdi.Bilim esa oylar, yillar so'ngra ham foydaliligicha qolaveradi.
Harakatdan to'xtamaymiz, qo'zichoqlar sherga aylanmaguncha!
@Al_Jabr_LC
🟢
BEPUL KURS!
🏫
Yangi ochilgan Al-Beruniy maktabiga kirishni istaganlar uchun!
📣
Al-Beruniy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab yaqinda ochildi!
Bu esa sizga noyob imkoniyat — qabul imtihonlariga tayyorlanish uchun yangi yo‘l ochadi!
👨🏫
Men — Jahongir Musurmonov, ushbu maktabga kirish istagidagi o‘quvchilar uchun bepul tayyorlov kursi (marafoni) tashkil qilyapman!
Nima kutilyapti?
✅
Al-Beruniy maktabi qabul savollariga mos yozma ishlar
✅
Topshiriqlar, yechimlar va tushuntirishlar
✅
Motivatsiya va o'ziga bo'lgan ishonch
✅
Va eng asosiysi — barchasi bepul!
📅
Kurs boshlanishi: [18.07.2025]
📍
O‘tkaziladi: [online]
🕒
Davomiyligi: [imtihongacha]
📲
Ro‘yxatdan o‘tish uchun
@beruniy_maktabiga_tayyorlov
ga a'zo bo'lishingizni o'zi yetarli.
🔥
O‘rganing. Tayyorlaning. Imtihondan o‘ting. Al-Beruniy maktabining bir qismiga aylaning!
@beruniy_maktabiga_tayyorlov