Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ayshagul_Qur‘an Center

Ayshagul_UZ_Quron_markazi

🌿
رتل القران ترتيلا
🌿
Ayshagul Qur‘on online markazi darslari
O‘zbek ayol-qizlari uchun (xos)
1-Qur'on yodlash
2-Qur'on tasxih
3-Tajvid darslari
4-Sanad - maqraah
Sahifaning tashkil qilingan sanasi 1.9.2019

Subscribers
4 230
Post views
15 292
ER
358,13%
Posts
828
August 21, 18:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

#TA
'ZIYA
Ayshagul Qur'on markazi ustozalari
Ummu Ahmadxon ustozamizning volidalari
vafoti munosabati bilan ustozamiz va ahli oilalariga ta'ziya bildiradi.
Alloh taolo mahrumaning barcha gunohlarini kechib, savol-javoblarini oson qilsin, solih amallarini o’ziga hamroh qilsin, qabrlarini jannat bog'chalaridan qilsin, oxiratlarini obod qilsin!
Farzandlari va yaqinlariga chiroyli sabr bersin.
إنا لله وإنا إليه راجعون
اللهم إغفر لها وارحمها وعافها واعف عنها وأكرم نزلها ووسع مدخلها واغسلها بالماء والثلج والبرد ونقها من الذنوب والخطايا كما ينقى الثوب الأبيض من الدنس واسكنها الفردوس الأعلى من الجنة بدون حساب ولا سابقة عذاب يارب العالمين
Ayshagul Qur'on Markazi

June 06, 01:02
Media unavailable
3
Show in Telegram

June 06, 00:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 29, 18:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Allohu akbar,
Allohu akbar,
Allohu akbar,
Laa ilaaha illalloh Allohu akbar,
Allohu akbaru valillahil hamd
تقب الله منا ومنكم صالح الأعمال
Alloh taolo bizdan va sizdan solih amallarimizni qabul qilsin!
Barcha duolarimizni ijobat qilsin
🌹
Alloh taolo bizlarni Jahannamdan ozod bo'lganlar qatorida qilsin, Firdavs Jannatida hammamizni jamlasin,
Keyingi Ramazonga iymonda, sog'-salomatlik, xotirjamlikda yetkazsin
🤲
Oxiratda Alloh taoloning "Bas, bandalarim ichiga kirgin.
Va jannatimga kirgin" so'zlarini eshitib haqiqiy hayitni nishonlashimizni nasib qilsin
🌺

March 01, 05:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

🕌
🌙
🕌
🌙
🕌
🌙
🕌
🌙
🕌
🌙
🕌
🌙
🕌
🌙
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
🌺
Kirib kelgan ulug' Ramazon oyi muborak bo'lsin!
🌺
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men uning huzurida yodga olinsam-u, menga salovat aytmagan kimsaning burni yerga ishqalansin!
Ramazon kirib so'ng (undan gunohlari) mag'firat qilinmay chiqqan kimsaning burni yerga ishqalansin!
Oldida ota-onasi ulug' yoshga yetsa-yu, uni jannatga kirgazishmagan kimsaning burni yerga ishqalansin!"
(Termiziy rivoyat qilganlar).
Ey Robbim! Bizni O'zing yahshi ko'rib, rozi bo'ladigan narsalarga muvaffaq ayla! Bizni ezgulik va taqvoga yo'lla! Bilmaganimizni ta'lim ber va ta'lim berganingni bizga foydali qil! Bizni ro'zaning fazilatlariga amal qiluvchilardan qil!
Ayshagul Quron_markazi

February 28, 05:52

🌴
🌴
🌴
Ramazonga Tayyorgarlik
1. O'sha sizlar bilgan tayyorgarlik - uyingizni tartibga keltiring va tozalang.
2. Namoz liboslaringiz va joynamozingizni yuvib, tozalab, xushbo‘ylab qo‘ying.
3. Xonangizda kichik ibodat burchagi tayyorlang. Uyingiz qanchalik kichik yoki tor bo‘lishidan qat'i nazar, siz buni amalga oshirishingiz mumkin.
4. Ushbu burchakka namoz liboslaringiz, joynamoz va Qur'oni Karimni, duo kitoblarini joylashtiring va uni ibodat va duolar uchun ishlating. Bu joy Qiyomat kuni siz uchun guvoh bo‘ladi.
5. Jamg‘arma qutisi oling, unga "Ramazon Xayriya Qutisi" deb yozing va har kuni ozgina mablag‘ qo‘ying. Bu xayriya loyihasi uchun ishlatiladi, masalan, yetim bolalar uchun hayit kiyimlari sotib olish yoki muhtojlarga iftorlik tarqatish.
6. Ajoyib g‘oya: har kuni iftoringizni bir kambag‘al, miskin, muhtoj, qarindosh, qo'shni oila bilan baham ko‘ring. Faqat ovqat miqdorini biroz oshirsangiz yetadi va ularga chiroyli qadoqlangan holatda yetkazib bering.
7. O‘zingiz sevgan va qalbingizga yaqin bir surani tanlang va uni yod olishga niyat qiling. Bu muborak oyda katta savob topasiz.
8. Ko‘p istig‘for ayting va unutmang juda ko‘p muammolar istig‘for bilan hal bo‘lgan.
9. Har kuni uch kishini (aka-uka, opa-singil yoki do‘stlaringiz) duo qiling. Har kuni ularni nomma-nom eslab duo qiling. Oy oxiriga borib natijasini ko‘rasiz. Farishtalar: "Senga ham shunday bo‘lsin" deydilar
10. Har hafta Hajj va Umra ajrini oling. Ha! Haftada bir yoki bir necha kunni tanlab, bomdod namozini o‘qib, joynamozda o‘tirib, duo, zikr va Qur'on tilovati bilan band bo'ling. Quyosh chiqqandan keyin ikki rakat namoz o‘qing. Bu sizga to‘liq Hajj va Umra savobini olib keladi.
11. Qur'onni ko‘p o‘qing. Ramazon davomida uni uch martta tugatishga niyat qiling. Agar yetib bormasangiz ham, niyat uchun savob olasiz. Har bir harf uchun o‘nta savob bor boshqa kitob yo'q —Ramazonda bu yanada ziyoda bo‘ladi!
12. Har kuni oz miqdorda pul jamg‘aring va har o‘n kunda uni bir muhtoj oilaga ehson qiling. Har kuni kichik xayriya qilish —bu katta baraka keltiradi.
13. Shaxsiy ibodat jadvalingizni tuzing va uni faqat Alloh bilan o‘rtangizdagi sir sifatida saqlang.
Ayshagul Qur'on Markazi

August 05, 08:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qurʼon tilovatidan malollanganingizda quyidagini esga oling:
“Qurʼondan
🌹
bir sahifa oʻqisangiz, 5.000 (besh ming) hasanot olasiz,
🌹
bir juz (bir pora) oʻqisangiz, 100.000 (yuz ming) hasanot olasiz,
🌹
agar bir marta xatm qilsangiz, 3.000.000 (uch million) savobga ega boʻlasiz!

August 04, 16:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uch xil tijorat borki, ular hech qachon kasod boʻlmaydi:
1. Qurʼon tilovat qilish.
2. Namozni toʻkis ado qilish.
3. Mol mulkidan ehson qilish.

Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni toʻkis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor boʻlurlar”
(Fotir surasi, 29 oyat).

August 04, 01:27

🧕
ҚИЗЛАР УЧУН
🎀
Қизлик даври ғанимат. Ғанимат сўзини ҳозир унчалик англай олмасангиз ҳам, қалбдаги гапларни айтавераман. Чунки инсон баъзи нарсаларни яшамагунча ҳис этмаслиги мумкун...
Oта-онага хизмат ғанимат. Вақтлар ўтади, ҳозир яшаб юрган уйингизни, қанчадир муддатда келадиган азиз меҳмонига айланасиз. Истасангизда, доим ҳам ҳозиргидек ота онангизни хизматига шай бўлолмаслигингиз мумкун. Ота она уларга хизмат қилмасангиз ҳам ҳамиша дуо қилувчи нурдирлар. Лекин сиз уларни ҳушнуд этишга ҳаракат қилинг, ҳурсанд қилиб дуоларини олинг, зотан бунда ажр бор.
🏠
Mўжазгина хонангиз, у ҳам энг қадрли ҳудуд. Унда ўтган вақт барокати эҳеее, сиҳатсиз. Ҳамма нарсага жудда ҳотиржамлик ила вақтингиз етиши мумкун, агарки тўғри сарф қила олсангиз.
🎈
Ҳамон қизлик даврини яшар экансиз, хонангизни ҳурлик, иффат нури ила тўлдиринг. Тиловатингиз, дуоларингиз, мутолааларингиз, бахтли кунларингиз ҳар бурчагига сингиб кетсин.
Шунчаки бу кунларни беҳуда яшаманг. Беҳудаликдан йироқ бўлинг.
Ўзига ишонадиган даражада ривожланинг, илм олинг. Оила аъзоларингизга, ўзингизга вақт ажратинг. Ўзингиз учун олий баҳтни барпо қилиш ҳаракатида бўлинг.
#қизлар
Марказимиз толибаси Дилноза Умму Муҳаммад Юсуфдан
.

June 21, 04:20

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Markazimiz  Harf va Tajvid ustozasi farzandi Madinada falokat sababli og'ir operasiyani o'tkazdilar. Hozirda Toshkent shahrida 2 - operasiya o'tkazildi. Davolanish va oyoqqa turishlari uchun kamida 70 -80 million atrofida mablag' kerak.
Muborak kunlarda, ko'mak bermoqchi bo'lganlarga karta raqam qoldiramiz. Alloh taolo hamisha barchamizni yaxshiliklarda peshqadamlardan qilsin, amin!
5614682703303604
Ergashboyeva Ozoda
Hurmat ila   Ayshagul
@Ayshagul_UZ_Quron_markazi