Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MRDİ ilmiy-ijodiy faoliyati

Dilafruz_Qurbonova_DcS

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori Qurbonova Dilafro‘z Abdurashidovnaning rasmiy sahifasi

Subscribers
523
Post views
155
ER
29,73%
Posts
5 911
October 28, 16:13
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🎓
Ilmiy himoya yangiliklari!
🗣
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi ixtisosligi tadqiqotchisi Umarxodjayeva Mamura Karimbayevnaning San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o‘tdi.
💬
Mamura Umarxodjayeva “О‘zbekiston qо‘g‘irchoq san’atining shakllanish va rivojlanish bosqichlari (XX asrning 30-yillari – XXI asr boshlari)” mavzusida tadqiqod olib borgan bo‘lib, u o‘z dissertatsiyasida XX asrning ikkinchi yarmida qo‘g‘irchoqlar milliy o‘ziga xoslik fenomeni sifatida ommalashganligi dalillangan.

Tadqiqotchi Mamura Umarxodjayevani mazkur ilmiy himoyasi bilan tabriklab, kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 25, 18:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot 24 | Turkiy dunyo dekorativ-amaliy san'ati
#25oct
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Faceboo
k
|
Telegram

October 25, 17:50
Media unavailable
4
Show in Telegram

2025-yil 25-oktabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va amaliy san’at fakultetining Tasviriy va amaliy san’at (sirtqi ta’lim) yo‘nalishi 3-bosqich iqtidorli talabasi Keldibekova Muxlisa Zoir qizi O‘zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining Jizzax viloyati, Forish tumani bosqichida faol ishtiroki bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli talabamiz o‘zining iste’dodi, faoliyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turib, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Institut jamoasi Keldibekova Muxlisani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va unga kelgusi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

October 25, 12:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

🖼
E’LON!
2025-yil 27-oktabr kuni
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Tasviriy san’at fakultetining Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich iqtidorli talabalari —
Mirvosilov Begzod Shuhrat o‘g‘li,
Eshboyeva Zebiniso Murodjon qizi,
Muxammadiyev Shaxobiddin Shuxrobidin o‘g‘li
hamda ko‘rgazma kuratori Pardayeva Dilobar Jahongir qizi
tomonidan tayyorlangan “Debyut (Birinchi chiqish)” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
🎨
Mazkur ko‘rgazma yosh rassomlarning ilk ijodiy ishlarini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Barcha san’at ixlosmandlarini va institut jamoasini ushbu ko'rgazmaga  tashrif buyurishga taklif etamiz!
🌸
📍
Manzil: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
🕒
Sana: 2025-yil 27-oktabr, soat  12:00.
Badiiy ilhom, go‘zallik va ijod bir makonda!

October 25, 11:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

2025-yil 25-oktabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
San’atshunoslik va Amaliy san’at fakulteti Badiiy naqqoshlik yo‘nalishi 3-bosqich iqtidorli talabasi
Olimjonova Farangiz Ma’rufboy qizi
O‘zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining Andijon viloyati, Izboskan tumani bosqichida faol ishtiroki bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Institut jamoasi Farangizni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi, ijodiy parvozlarga, yangi zafarlarga va yuksak marralarga erishishini tilab qoladi!

October 24, 06:17
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

#LIVE
🌍
Ilm va san’at birlashgan maydon!
⭐️
Bugun, 23-oktabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashabbusi bilan
Hilton Tashkent City
mehmonxonasida “
Turkiy dunyo dekorativ-amaliy sanʼati: oʻtmish, bugun, kelajak
” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-nazariy anjuman
o‘z ishini boshladi.
Anjumanda turkiy xalqlar sanʼatining tarixiy ildizlari, bugungi yutuqlari va kelajak istiqbollari haqida ilmiy bahs-munozaralar olib borilmoqda.
Mazkur anjumanda taniqli olimlar, rassomlar, dizaynerlar hamda sanʼat sohasidagi mutaxassislar ishtirok etmoqda.
🕊
Telegram
|
📺
YouTube
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 23, 14:08
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

🗣
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida “Turkiy dunyo dekorativ-amaliy sanʼati: oʻtmish, bugun, kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Bugun “Hilton Tashkent City" mehmonxonasi konferensiya zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Turkiy dunyo dekorativ-amaliy sanʼati: oʻtmish, bugun, kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
💬
Anjuman ochilish marosimida, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda Ozarbayjon davlat san'at va madaniyat universiteti rektori Jeyran Emin qizi Mahmudovalar so‘zga chiqib, anjuman ishtirokchilariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirgan holda anjuman ishiga omad tiladi.
💬
Anjuman O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San'atshunoslik fanlari doktori, professor Kamola Akilova moderatorligida olib borilib, unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov, Turkiyalik San'atshunoslik fanlari doktori, professor Nursen Ozkul Findik, Turkiyaning Kastamonu universiteti professori Seuhan Yilmaz, Turkiyalik San'atshunoslik fanlari doktori Demet Ornek, Turkiyaning Istanbul universiteti Tasviriy san'at bo‘limi dotsenti Sennur Kaya, Ozarbayjonlik
San'atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Rumeysa Ragsana Hasanzade, Ozarbayjon Milliy tarix muzeyi, arxitektura bo‘yicha falsafa doktori Nardana Yusifova,
Qozog‘iston Xoreografiya akademiyasi doktorantlari Serik Junusov, Saida Sattibayeva o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
💬
Anjumanda yetakchi san’atshunoslar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, Turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san'atining tarixi, rivojlanishi, bugungi holati, nazariy va amaliy masalalar, shuningdek, o‘zbek milliy san’ati rivojiga doir yangi qarashlar muhokama qilindi.

Milliy va jahon san’atida kechayotgan yangi badiiy tendensiyalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlarni ilgari surish va yosh san’atshunoslarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bu kabi anjumanlar Turkiy dunyo xalqlari, shuningdek, O‘zbekiston amaliy san’ati tarixi va nazariyasini chuqur o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 23, 14:08
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 23, 08:07
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

❗️
⭕️
⭕️
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🗣
Ayni damda “
Hilton Tashkent City"
mehmonxonasi konferensiya zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida
“Turkiy dunyo dekorativ-amaliy sanʼati: oʻtmish, bugun, kelajak”
mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman o‘z ishini boshladi!
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 22, 08:31
Media unavailable
1
Show in Telegram