
Fazliddin Haqqulov
Kanalda ta'lim muassasalaridagi to'lov-kontraktga oid ma'lumot va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.
‼️
MANDAT CHIQDI
⚡️
Yakuniy tanlov natijalari
(mandat)
e’lon qilindi
✅
2025/2026-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha
tanlov natijalari
e’lon qilindi.
📌
Tanlov natijalarini 3
xil
usulda bilish mumkin.
1️⃣
my.uzbmb.uz
sayti orqali:
my.uzbmb.uz
saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga
abituriyentning ID raqami
ni kiritgan holda.
3️⃣
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek,
test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
❗️
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari
e'lon qilindi
📆
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari
18-19-avgust
kunlari
bo‘lib o‘tadi
.
✅
Test sinovlari
ikki smenada
tashkil etiladi:
1️⃣
-smena —
08:00
dan
11:00
gacha;
2️⃣
-smena —
15:00
dan
18:00
gacha.
⏳
Test sinovlari
2 ta mutaxassislik
va
3 ta majburiy
fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami
90 ta test topshirig‘i
va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun
3 soat
vaqt beriladi.
👨🏻💻
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
saytidan olishlari mumkin.
❗️
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan,
pasport
(ID-karta)
va
ruxsatnoma
bilan kelishlari lozim.
⚡️
Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar
1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga
foizsiz
, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga
(14%)
ko'ra ajratiladi.
2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan
davlat va nodavlat OTM talabalari uchun
ajratiladi.
3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat
kunduzgi ta’lim
talabalari uchun ajratiladi.
4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan
(oʻrtacha “3”dan past)
taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning
80 foizi
miqdorida ajratiladi.
5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi
pasaysa, kredit foizi ham pasayadi.
Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
6. Ta'lim kreditini
har yili
olish mumkin.
7.
“Superkontrakt”
asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga
imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi
.
8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin
7-oydan boshlab 7 yil muddatga
ajratiladi. Masalan talaba
1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida
kreditni toʻlashi mumkin.
9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha
garov va kafillik talab etilmaydi
10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni
“Taʼlim krediti” axborot tizimi
(
talim-krediti.mf.uz
) va
my.gov.uz
orqali topshirish mumkin boʻladi.
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Ushbu ulug‘ oy sizga va yaqinlaringizga tinchlik, sog‘lik, baxt va baraka olib kelsin. Qilgan ibodat va duolaringiz qabul bo‘lib, qalbingiz nurga to‘lsin. Savobli amallaringiz bardavom, ro‘zalaringiz esa maqbul bo‘lsin. Ramazon sizga sabr, mehr-oqibat va ezgulik olib kelishini tilayman!
Hurmat bilan,
@Fazliddin_Haqqulov
IT xodimi birdaniga 9 ta kompaniyaga joylashib, umuman ishlamasdan yiliga $755 ming atrofida pul topadi. Uning ishini Hindiston va Pokistondan to‘plangan 7 kishidan iborat jamoa bajaradi, ularga ishbilarmon arzimagan pul to‘laydi.
Kecha shu mazmundagi postga ko’zim tushdi va Sizga ulashishga qaror qildim. Aslini olganda ayrim yaqin tanishlarim shunday “Tadbirkor”larni qo’lida ishlaydi. Ishonavering ishbilarmon bo’lsak, hammasini uddalash mumkin.
Sxema mukammal ishlab chiqilgan: bir xodim unga yangi vakansiyalar topib beradi, ikkinchisi suhbatdan o‘tadi, uchinchisi zum-qo‘ng‘iroqlarda uning rolini bajaradi, qolganlar kod yozib, dedlaynlarni yopadi.
Bu tizim 5 yildan beri ishlamoqda va hech kimda shubha uyg‘otmagan. Toparmon erkak esa haliyam yangi ishlarga "joylashish"da davom etmoqda.
"Senda pul yo‘q, chunki dux yo‘q" degan ibora rostga o‘xshaydi
😁
@Fazliddin_Haqqulov
⚡️
Rasman: joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi -
prezident qarori
.
@Fazliddin_Haqqulov
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
Sizni go'zal diyorimizga qutlug' qadamlari bilan kirib kelgan, fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish ayyomi — Navro'zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!
Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangiz va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, rizq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!
Hurmat bilan,
Fazliddin Haqqulov
Markaziy bank asosiy stavkani 14%gacha ko'tardi!
Demak, iqtisodiyotda inflyatsion bosim biroz kuchaygan, talabning barqaror o'sib borishi va inflatsion kutilmalarning kuchayishi natijasida qat'iy pul-kredit siyosati vositalari ishga tushirilmoqda.
Bu nima degani?
Bu narxlar kutilganda tezroq o'sayotganligi, tovar va xizmatlarga bo'lgan talabning barqaror o'sib borayotganligi hamda tadbirkorlar va aholi o'rtasida narxlarni o'sishidan havotir nisbatan kuchayganligini bildiradi.
Asosiy stavkani ko'tarilishi banklardagi kreditlar narxi oshishiga, aholi va xorijiy rezidenlar tomonidan qo'yiladigan depozit (omonat)larning jozibadorligini oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar bilan ta'minlanmagan pul massasini biroz kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Qisqasi inflyatsiyani sekinlashtirish maqsad qilinganda.
😀
@Fazliddin_Haqqulov
Kursdan kursga qoldirilgan talaba qayta o'qish uchun faqatgina akademik qarzdor fanlariga mos shartnoma puli to'laydi
Vazirlar Mahkamasining 824-Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 42-bandiga asosan kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib, ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘lashi belgilangan.
Ayrim hollarda oliy ta'lim muassasalari tomonidan kursdan qoldirilgan talabalardan ham o'quv yili uchun to'liq kontrakt to'lashni talab qilishadi. Bu aslida noto'g'ri.
Ushbu postni kursdan kursga qoldirilgan tanishlaringizga yuborib qo'ying.
@Fazliddin_Haqqulov
📌
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi…