Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan

GulistonshahridagiPM

Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌
Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌
Prezident maktabidagi yangiliklar
📌
To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌
O‘quv jarayonidan lavhalar
📪
Murojaat uchun:
@GulistonPM_bot
☎️
67-236-02-07

Subscribers
1 170
Post views
328
ER
28,28%
Posts
15 568
October 29, 10:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

‼️
‼️
‼️
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Sirdaryo_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
🤩
Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️
Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️
Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐
Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
📍
Sirdaryo
viloyati
da joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari:
1.
Guliston shahridagi Prezident maktabi
2.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
3.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Sirdaryo filiali
4.
Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5.
Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
6.
Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
7.
Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8.
Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9.
Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10.
Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11.
Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
12.
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal

October 28, 13:53

https://uza.uz/uz/posts/yuksak-etirofga-sazovor-boldi_776532

October 27, 16:28
Media unavailable
10
Show in Telegram

🎉
“MADANIYAT FESTIVALI”

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida Zamonaviy yondashuv fani o‘qituvchisi Sh.Ne‘matova tashabbusi bilan 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Madaniyatlar festivali” o‘tkazildi!
🔹
Ushbu tadbir davomida o‘quvchilar turli xalqlarning urf-odatlari, milliy kiyimlari, raqslari, musiqasi hamda milliy taomlarini namoyish etishdi. Har bir guruh o‘ziga xos bir xalq madaniyatini tanlab, uning tarixi, san’ati va an’analarini ijodiy tarzda yoritib berdi.
💫
O‘quvchilar milliy liboslarda chiqishlar qilishdi, turli tillarda qo‘shiqlar kuylashdi hamda o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan milliy taomlaridan mehmonlarga taqdim etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda bag‘rikenglik, do‘stlik va millatlararo hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, dunyodagi turfa madaniyatlarni qadrlashga o‘rgatishdan iboratdir.
💥
Bunday tashabbuslar yoshlarimizda keng dunyoqarash, o‘z va boshqa millat madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
.
Telegram
/
Facebook
/
YouTube
/
Instagram
/

October 27, 16:28
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 27, 16:28
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 27, 08:09
Media unavailable
3
Show in Telegram

#congratulations
🏆
"YILNING ENG YAXSHI O‘QITUVCHISI
"

Guliston shahridagi Prezident maktabining maktab maslahatchisi
Madina
Saparova
Chicago universiteti tomonidan
“Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi”
deb e’tirof etildi!
🔹
Bu yuksak mukofot
Guliston shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchisi
Asilbek Ashurov
tomonidan berilgan tavsiya asosida taqdim etildi. Asilbek hozirda ushbu nufuzli universitetning talabasidir.

Chicago universiteti ushbu mukofot orqali o‘qituvchilarning ta’limga bo‘lgan sadoqati, o‘quvchilar hayotiga ijobiy ta’siri va bilimga bo‘lgan mehrini e’tirof etdi.
💫
Madina Saparovani barcha hamkasblar nomidan samimiy tabriklaymiz! Sizning mehnatingiz — yoshlarimizning erishgan yutuqlarida namoyon bo‘layotgani quvonarlidir!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram
/
Facebook
/
YouTube
/
Instagram
/

October 27, 06:58
Media unavailable
6
Show in Telegram

🌏
Yoshlar — dunyo xalqlarini bog‘lovchi ko‘prik!

Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchilari Iqtisod fani o‘qituvchisi Faith Ruth Villanueva hamda Zamonaviy yondashuv fani o‘qituvchisi Sh.Ne‘matova rahbarligida Filippinlik tengdoshlari bilan onlayn madaniy almashinuvda qatnashdilar.
🇺🇿
🤝
🇵🇭
🔸
Uchrashuv davomida o‘quvchilar milliy taomlar, sevimli sport turlari, qiziqarli mashg‘ulotlar va maktab hayoti haqida qizg‘in suhbatlashishdi.
💫
O‘quvchilar bir-birlariga xatlar yozish orqali turli madaniyatlarni chuqurroq anglash va xalqaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlash haqida o‘zaro fikr almashdi.
🔹
Ushbu ta‘limiy almashinuvning asosiy maqsadi o‘quvchilarimizning dunyoqarashini kengaytirish, boshqa millat vakillari bilan muloqot qilish va global iqtisodiy bilimlarini boyitishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram
/
Facebook
/
YouTube
/
Instagram
/

October 26, 13:36
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Rahbar_kubogi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi!
Bugun Jizzax Prezident maktabida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅️
Tadbirda Agentlik direktori
Sevara Shakirova
so‘zga chiqib, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi, irodali va maqsadli bo‘lishga undovchi ushbu tashabbusning ahamiyatini ta’kidladi.
Musobaqa Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarining
8–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
voleybol, mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Mazkur tashabbus yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
🟢
Har bir g‘alaba — mehnat, iroda va hamjihatlik samarasidir!
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal

October 26, 11:13
Media unavailable
8
Show in Telegram

#Rahbar_kubogi
🏆
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasi start oldi!

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 8-9-10-sinf o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida sportning volleybol, mini futbol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi"
sport musobaqasi sektor bosqichining o'rtoqlik uchrashuvlari ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
💫
Ushbu musobaqa Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarini sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jamoaviy o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram
/
Facebook
/
YouTube
/
Instagram
/

October 26, 11:13
Media unavailable
10
Show in Telegram