Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Hana Bank yangiliklari

HANABANK_info

Hana Bankning O'zbekistonlik mijozlari uchun foydali bo'lgan ma'lumotlarini ulashamiz
🇰🇷
🇺🇿
Murojaat uchun:
@UzbHana

Subscribers
1 360
Post views
1 117
ER
82,2%
Posts
313
August 12, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli mijozlar!
Bankimiz quyidagi sanalarda bayram munosabati bilan ishlamaydi:

2025-yil 15-avgust (Juma)
— Koreya mustaqilligi tiklangan kuni.

2025-yil 17-avgust (Yakshanba)
— bayram munosabati bilan dam olish kuni.
Bankomat xizmatlari esa 365 kun davomida (dam olish kunlari ham) mavjud bo’lib, ulardan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Tushunganingiz uchun rahmat!
Hana Bank Uzbekistan
🇺🇿

July 29, 12:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hana Bank hisobini
chet ellik ID kartasi
bo’yicha ochtirmoqchi bo'lganlarni shu hafta
Chorshanba(30 iyul)
va
Payshanba(31 iyul)
kunlari quyidagi manzildagi bank filialida kutamiz:
📍
하나은행 원곡동외환센터출장소
경기 안산시 단원구 원본로 20
1) Chet ellik ID kartasi
2) Siz fuqarosi bo'lgan mamlakatning xorijiy pasporti
3) Koreyadagi telefon raqami
❗️
1yilga 120,000wonlik xar oy echib boradigan depozit hisob ochilishi kerak.
Agar yuqoridagi filial sizga uzoq bo‘lsa,
hafta davomida
barcha kerakli hujjatlarni olib,
o‘zingizga yaqin Hana Bank filialiga borib ham hisob ochtirishingiz mumkin
.
Agar tarjima kerak bo‘lsa, bank xodimiga
“o‘zbek xodim bilan telefon orqali bog‘lab berishingizni iltimos qilaman”
deb ayting.
-
Bugungi konvertatsiya kursi:
🇰🇷
100,000 KRW
🇺🇿
888,930 UZS

July 28, 07:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
DIQQAT!
Hozirgi kunda Koreya davlati tomonidan berilayotgan yordam pullari (민생회복지원금) E-9 va E-7 vizasi egalariga taalluqli emas.
🆘
Shuningdek
, telefoningizga keladigan har qanday linkli SMS xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshuvni tavsiya qilamiz. Bu kabi xabarlar xakerlar tomonidan yuborilgan bo‘lishi ham mumkin.
Bunday linklarga kirmang, chunki ular orqali sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanishi ehtimoli bor.

Yordam puli olish huquqiga ega vizalar:
F-6, F-5, F-4 (muayyan shartlar asosida)
📌
Batafsil ma’lumotni yashayotgan hududingizdagi mahalla qo‘mitasi (주민센터) orqali olishingiz mumkin.
❤️
𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀 – 𝐒𝐈𝐙𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓 𝐌𝐀𝐍𝐁𝐀𝐈𝐍𝐆𝐈𝐙!
🥇
HUJJAT ISHLARI, PRAVA APOSTIL HIZMATLARI, IMMIGRATSIYA UCHUN YOZMA TARJIMA HIZMATLARI,
🥇
Taklifnoma tuldirib berish xizmati!
📞
Тел :010-2708-6457
👇
👇
👇
👇
👇
RA‘NO OPA KOREYA
🌹
𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!

July 28, 06:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, hurmatli Hana Bank mijozlari
❗️
Qabul qiluvchi bankning dasturida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli UZCARD va HUMO kartalariga o'tkazmalar vaqtincha to'xtatildi. Ushbu guruh orqali profilaktika ishlari yakunlanganligi to'g'risida…

July 24, 04:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, hurmatli Hana Bank mijozlari
❗️
Qabul qiluvchi bankning dasturida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli UZCARD va HUMO kartalariga o'tkazmalar vaqtincha to'xtatildi. Ushbu guruh orqali profilaktika ishlari yakunlanganligi to'g'risida e'lon qo'yilgunga qadar Western Union orqali valyuta jo'natishingizni so'raymiz
⚠️

July 04, 07:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
Hurmatli mijozlar!
So‘nggi kunlarda [하나카드] nomidan yuborilgan quyidagi kabi SMS xabarnoma kelmoqda:
“Karta orqali shaxsni tasdiqlash xizmati 2025 yil 30 sentyabrda tugatiladi.”
Bu xabar faqat
“karta orqali tasdiqlash xizmati”
haqida bo‘lib,
sizning bank hisobi yoki kartangizga hech qanday ta’siri yo‘q!
👌

Eslatma:
• Bu SMS
barcha mijozlarga
yuborilgan.

Hisobingiz yoki kartangiz bloklanmaydi.

Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q.
• Bu faqat
tasdiqlash (verifikatsiya) xizmati
to‘xtashi haqida xolos, boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘q.

July 04, 02:20

🇰🇷
Pyeongtaek shahrida yashovchi barcha yurtdoshlar e’tiboriga!
Shu yakshanba kuni 평택외국인센터 filialida
Hana Bank
hisob raqami ochish imkoniyati bo‘ladi.
📌
Hisob ochmoqchi bo‘lganlar uchun
zarur hujjatlar va hisob ochilgandan so‘ng pul o‘tkazish imkoniyatlari bilan yuqoridagi postlarda tanishib chiqishingiz mumkin.
Xizmat kuni va joyi:
📅
2025-yil 6-iyul (yakshanba)
🕘
Soat: 10:00 dan 15:00 gacha
📍
경기 평택시 평택1로 17 1층, 하나은행 평택외국인센터
Muhim eslatma:
• Filialning ish vaqti mijozlar soniga qarab erta tugatilishi mumkin. Iltimos, ertaroq kelishga harakat qiling.
• Hisob ochish uchun barcha hujjatlar tayyor bo‘lishi kerak!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️
Telegram: 010-7339-9943
👉
Hisob ochish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Savollar bo‘lsa, bemalol yozing!

May 29, 07:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

📲
Qanday qilib marketing SMS’lariga rozilik beriladi?
Mana oddiy qadamlar:
1.
Hana 1Q
ilovasiga kiring.
2.
Menyu
tugmasini bosing.
3. Qidiruvga
“마케팅”
deb yozing.
4. Paydo bo‘lgan bo‘limdan kerakli
rozilik katakchalarini belgilang.
5. Pastda joylashgan
“확인”
(tasdiqlash) tugmasini bosing.

Shu orqali siz marketing SMS’lariga rozilik bergan bo‘lasiz va aksiyada
avtomatik tarzda
qatnashasiz.

Shoshiling! Aksiya 31-may kuni yakunlanadi!

May 29, 07:35

Xalqaro pul o‘tkazib,

omadli oltin kalitni
🔑
qo‘lga kiriting!
🌍
Chet ellik mijozlar uchun minnatdorchilik aksiyasi! Hana EZ orqali xalqaro pul o‘tkazmalari soni 10 millionga yetganini nishonlab, siz uchun ajoyib aksiya boshlandi! Ishtirok eting va qimmatbaho…

May 29, 02:36
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇰🇷
Hana Bank’dan xorijiy mijozlar uchun qulay jamg‘arma hisobi
Koreyada ishlayapsizmi? Pulingizni xavfsiz saqlang va 5% gacha yillik foyda oling.
💼
Jamg‘arma hisob (1 yil):
– Oyiga 10,000 ~ 300,000 KRW
– Yillik foiz: 2.0% + bonuslar bilan jami 5.0% gacha
🎯
Bonus foizlar quyidagilarga bog‘liq:
– Xalqaro pul o‘tkazmalari
– Ish haqi Hana Bank hisobiga tushishi
– Hana kartasi orqali to‘lovlar
ℹ️
Shartlar:
– Faqat xorijiy mijozlar uchun (rezident bo‘lmaganlar bundan mustasno)
– Hisoblar soni cheklangan (30,000 kishigacha)
– Hisobni muddatdan oldin yopmang — foizlar bekor qilinadi
📌
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telegram:
@UzbHana
Telefon: 010-7339-9943