
Ikkinchi oliy ta'lim 4-kurslar
#diqqat
#e'lon
TDIU ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
🟢
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul sinovlari
2025-yil 25-26 avgust
kunlari, 3 smenada (1-smena soat 9-00 da, 2-smena 11-00 da, 3-smena 15-00 da boshlanadi) o‘tkaziladi. Abituriyentlar
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)
bilan Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy manzilida joylashgan
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi
ga qabul sinovlari boshlanish vaqtidan kamida yarim saot oldin kelishlari so‘raladi. Belgilangan kunlari kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha ravishda qabul sinovlari tashkil etilmasligi ma’lum qilinadi.
✔️
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashi qaroriga asosan 2025-2026 o‘quv yili uchun masofaviy ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul sinovlari
yozma ish
shaklida bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari belgilangan:
1. Pasport (asli) va uning 2 ta nusxasi;
2. 6 ta 3,5-4,5 rangli fotosurat;
3. Ilgari tugatgan OTM diplomi (asli) va diplom ilovasi (asli).
⏺
Talabgorlarning qabul sinovlarida ishtirok etish
kuni va smenasi to‘g‘risidagi ma’lumot
ni universitet rasmiy saytida va telegram kanalida ko‘rishingiz mumkin.
🔴
Qabul sinovlari jadvali
Batafsil saytda
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarini keng yoritishda
Instagram
ham muhim axborot manbai sifatida keng qo‘llanilmoqda. Shu munosabat bilan biz ham o‘z faoliyatimizni ushbu platformada boshladik.
Agar yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz,
Instagram profilimizga obuna bo‘ling!
https://www.instagram.com/reel/DNizhatMzsV/?igsh=ZGNjbXhnNG0za3lu
Assalomu aleykum Hurmatli talabalar ushbu so‘rovnomada faol qatnashishingizni so'rab qolamiz
Hurmatli ishtirokchi!
Sizdan quyidagi qisqa so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Ushbu so‘rovnoma orqali tashkilotlarda zamonaviy liderlik va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini baholash, amaliy takliflar ishlab chiqish va real o‘zgarishlar sari qadam qo‘yish maqsad qilingan.
Sizning qatnashuvingiz beqiyos ahamiyatga ega.
Bu nafaqat tashkilotingiz uchun, balki butun boshqaruv tizimi uchun foydali poydevor bo‘ladi.
So‘rovnomani to‘ldirish uchun quyidagi havolani bosing
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSegPCVSNbuR3HYJsirOinuzXrTwfD36XRLQCuyxce6YacbZcQ/viewform?usp=dialog
📞
+998977387454 Ma`lumot uchun
DIQQAT E’LON!
🔴
2025/2026 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash
bo‘yicha arizalar Nizom* bo‘yicha
15-iyuldan 5-avgust
ga (shu kuni ham) qadar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
🔸
O‘zbekistondagi bir davlat OTMidan boshqa OTMiga yoki bir OTM ichida
–
https://transfer.edu.uz/uz
sayti orqali (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi);
🔸
Xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan
–
https://my.uzbmb.uz/
sayti orqali (Bilim va malakalarni baholash agentligi)
🔸
Shu bilan birga, faqat universitet doirasida bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
ta’lim shaklini kunduzgidan sirtqi (kechki va masofaviy ta’lim shakliga agarda mavjud bo‘lsa) ta’lim shakliga o‘zgartirish va bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishini qayta tiklash
yuzasidan arizalar – Universitet Akademik mobillikni muvofiqlashtirish bo‘limi (TDIU, 2-o‘quv binosi, 1-qavat, Registrator ofisi, 125-xona) tomonidan qabul qilinmoqda.
❗️
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari
joriy 15-iyuldan boshlanadi, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2025-yil 5-avgust (shu kuni ham).
Belgilangan muddatdan o‘tgandan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi!
📲
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha murojaat uchun telefon:
+998 71 239-28-78
*Izoh:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 15-bandiga asosan.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
DIQQAT E'LON !!!!!!
Assalomu aleykum hurmatli talabalar sizlarga
4-iyun
kuni
4-kurs
7-semestr
yakuniy nazoratga
31 mayda
kelmaganlar uchun
(2 marta imkoniyatda yiqilganlar kelib o'tirmang)
qayta topshirish bo'ladi kontarkt bo’yicha kela olmaganlar oxirgi marta qayta urinish qilib beramiz soat
(15:00 ga yetib kelsin)
Amaliyotni ham topshirishni oxirgi sanasi ertaga Yakuniy imtixonlarga o’z vaqtida kechimasdan kelinglar. Y
akuniy nazoratga shaxsni tasdiqlovchi Pasport, ID karta, prava, olib kelish kerak bo'lmasa yakuniy imtixonga kirita olaymiz eslatib chiqyapman.
Testlardan 2marta urinishdan yiqilgan va
( tashqi IP)
bilan tushgan talabalar
kontrakt.edu.uz
dan
kredit modul
uchun to'lov shartnoma olib to'lovlarni qilib tashab beringsizlar