Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xalqaro huquq

JIDUXalqaroHuquq

Ushbu kanal JIDU "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar va bitiruvchilar uchun tashkil etilgan.
Takliflar va hamkorlik uchun:
@ftashev

Subscribers
1 680
Post views
661
ER
39,39%
Posts
3 180
October 29, 04:25
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📆
Joriy yilning 21-oktabr kuni professor
Pyali Chatterjee (ICFAI Universiteti) ayollar huquqlari
kursi doirasida to'rtinchi kurs talabalari uchun onlayn ma'ruza o'tkazdi.

Uchrashuvda "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari, yuridik fanlar doktori F. Hamdamova va professor vazifasini bajaruvchi Surayyo Usmanova (PhD) ishtirok etishdi.
⚠️
Ma'ruza davomida professor Chatterjee talabalarni ayol mahbuslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro standartlar bilan tanishtirdi va genderga sezgir qamoqxona islohotining ahamiyati haqida so'z yuritdi. Qamoqxona islohotiga genderga sezgir yondashuv ayollar huquqlarini himoya qilishda asosiy ustuvor yo'nalish ekanligi ta'kidlandi. Hindistonning bu sohadagi tajribasiga alohida e'tibor qaratildi.

Ma'ruzadan so'ng talabalar savollar berish va zaif ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha eng yaxshi amaliyotlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Shuningdek, talabalar O'zbekistonda mahbuslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy tajribani muhokama qilishdi.Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi va talabalarning ayollar huquqlari sohasidagi xalqaro tajribadan xabardorligini oshirishga yordam berdi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 27, 10:29
Media unavailable
4
Show in Telegram

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishga bag‘ishlangan mahorat darsi
J
oriy yil 25-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi o‘tkazildi.
Darsda “Capstone and Legal Partners” advokatlik firmasi advokati, “DE LI SIN” MCHJ bosh yuristi Og`abek Nodirbek o`g`li Tohirxonov, shuningdek, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Shohrux Umirzoqov hamda “Xalqaro huquq” fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Advokat Og`abek Tohirxonov hozirgi paytda yuritimizda tadbirkorlik faoliyati uchun berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlardan foydalanishning huquqiy asoslari va uning amaldagi natijasi bilan tanishtirib, tadbirkorlik faoliyatida huquqning rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 25, 17:02
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

😈
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yuridik klinikasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🇺🇿
Uchrashuv davomida volontyorlarga yuridik klinikaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, tuzilmasi va maqsadlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, klinikaning kelgusi rivojlanish rejalari, jumladan, hamkorlikni kengaytirish va xalqaro darajaga chiqish masalalari muhokama qilindi.
🇷🇺
Сегодня в юридической клинике Университета мировой экономики и дипломатии состоялась встреча с руководителем и волонтёрским клубом
Во время встречи волонтёрам были разъяснены основные направления деятельности юридической клиники, а также представлено общее понимание её структуры и целей. Особое внимание уделено дальнейшему развитию клиники — в том числе планам по расширению сотрудничества и выходу на международный уровень.
🇬🇧
A Meeting Held at the Legal Clinic of the University of World Economy and Diplomacy
During the meeting, volunteers were introduced to the key areas of the Legal Clinic’s work and its overall mission. The discussion also focused on future development goals — including expanding cooperation and reaching the international level.
Telegram
🕊
|
Instagram
🌐

October 25, 16:12
Media unavailable
4
Show in Telegram

📣
THE BOOK CLUB IS BACK!
CLUB PRESENTATION
🐝
DISCUSSION OF ORWELL'S "1984"
🐝
BOOK CHOOSING
📓
Do you love reading or maybe you’ve been considering to start reading something beyond your coursework?

This
is your perfect opportunity - join us on our meeting!

⬆️
Meeting agenda:
📍
Get to know the club and its members
💬
Take part in an open discussion of George Orwell’s “1984” — share your thoughts and impressions
💞
Enjoy a cozy and engaging atmosphere
🎯
And most importantly — help us choose the book that will kick off the new season!
🗓
Date: 27th October (Monday)
📍
Venue: Faollar zali, A block
🔜
Time: 13:30
Please
➡️
fill the form
⬅️
to help us
P.s every each of you is welcome
🙏
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 25, 07:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

24-oktabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
tomonidan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganligining 80 yilligi
munosabati bilan
“BMT va Yangi O‘zbekiston: xavfsizlik, tinchlik va barqarorlik sari”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Surayyo Usmanova
faol ishtirok etib, mazmunli ma’ruza bilan chiqish qildi.
Davra suhbati doirasida BMTning global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ushbu yo‘nalishdagi ustuvor jihatlari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirning yuksak saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shganligi uchun ma’ruzachiga minnatdorchilik bildirildi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 24, 13:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

📣

THE BOOK CLUB IS BACK

📣
This year wait for - more books, more discussions, more opportunities
📖
Join us if you
📖
➡️
Interested in reading and looking for more like-minded people
➡️
Ready for intellectual discussions
➡️
Having trouble to finish all book you've started
➡️
Willing to unwind in a friendly and a cozy atmosphere
➡️
Looking for creative and free community
⚡️
Join us to feel the real atmosphere of student life and
fill the form
Follow us on social media:
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 22, 05:08
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📆
2025-yilning 21-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Xalqaro xususiy huquq" kafedrasi, y.f.d, professor B. Hamroqulov tomonidan 1-bosqich talabalariga
“Ma'rifat darsi”
bo'lib o'tdi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Dadamirzayeva Mokhidil mehmon ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Dars davomida talabalarga ma’naviyat, milliy qadriyatlar, zamonaviy bilimlar ahamiyati, barkamol shaxs bo‘lish yo‘lidagi mas’uliyat hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning talabalar hayotidagi o'rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek nutq madaniyatining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanib, notiqlik mahoratlari haqida tushintirish berildi.
✔️
Ma'rifat darsi yakunida talabalar o'zaro fikr almashdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 21, 14:12
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📆
2025-yilning 20-oktabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun
“Xalqaro shartnomalar huquqi”
fani doirasida
Turkiyaning Bahcheshehir Universiteti professori, doktor Najiba Mustafayeva
ishtirokida mehmon ma’ruza darsi oʼtkazildi.

Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan xalqaro shartnomalar huquqining manbaalari, ularning turkumlari, xalqaro shartnomalarning yaratilishi va kuchga kirishi tartibi, shuningdek, zamonaviy amaliyotdagi dolzarb nizolar va ularni hal etish mexanizmlari kabi masalalar yoritib o’tildi.
✔️
Ma’ruza davomida mutaxassis talabalar bilan bugungi kundagi xalqaro shartnomalar huquqining an’anaviy manbaalaridan tashqari, konvensiyalar, protokollar, xalqaro tashkilotlarning qarorlari, odat huquqi va yangi shakldagi xalqaro kelishuvlar kabi manbaalari hamda ularga oid nizolar yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 21, 11:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
🎇
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining "Xalqaro huquq" fakulteti tomonidan talaba yoshlarni nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish va grantlarga ariza tayyorlash jarayonlari bo'yicha "Fuqarolik va xalqaro xususiy huquq fanlari" kafedrasi o'qituvchisi Alisher Bobonazarov tomonidan Vengriyaning "Stipendium Hungaricum" nomli hukumat grantiga ariza topshirish bo'yicha onlayn va oflayn tarzda master klass tashkil etildi.
💫
Uchrashuvda bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, Vengriya Szeged universitetidan Rachida Roukiaoui (PhD) dastur mehmoni sifatida ishtirok etishdi.
⚖️
Xalqaro huquq fakulteti

October 17, 07:03
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

📆
Joriy yilning 14-oktabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun
“Yevropa Ittifoqi huquqi”
fani doirasida
“Yevropa Ittifoqi huquqining orttirma huquq manbalari”
mavzusida Toshkent Davlat Yuridik Universiteti professori, Yevropa Ittifoqining bir qator xalqaro grantlari g’olibi, AQSHning Fulbrayt tadqiqot granti sovrindori, Oksford Universiteti tadqiqotchisi va O’zbekistondagi yagona “Yevropa Ittifoqi huquqi” darsligi muallifi, yuridik fanlari doktori
Yunusov Haydarali Muratovich
ishtirokida mahorat darsi oʼtkazildi.

Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan Yevropa Ittifoqi huquqida orttirma huquq manbalarining o’rni, ularning turlari, farqli jihatlari, Reglamentning
“vertikal” va “gorizontal” ta’sir kuchi. Direktivaning “gorizantal” noqisligi. Qarorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etilishi.Orttirma huquq manbalarining birlamchi huquq manbalaridan ustun va zaif tomonlari hamda nizolarni hal etish tartibiga oid masalalar yoritib o’tildi.

Mahorat darsi davomida talabalar bugungi kundagi Yevropa Ittifoqi huquqining dolzarb masalalari yuzasidan soha mutaxassisidan savollariga javoblar olishdilar.
Xalqaro huquq fakulteti