
Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿
Alfraganus university' matbuot bo'limi boshlig'i, shoira, radio boshlovchi
Reklama va murojaat uchun:
@Sa1oxiddinovna
@Kamola_Ravshanqizi
@Kamola_Ravshanqizi
Men o'zimga eng yaxshi do'st hamda xavfman,
eshitganlar so'rashadi: Sevding kimni?
Men Toshkentda sog'ingancha  yashayapman,
Andijonda qolib ketgan yuragimni...
U Laylivash, men ishqida Majnun esam,
faqat o'sha meni shunday ko'yga solgan!
Boshqa qizga yuragimni beray desam,
yuragimni o'zi bilan olib qolgan.
Uzoqlashish – dilni sog'inch, g'amga belar,
nahot gʻamlar halos emas anda jondan?
Tushlarimga kirish uchun har tun kelar
erinmasdan Toshkent tomon Andijondan!
Kare sochin sevishimni aytgan sarim,
Qabul qilmoq koʻnglingizga havoladir.
Koʻksi osmon.
iforlari duh, anbarim,
Hushimdan koʻp ayirtirgan Kamoladir!
Kuzda koʻngil harorati isib ketsa,
Qay faslda bargin toʻkib tin oladir?
Butun qalbim bor-yoʻgʻini boʻlib bersam,
Qaytimini qaytarmagan Kamoladir!
Baxtni qadrlaydigan odamlarni yonida bo‘lish — hayotning eng katta sovg‘asidir!!!
@KR_Abduvaliyeva
@abduraxmon_abduxalilov_ijodi
Shunaqa chiroyli she’r yozibdi, ilhom bilan o’qidim
🥰
ABDURAHMONDAN MAXSUS!!!
Biz orzu qilgan ishqni
furushlari qalashgan.
Tishingga qoʻyib tishni
Turishlaring yarashgan.
Nozingni qilganda yod,
Dod demasam boʻldi, dod!
Har ikki soʻzdan bunyod
Urushlaring, yarashgan.
Bir goʻzal ovoz ila,
Bu ishqda havas ila,
Men tomonga noz ila,
Yurishlaring yarashgan.
Qosh-u, kipriging, ko‘zing,
Goʻzal har kalom so‘zing,
Menga boqmasdan, yuzing,
Burishlaring yarashgan.
Sevib, tonmoq koʻp ogʻir,
Men qalbingda musofir.
Ham sodda, ham mugʻombir
Kulishlaring yarashgan.
Azob chekdim betinim,
Sevgimga ko'n, sevgilim.
Yolgʻondan araz inin
Qurishlaring yarashgan.
✍
Abduraxmon Abduxalilov
Qo’llari yo’q insonni sevarmiding deb so’rashdi. Men ularga bu nima bopti yuragi yo’q odamni sevdimku dedim
😂
@KR_Abduvaliyeva
O’ylagandim, hayot meni sevmas deya,
Endi menga hech tasalli kormas deya,
U yormasmi, demak dunyo yormas deya.
Sen umrimga nurlar elab kelguningcha,
Og’ir damda menga dalda bo’lguningcha!!!
Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi
😉
@KR_Abduvaliyeva
Maza qilib eshiting