Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

DMTT_psixologlari

MMTPSIXOLOGISHOHSANAM

👩‍🏫
Bu kanaldan:

MTT psixologi un trening

Metodika

Ish hujjatlarini yuritilishi

Yillik xisobot yozish

Qiziqarli o'yinlar

Ish faoliyatimdan lavxalarni ko'rishingiz mumkin
Reklama berish uchun
@shohsanam18ga
yozing

Subscribers
1 150
Post views
603
ER
53,37%
Posts
3 190
October 07, 09:58

Tavsiya bitta guruh ochib o'sha yerda xoxlovchilar bemalol o'zaro kelishib olishilar mumkin
Ish hujjatlari bir o'quv yili davomida o'rgatilinadi. Buni sababini men bilan ishlayotgan ustozlar yaxshi biladi

October 07, 09:54

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar!
Sizlar uchun juda ajoyib imkoniyat bermoqchiman ko'pchilik ish hujjatlarini yuritishni so'rab murojaat qilyapdi va moliyaviy jixatdan muammolari borligi sababli qiynalib ishlashyapdi shu masalaga ajoyib yechim bermoqchiman va to'g'risi o'zimni ham muammoyimni hal qilmoqchiman bir o'q bolan ikki quyoni uridim deydi ku shunga o'xshash
Xullas meni muammoyim menga oilamga sarfledigan harajatimdan tashqari o'zimni maqsadim uchun 600 000 kerak lekin men buni yig'ishim uchun 6 ta ustozga ish hujjatlarini yuritishni o'rgatishim yoki yana boshqa kichik kichik ishlarim evaziga yig'ishim mumkin.
Yana bir yo'li sizlarga ham moliyaviy jihatdan qulay yengillik bo'lishi uchun shu 600 000 so'mni nechtadir ustoz sonini farqi yo'q menga o'rtada 600 000 yig'ib menga tashlab bersa men o'sha o'rtada pul yig'gan ustozlarni hammasiga ish hujjatlarini yuritishni o'rgataman bitta gruppa tashkil qilib hamma ustozni qo'shamiz va birgalashib ishlemiz siz ham mazza qilib ishlesiz men ham o'z maqsadimga yetaman.
Endi 600 000 ni xoxleng 6 ta ustoz birga yig'ilar xoxleng 10 ta xoxleng 20 ta menga farqi yo'q nechi kishi bo'lsangiz ham necha kishi bo'lsangiz ham 600 000 ni menga yig'ib bersez bo'ldi 6 kishi bo'lsez 100 000 dan
10 kishi bo'lsez 60 000 dan
20 kishi bo'lsez 30 000 dan
To'g'ri kelarkana
🤫
🤪
🥳
🥳
🥳
Xullas imkoniyatdan foydalaning

October 05, 09:44

@Gozilla_bot

October 01, 09:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 01, 09:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

September 28, 16:32

Endi keling, bolaning javoblariga qarab qanday xulosa chiqarish mumkinligini ko‘rib chiqamiz:
🔹
1. Bola: “Joy qolmadi” desa
👉
Bu ko‘pincha shuni anglatadi:
Bola oilada o‘zini ikkinchi planda sezadi.
Unga e’tibor yoki o‘rin yetarli emas deb his qiladi. masalan, uyda ko‘proq ota-onaning ishiga yoki boshqa farzandlarga e’tibor qaratilsa, bola “men ortiqcha odamman” deb sezishi mumkin.
🔹
2. Bola: “Xohlamadim” desa
👉
Bu quyidagilardan darak beradi:
Bola o‘zini oilaga qo‘shishga hissiy tayyor emas.
U oiladagi muammolar, janjallar yoki sovuqlikni sezib, o‘zini “chetda” tutmoqda. ota-ona tez-tez urishsa, bola o‘zini ularga qo‘shishni istamaydi, chunki bu unga xavotir keltiradi.
🔹
3. Bola: “O‘zimni boshqa joyda ko‘raman” desa
👉
Bu quyidagiga ishora qiladi:
Bola oiladan tashqarida o‘zini ko‘proq erkin sezadi.
U oiladagi o‘z o‘rnini topa olmayapti. bola ko‘proq maktabda, bog‘chada yoki do‘stlari orasida o‘zini qadrlangan his qilishi mumkin, uyda esa aksincha.
🔹
4. Bola: “Men ham kerak emasman” desa
👉
Bu xavfliroq signal:
Bola o‘zini oilada ahamiyatsiz yoki keraksiz deb sezmoqda.
O‘zini qadrlash darajasi pasaygan, ichida kamsitilish hissi bo‘lishi mumkin. ota-ona ko‘proq boshqa farzandni maqtasa, bola o‘zini oilaga tegishli emasdek his qiladi.
🔹
5. Bola: “Keyin chizaman” desa
👉
Bu nimani bildiradi:
Bola hozircha o‘zini qo‘shishga tayyor emas, lekin ichida ishtiyoq bor.
Bu ikki xil hissiyot orasida qolganini ko‘rsatadi: bir tarafdan oilaga tegishli, boshqa tarafdan masofada.
Xulosa: Bola o‘zini rasmga chizmaganida, eng asosiy sabab — oilada o‘z o‘rnini topa olmaslik, e’tibor yoki hissiy yaqinlik yetishmasligi. Lekin bu holatni bola qanday izohlaganiga qarab aniqroq xulosa chiqarish kerak.
https://t.me/MMTPSIXOLOGISHOHSANAM

September 28, 16:28

Bola o‘zini oilaviy rasmga chizmagan holatda siz quyidagi savollar orqali uning ichki hissiyotini aniqlab olishingiz mumkin:
🔹
Diagnostik savollar (muloyim ohangda beriladi)
Qiziqish uyg‘otish uchun
"Voy, hammani chizibsan. Juda chiroyli rasm ekan
👏
. Lekin sen qayerdasan? O‘zingni qaerga qo‘ymoqchiyding?"
O‘zini oilada sezish darajasini bilish uchun
"Sen o‘zing oilada qayerda turishni xohlaysan?"
"Sen ham shu yerda bo‘lishing kerakmi yoki boshqa joydami?"
Emotsional munosabatni
aniqlash uchun
"Nega o‘zingni qo‘shishni xohlamading?"
"Senga rasmda joy qolmadi deb o‘yladingmi yoki xohlamadingmi?"
O‘zini qadrlash va his qilish
darajasini bilish uchun
"Agar seni chizib qo‘ysak, qanday ko‘rinishing mumkin edi?"
"Seni oilangdagilar qanday chizishni istaysan?"
Xavotir va ichki konfliktni aniqlash uchun
"O‘zingni qachon chizishni istaysan: hozirmi yoki keyinroqmi?"
"Sen chizilmaganingda oilang qanday bo‘lib qoladi?"
🔹
Nimalarga e’tibor qilish kerak:
Agar bola “joy qolmadi” desa → bu ko‘pincha o‘zini ikkinchi planda his qilish belgisi.
Agar “xohlamadim” desa → bu e’tibor yetishmasligi yoki oiladan ajralish hissi bo‘lishi mumkin.
Agar “o‘zimni boshqa joyda ko‘raman” desa → bu o‘zini oilaga qo‘sha olmaslik yoki o‘zini begona his qilishni bildiradi.
👉
Shu savollar yordamida bola ichidagi sababni muloyimlik bilan bilib olasiz.
https://t.me/MMTPSIXOLOGISHOHSANAM

September 28, 16:24

Oila rasmi metodikasida BOLA O'ZINI RASMDA CHIZMASA ...
Agar bola o‘zini chizmagan bo‘lsa, bu odatda e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan signal hisoblanadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin:
🟢
Bola o‘zini chizmagan holatlarda ehtimoliy sabablar:
O‘zini oilaning bir qismi sifatida sezmasligi
Bola “men bu oilada muhim emasman” yoki “men ikkinchi plandaman” degan ichki hisga ega bo‘lishi mumkin.
Past baholash yoki ishonchsizlik
Bola o‘zini kichraytiradi yoki butunlay “yo‘q” deb his qiladi. Bu o‘zini past baholash, o‘zidan norozi bo‘lish alomati bo‘lishi mumkin.
E’tibor yoki mehr yetishmasligi
O‘zini chizmaslik orqali bola “meni ko‘rishmaydi” degan tuyg‘usini ifodalashi mumkin.
Onasi yoki otasi bilan muammoli munosabat
Agar bolaning oilada biror kishi bilan tanglik holati bo‘lsa, ba’zan bola o‘zini “chiqarib tashlaydi”. Bu orqali “agar men bo‘lmasam, muammo ham bo‘lmaydi” degan fikrni ichida aks ettiradi.
Haddan tashqari uyat yoki o‘zini ko‘rsatishni xohlamaslik
Ba’zi bolalar o‘zlarini qog‘ozga tushirishni istashmaydi, chunki ular o‘z obrazlarini ifoda qilishdan qochishadi. Bu ham xavotir yoki ijtimoiy qo‘rquvni bildirishi mumkin.
https://t.me/MMTPSIXOLOGISHOHSANAM

September 27, 17:04

Oila rasmi metodikasi tahlil gruppasiga qo'shilish uchun
@shohsanam18
ga yozing

September 27, 17:04
Media unavailable
1
Show in Telegram