
MATEMATIKA || Milliy sertifikat
Assalom aleykum
👋🏻
📚
MILLIY_SERTIFIKAT_MATEMATIKA
Milliy sertifikat savollari tahlili
qiziqarli misollar va biroz kulgi
✏️
Oddiy tushuntirish
Taklif va savollar uchun :
@MESMERISE_88
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda
(hududiy boshqarmalarda)
markazlashgan holatda chop etilmoqda.
Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarning zimmasidagi vazifaga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallar tarqaldi.
Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.
Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida
(9-10-11-sinf)
qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz
.
Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir.
Shu munosabat bilan, agar Sizga:
➖
olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa,
➖
jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari
Markazning maxsus boti
yoki
ushbu  (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
Bugun tuman olimpiadasi bo’lib o’tmoqda. 200 ming so’mga test savollari sotilib ketganini eshityapmiz. Bugun qaysidir o’quvchilar 200,000 evaziga viloyatga yo’llanma oladi. Juda achinarli holat. Har yili shu narsani oldini olish uchun qandaydir harakatlar qilinadi. Lekin guruch kurmaksiz bo’lmaydi.
Nima qilsak bo’ladi degan savol ko’p o’ylantiradi.
Firkimcha:
✅
Tuman yoki viloyat olimpiadasida o’quvchi va o’qituvchilarga beriladigan har qanday mukofot, rag’batni bekor qilish kerak. Toki soxta obro’ uchun hech kim g’alamislik qilmasin.
✅
Manimcha endi olimpiadalarda ham superkontrakt kabi qo’shimchakvota tizimini joriy qilmasak bo’lmaydiyov.
Zero superkontrakt 1-avgust muammolarini hal qildiku. Olimpiadani ham balki shu yo’l bilan tartibga solarmiz.
Ya’ni: bir bosqichdan o’tolmagan o’quvchi qandaydir pul to’lash evaziga (masalan 50,000 yoki 100,000 so’m) keyingi bosqichga ishtirok etsin. Tumandan o’tolmagan pulini to’lab viloyatga qatnashsin. Viloyatdan o’tolmagan esa pulini to’lab I saralashga qatnashsin.
Yuqoridagi shunchaki shaxsiy fikrim. Shuncha qilinayotgan islohotlarni kimlardir g’alamislik qilib pachavasini chiqarib qo’yayotganiga achinib ketyapman.
Boshqa takliflar bo’lsa
https://t.me/Murojaat_FOM_bot
ga murojaat qilinglar.
@Milliy_sertifikat_chust
@Milliy_sertifikat_chust
Assalomu alaykum aqllilar
🤩