Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Muhriddin Hamzayev🇺🇿

MuhriddinHamzayev

🌐
Rasmiy blog
🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi
Aloqa uchun:
@mx3101
https://www.instagram.com/muhriddin_xamzayev?igsh=a3J0eWw0d2F3Y3Ns
https://www.facebook.com/share/15m4fYay6z/

Subscribers
738
Post views
990
ER
124,42%
Posts
2 715
September 05, 05:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Ichki_turizm
#Videorolik
▶️
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi
Muxriddin Xamzayev boshchiligida 50 nafar yosh
ishtirokida Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat uyushtirildi.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan sayohat uchun sertifikat bilan taqdirlangan yoshlar 2 kun davomida tumandagi diqqatga sazovor joylar va turizm markazlarida madaniy hordiq chiqarishdi.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 04, 06:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🗣
💬
👍

Telegram
|
🌐
Instagram|

Facebook|

September 01, 01:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tabrik
Qadrli yurtdoshlar, viloyatimiz ahli va shijoatli yoshlar!
🇺🇿
Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun viloyatimiz ahlini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bu yilgi mustaqillik tantanalari
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
degan ulug‘vor g‘oyani o‘zida mujassam etib, katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, xalq va jamiyat manfaatlari yo'lida olib borayotgan fidokorona faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
Go‘zal va betakror Vatanimiz, uning so‘lim bir go‘shasi bo‘lgan viloyatimiz hamisha tinch va farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Muxriddin Xamzayev,
O'zbekiston yoshlar ittifoqi
Toshkent viloyati Kengashi raisi.

Telegram
|
🌐
Instagram|

Facebook|

September 01, 01:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🤩
Aziz yurtdoshlar! Qadrli yoshlar!
Maftunkor va betakror, qiyosi va tengi yo‘q yurtimizda istiqlolimizning qutlug‘ 34 yillik ayyomi dillarni yanada munavvar etayotgan mana shunday shukuhli kunlarda diyorimiz o‘zgacha ko‘rk-u tarovat ila chiroy ochmoqda. Mustaqil Vatanimizning 34 yillik sanasini ko‘tarinki kayfiyat ila tantana qilmoqdamiz.
🕊
Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, biz uchun eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan O‘zbekistonimizning Mustaqillik kuni, istiqlolning 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
🥳
Barchangizga shu aziz va muqaddas Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizda g‘ayrat va shijoat hamda omadlar tilab qolaman. Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan
🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va
👨‍🎓
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

August 30, 05:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
“UYG‘ON, O‘G‘LIM!”
🎼
Ozodbek Nazarbekov
✍️
Botir Ergashev so‘zi
Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim,
Har oning huzur, o‘g‘lim.
Shahdingdan kun yorishsin,
Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
El bo‘lsa yigit joni,
Sel kabi jo‘shar qoni.
Vatan desa dunyoni
Ikki chetga sur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Nafs ipin uzar bo‘lsang,
Baxt ichra suzar bo‘lsang,
Bir esking buzar bo‘lsang,
Avval o‘nta qur, o‘g‘lim!
Bizning ilm maktabi,
Bo‘lgan dunyo matlabi.
Buxoriy
bobong kabi
Qilgin tafakkur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Ulug‘bek
osmonida
Yulduz bo‘l, oy yonida.
Beruniy
ummonida
Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim!
El koriga bo‘lsang shay,
Seni kaftimda tutay.
Bobong
Manguberdi
day,
O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Avlodning baxtga mosi,
Ajdodlarga bo‘l xosi.
Bibixonim
momosi,
Bobosi
Temur
, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yo‘lingda qancha chohlar,
Uyg‘onmasliging xohlar.
Sen esa shunday chog‘lar
Bo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yasha yurtni sha'nim deb,
Har yerin chamanim deb.
Hayqirib:
“Vatanim!”
— deb,
Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim.
Biz — o‘tmish, sen — kelajak,
Umring baxtga to‘lajak.
O‘zginamning bo‘lajak
Navoiy, Bobur,
o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!

August 30, 03:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Яшасин Ўзбекистон давлати! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует наш родной Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

August 29, 17:52
Media unavailable
10
Show in Telegram

Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан
табриклади.

В столичном парке «Янги Узбекистон» состоялись торжества по случаю Дня независимости. Президент Шавкат Мирзиёев сердечно
поздравил
весь наш народ и соотечественников за рубежом с 34-й годовщиной государственной независимости.
#Mirziyoyev
#bayram
#Mustaqillik
#34yil
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

August 29, 17:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

Истиқлолимизнинг 34 йиллигига бағишланган байрам шодиёнаси ёрқин концерт дастури билан давом этмоқда.

Торжества по случаю 34-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

August 29, 17:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз тўрт йиллиги
га бағишланган тантанали маросимдаги
нутқи

Выступление
Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной
34-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

August 29, 06:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ватан учун, миллат учун, халқ учун курашган қаҳрамон аждодларимиз ёд этилди.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X