
NAVBAHOR 🦅MUXLISLARI
"НАВБАХОР МУХЛИСЛАРИ"
Каналига ҳўш келибсиз
Савол таклиф булса админларга мурожат қилинг
@Orifjon5000
“Navbahor” Media taqdim etadi:
Jamoamiz aʼzolarining mashgʻulotlaridan videolavha.
“Navbahor” Media taqdim etadi:
Jamoamiz aʼzolarining mashgʻulotlaridan videolavha.
✔️
Toirov va Xoldorxonov jamoamizni tark etishdi
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oraligʻidagi tanaffus va yozgi transfer payti.
Shu bois, barcha jamoalar tarkibida oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.
“Lochinlar” kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan ikki nafar futbolchi bilan oʻzaro kelishuv asosida xayrlashishdi. Bular - himoyachi Shahzod Toirov hamda hujumchi Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlar.
Toirov jamoamiz tarkibidagi barcha oʻyinlarda jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qilgan boʻlsa, Xoldorxonov “lochinlar” safidagi barcha bellashuvlarda jami 8 ta oʻyinda maydonda 351 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgan.
Biz Shahzod Toirov va Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlarga keyingi faoliyatlarida omad yor boʻlishini tilaymiz.
🔵
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Jamoamiz 2-davraga tayyorgarlikni Minskda olib boradi
Jamoamiz aʼzolari, ertadan, yaʼni, 16-iyuldan joriy mavsumning 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashadi.
“Lochinlar” chorshanba tongida Toshkentdan Belarus poytaxti Minsk shahriga joʻnab ketishadi.
Sergey Lushan shogirdlari davralar oraligʻidagi tanaffusda Minsk shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishadi.
Xorij yigʻini doirasida “Navbahor” nazorat uchrashuvlari oʻtkazishni rejalashtirgan.
Raqib jamoalar va nazorat oʻyinlarining sanasi borasida keyinchalik aniq maʼlumot beramiz.
Vakillarimiz 29-iyul kuni yurtimizga qaytishadi.
Maʼlumot uchun, jamoamiz Superliga 2-davrasining dastlabki oʻyinini 2-avgust kuni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi oʻtkazadi.
🔵
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
⚽️
⚽️
Superliga. Gol+pas tizimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar
♻️
Artel
|
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
⚫️
Apex
|
⚫️
Macron
|
🔵
BMB
🥶
Shahzod Toirov: “Navbahor”dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sogʻinishga arzigulik davr boʻldi, deya olaman”
Xabaringiz bor, jamoamizning 23 yoshli himoyachisi Shahzod Toirov birinchi davrada kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlganligi bois, oʻzaro kelishuvga asosan, “Navbahor”ni tark etdi. Toirov joriy mavsumning birinchi yarmida “lochinlar” tarkibida
jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qildi.
Klub matbuot xizmati xodimlari Shahzod Toirovdan intervyu olishdi.
- Shahzod, jamoada juda qisqa vaqt boʻldingiz, “Navbahor”ni bu qadar erta tark etishingizning sababi nimada?
- Avvalambor, assalomu alaykum. Toʻgʻri taʼkidladingiz, “Navbahor”dagi faoliyatim juda erta yakunlandi. Bunga esa oʻyin amaliyotining kamligi asosiy sabab boʻldi. Hozir futbol oʻynaydigan yoshda boʻlganim, futbolchi sifatida yanada rivojlanishim kerakligi bois, jamoani tark etishga qaror qildim.
- OKMKga oʻtishingiz qanday sodir boʻldi? Mazkur jamoaga kim taklif etdi?
- Birinchi davra yakunlanishiga 4-5 ta tur qolganida, menga Olmaliq klubi rahbariyatidan chaqiruv boʻldi. Kelajak rejalarim haqida soʻrashdi. “Navbahor” bilan shartnomam borligi uchun ularga aniq javob berolmagandim. Keyin davra yakunida OKMKdan yana aloqaga chiqishdi. Aslida olmaliqliklar joriy mavsum avvalida ham menga taklif bilan chiqishgan edi. Men oʻshanda yaxshi niyatlar bilan “Navbahor”ni tanlagandim. OKMKning bu safargi taklifini esa qabul qildim. Meni Bahodir Mirzayev taklif etdi.
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Namangandagi faoliyatim qisqa boʻlsada, juda katta taassurot va hissiyotlar bera oldi. Namanganlik muxlislarga alohida respekt degan boʻlardim. Ular doimo yurtimizda tengsiz ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. “Navbahor” ishqibozlari yaratgan atmosferada Yevropa nafasini his qildim. Ularni unutmayman. “Navbahor”dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sogʻinishga arzigulik davr boʻldi, deya olaman.
- “Navbahor”dan ketishingizga klub rahbariyatidagi oʻzgarishlar ham taʼsir oʻtkazdimi?
- Yoʻq, Namangan jamoasidan ketishimning asosiy sababi, murabbiylarning menga ishonch bildirishmagani boʻldi. Murabbiyning rejasiga kirmasangiz-u klub rahbarlari yoki muxlislar “jamoada qoling”, deyishgani bilan hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi.
- “Navbahor”dan ketmoqchi ekaningizni aytganingizda, “Navbahor” PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi qanday reaksiya qilishdi?
- Jamoani tark etmoqchi ekanligimni birinchi boʻlib, jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanga aytdim. Murabbiy ayni paytda rejalariga meni kiritmayotganini, jamoaning asosiy tarkibi oʻzagini aniqlab olganligini, shuning uchun hech narsani oʻzgartirmoqchi emasligini taʼkidladi. Shu bois, ketishim eng toʻgʻri yoʻl ekanini anglab yetdim.
Toʻgʻri, klub rahbarlari ozgina shoshilmasligimni, hali hammasi oldinda ekanini aytishdi. Biroq menga oʻyin amaliyoti kerak edi. Shuning uchun “Navbahor”dan ketdim.
- Soʻnggi soʻz oʻrnida muxlislarga tilaklaringiz...
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatim davomida meni qoʻllab-quvvatlagan, men bilan doʻst boʻlgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Namanganlik muxlislarga esa omad va zafarlar tilayman. “Navbahor” ishqibozlarini menga koʻrsatgan hurmatlarini hech qachon unutmayman. Sobiq jamoadoshlarimga ham rahmat.
“Navbahor”ga esa 2-davra oʻyinlarida omad yor boʻlishini tilayman.
🔵
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
"Navbahor" muxlislari juda koʼp soʼrashmoqda. Klub yozda kimlarni olmoqchi deb.
Mendagi maʼlumotga koʼra, "Navbahor"da FIFAdan transfer taqiqi bor. Bu taqiq 27 may kuni qoʼyilgan va 3 ta transfer oynasiga amal qiladi.
FIFA kimning arizasiga koʼra bu taqiqni qoʼygani menga maʼlum emas.
"Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatda namanganlik ko'plab muxlislar Umid Ergashevni ayblashdi. Uning qo'pol xatosidan Igor Sergeyev foydalanib ketib ikkinchi golni urdi.
Lekin sofascore portali Ergashevga o'sha o'yin uchun 7.1 ball bergan. Bu uchrashuvda gol o'tkazmagan Vladimir Nazarov bilan bir xil. Ergashev bahsda 5 marta seyv qildi va bir necha bor jamoasini qutqardi.
Bir mashhur darvozabon aytganidek posbon bitta xato qilsa, o'yindagi 10 ta seyvi unutiladi.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Тезкор хабарлар
👉
Каналга аъзо бўлиш
👇
📲
https://t.me/NAVBAXOR
🦅
да
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈
2000 minta futbolka ga qushib 2 3 ta baraban xam.olila uxshamay qosa surne oberila deb yurmila
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Тезкор хабарлар
👉
Каналга аъзо бўлиш
👇
📲
https://t.me/NAVBAXOR
🦅
да
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈
📰
O‘zbekiston — Urugvay: katta sinov va ulkan tajriba
Joriy yil oktyabr oyida O‘zbekiston milliy jamoasi dunyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri —
Urugvay
ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu jamoa tarkibida
Fede Valverde, Ronald Araujo, Rodrigo Bentancur, Darwin Nunez, Luis Suarez
kabi jahon yulduzlari harakat qiladi.
Bu o‘yin shunchaki bellashuv emas. Bu —
o‘zbek futboli uchun ulkan maktab
, e’tibor va chidamni sinovdan o‘tkazuvchi muhim tajriba. O‘zbekiston termasi xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topib borayotganini va elita jamoalar bilan bellashish darajasiga yetib kelganini ko‘rsatadi.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Тезкор хабарлар
👉
Каналга аъзо бўлиш
👇
📲
https://t.me/NAVBAXOR
🦅
да
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈