
NDKTU_AL
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi axborot xizmati.
🏛
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida
💐
Ekologiyaga oid tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra
“Ekologiyaga oid eng yaxshi rasm”lar tanlovi o‘tkazildi.
👥
Tadbirda litseyning iqtidorli oquvchilari ma’lum hududning ekologik ahvoli hamda undagi ekologik muammolari, ularning tabiat haqidagi tasavvurlari va unga munosabati ko'plab rang-barang ijodiy ishlarda aks ettirildi.
🏛
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida
💐
"21-oktyabr-o'zbek tiliga "Davlat tili" maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tili-millatning ruhi” mavzusida Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
👥
Tadbirda o'zbek tilining davlat tili sifatida e'tirof etilishi, uning tarixi va rivojlanishi haqidagi faktlar, tilimizni madh etuvchi she'iy chiqishlar, sahna ko'rinishlari, qo’shiq va raqslar, roliklar namoyish etildi.
👥
Tadbir davomida “Til bilimdonlari” tanlovi ham tashkil etilib, 1-bosqich o‘quvchilarining “Kim chaqqon?’, “Paronimlar yozish”, “test ishlash” shartlari asosida o'zbek tilini bilish darajalari aniqlandi. Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusi. U har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita.
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi o'qituvchisi G. Bozorova tomonidan 2025-yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilining 36 yilligiga bag‘ishlangan“Davlat tili-milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ochiq “Ma'naviyat soati” darsi o'tkazildi. Milliy tilimiz bizning or nomusimiz, ma’naviy qiyofamizda orzu-umidlarimizda o‘z aksini topadi. Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusi. U har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita.
🏛
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida
💐
Ekologiyaga oid tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra
.“Auditoriyada gullarni ekish va parvarishlash” tanlovi o‘tkazildi.
👥
Tadbirda litsey barcha guruh xonalardagi gullarning turli tumanligi, soni, gul tuvaklarning dizayni hamda o‘quvchilarning xona gullari va ularning parvarishi haqidagi bilim darajalari tahlil qilindi.
SPORT MENING HAYOTIM
Ushbu kanalda:
-O'quvchi-yoshlar o'rtasida sport musobaqalar e'lon va natijalari
-Viloyat,Respublika va Xalqaro yutuqlari haqida ma'lumotlar
-Sport mashg'ulotlar va motivatsiyalar video va foto lavhalar
-Arxiv sport tadbirlari,musobaqalardan foto lavhalar Kanalga obuna bo'ling!
https://t.me/sportdfcpro77
Лицейдаги барча спорт янгиликлари шу каналда уланиб олинг
https://t.me/sportdfcpro77
O‘QUVCHILARNING YASHASH SHAROITLARI O'RGANILMOQDA
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi rahbariyati vakillari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan o‘quvchilarning yashash sharoitlari doimiy ravishda o'rganib borilmoqda.
O‘tgan hafta davomida litsey direktor o‘rinbosarlari V.Urishov, G.Mengliyeva, N.Qahhorovalar litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilar ijara xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Jarayon davomida o‘quvchilarning yashash joylarida dars qilishlari uchun sharoitlar, gigiyena, tartib-intizom va xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, ularga elektr jihozlari va tabiiy gazdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish kabi hayotiy muhim qoidalar to'g'risida tushuntirish berildi.
🏛
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida 2025-yil 11-oktyabr kuni “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Balli qizlar” kórik-tanlovi ótkazildi.
👥
Tanlovda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Sh.Toirova, “Qizlarjon” to‘garagi rahbari X.Axmedova hamda litseyning 110 nafar o‘quvchi-qizlari ishtirok etishdi.
💐
Kórik- tanlovda litseyning 1-bosqichda tahsil olayotgan óquvchi-qizlar guruhlari Quyidagi shartlar bóyicha 1.Targ
ibot ko
rinishi sharti. O‘zini tanishtirish, 2. Sahna ko‘rinishi (Qizlarning odob-axloqi, muomalasi, o‘qishi va boshqa...)3. Erkin mavzu (Ijod sarchashmalari sharti qo‘lishlari, rassomchilik va boshqa...) bellashdilar.
💐
G‘olib o‘quvchilar va iqtidor bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va litseyning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
NDKTU akademik litseyida 2025 yilning 11-oktyabr kuni ikkinchi tashabbus-yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish bo’yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida ta’lim muassasasi o’g’il bolalar o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha “Rahbar kubogi” musobaqa bo’lib o‘tdi. Ushbu musobaqaga har bir o’quvchi kuchli tayyorgarlik bilan ishtirok etdi. Kuchli bellashuvlar natijasida 1-M-25 va 2-G-24 guruh jamoalari 3-o’rinlarni, 2-F-24 guruh jamoasi 2-o’rinni va 1-E-25 guruh jamoasi 1-o’rinlarni egalladilar. Musobaqada eng yaxshi ishtirokchilardan ta’lim muassasasi terma jamoasi shakillantirildi va 2-bosqichga yo’llanma oldilar.