
NavoiyDU_AL
🏢NavDU akademik litseyi ma'muriyati, telegram kanali! 🚕Manzil: Navoiy sh,Spitamen 14-uy(O'zbekiston kino teatri yonginasida) 📞 Qabulxona: +998792204028 ⏱ Qabul vaqti: 9:00 -17:00 ❓Savollar: @Jaloliddin_makkamov91 🌐Web saytlar nspi.uz
#NavDU_AL
#Hashar
🔰
Joriy yilning 22-23 avgust kunlari yurtimizda "Obod va fayzli mahalla -yurt ko'rki" shiori ostida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Navoiy davlat universiteti akademik litseyida ham katta ko'tarinkilik bilan davom etmoqda. 23-avgust kuni ta'lim muassasasi jamoasi tomonidan hududda tozalash, obodonlashtirish ishlar davom etdi.
✅
Ushbu hasharda har bir xodim o'z faolligi bilan ishtirok etdi.
❇️
Hashar davomida ta'lim muassasasi atrofida keng koʻlamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🔰
Barcha ishchi-xodimlar ko'tarinki kayfiyatda, fidoyilik va hamjihatlik bilan mehnat qilib, muassasa hududining yanada chiroyli va shinam boʻlishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib, ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yillik shodiyonasi hamda yangi o'quv yiliga tayyor holga keltirishdi.
⚡️
Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash
sanalari
tasdiqlandi
.
Unga ko‘ra:
🔸
akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari
va oliy ta’lim tashkilotlarining
1-bosqich talabalari uchun
dars jarayonlari
2025-yil 3-sentyabrdan;
🔹
oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun
8-sentyabrdan
boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida
birinchi bosqichga qabul qilingan
talabalar uchun
“Kredit taʼlimi tizimiga kirish”
haftaligi hamda
“Talabalikka bagʻishlov”
tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida:
➡️
talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan
tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish
hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
➡️
talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish,
akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish
masalalari yuzasidan
targʻibot-tashviqot
ishlari amalga oshiriladi.
👉
@xushnudbek
👈
#NavDU_AL
#Ota
-onalar majlisi
🔰
2025-yilning 20-avgust kuni Navoiy davlat universiteti akademik litseyida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va ularni ilmga intilishi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Vatan uchun, millat uchun xalq uchun!” shiori ostida akademik litseyga 1-kursga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
✅
Tadbirga Navoiy davlat universiteti rahbariyati, akademik litsey pedagog xodimlari, Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, litsey xotin-qizlar faollari, o‘quvchilarning ota-onalari, ta’lim muassasasida tahsil olib, hozirda talabalikka tavsiya etilgan litsey bitiruvchi o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
❇️
Tadbirni akademik litsey direktori F.Maxammatqulov ochib berdi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yillik shodiyonasi bilan tabrikladi. Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga o‘qishlarida, ilm olishlarida, ulkan marralarni zabt etishlarida katta kuch-g‘ayrat va omad tiladi.
🔰
Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Eraliyev, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Tongotarova, Zarafshon mahallasi fuqarolar yig‘ini faollari ham ma’ruza qildilar. Zero ilm bu har jabhada maslakdosh, sirdosh og‘ir kunlarda suyanchiq va najotkor ekanligini o‘z fikrlarida ta’kidladilar.
❇️
Tadbirda o'quvchilar uchun "Odob-axloq qoidalari" nizomi bilan ham tanishtirib o'tildi, o'quvchilar uchun o'quv yili formasi tavsiya etildi.
✅
Akademik litseyda tahsil olib, bugungi kunda nufuzli oliy o‘quv yurtlariga talabalikka tavsiya etilgan, eng yuqori natija ya’ni 189 ballni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizdan Jalolova Sevinch, Ko‘chimmurodova E’zoza, Ahrorova Sabina, Eshmirzayeva Jasminalar litsey o‘qituvchilariga tashakkur bildirib, yangi qabul qilingan o‘quvchilarga omad va muvaffaqiyat tiladilar hamda eng kuchlilar qatorida bo‘lish uchun tinimsiz mehnat va harakat zarurligini aytdilar.
❇️
Shuningdek tadbirda ota-onalar ham so‘zga chiqdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas`ullarga murojaat qilib, atroflicha javob oldilar. Litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga yo‘nalishlari bo‘yicha guruh rahbarlari tayinlandi.
RAHMATNOMA
Navoiy viloyati, Navoiy shahr 1 Akademik litsiyi jamoasiga
Hurmatli ustozlar!
O‘g‘lim Temirov Amirxonning oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganligi munosabati bilan, siz aziz ustozlarga chin dildan minnatdorlik bildiraman.
Yillar davomida farzandimizga ilm berib, uning tarbiyasida fidokorlik bilan xizmat qilganingiz, bilimga bo‘lgan mehrini oshirib, orzular sari yo‘l ko‘rsatganingiz uchun sizga samimiy tashakkur izhor qilaman. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehribonligingiz samarasi sifatida bu yutuqqa erishilganini alohida e’tirof etmoqchiman.
Barcha o‘qituvchilarga sihat-salomatlik, kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar va baxt tilayman. Kelajak avlodni tarbiyalashdek sharafli yo‘lda omad doimo yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Temirovlar oilasi nomidan
#ELON
|
#akademiklitsey1
|
#yigilish
|
#20_AVGUST
🔔
Diqqat!
👉
2⃣
0⃣
-AVGUST
:
OTA-ONAlar yig'ilishi
!
------------------------------------------------------
📚
Navoiy davlat universiteti
AKADEMIK LITSEYi
1-kurs
ga qabul qilingan o‘quvchilarni
OTA-ONAlari
uchun yig'ilish oʻtkaziladi!
-----------------------------------------------------
🔉
2️⃣
0⃣
-
Avgust
kuni soat
09:00
da Navoiy davlat universiteti akademik litseyi binosida bo'lib o'tadi!
-----------------------------------------------------
✅
O`quvchiga tegishli olib kelinadigan hujjatlar ro‘yxati:
🔻
Ota-onani pasportidan kopiya;
🔹
O‘quvchining ID kart yoki tug‘ilganlik guvohnomasidan nusxa;
🔸
Shahodatnomadan qog‘ozga chiqarilgan nusxasi;
🔺
6 dona 3x4 rangli (orqa foni oq) rasm.
♻️
Yig'ilish masalalari
:
⏩
Oʻquvchilar uchun: odob-axloq,tarbiya qoidalari, oʻqish formasi, erishilgan yutuqlar,pedagoglar faoliyati, tayinlangan guruh rahbarlari va boshqa maʼlumotlar beriladi!
📲
Tel: 99-758 0736, 79-220 4028
⚡️
Eslatma: 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish davom etmoqda
O‘tgan yillardagi kabi
, joriy yilda ham
akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik
yaratilgan.
Gap shundaki,
9-sinf bitiruvchilari
my.edu.uz
elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali
texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi
mumkin.
Bu imkoniyat akademik litseylarning
saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish
imkonini beradi.
🗓
Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2025-yil 10-avgust (shu kuni ham)
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish:
my.edu.uz
platformasida
▶️
Video yo‘riqnoma
Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham)
qadar uzaytirilgan
.
#Qabul2025
#Texnikum
#Qulaylik
#Eslatma
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram