
Mirzayev's Mind
Founder, CVO at PDP EcoSystem
▪️
Ecosystem builder
▪️
Entrepreneur
▪️
Visioner
Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fate Favors the Brave!
Murojaat uchun:
@Odilbek_Mirzayev_aloqabot
🌐
- Talabalarimiz xalqaro kompaniyalarga ishga kirishdi!
Tanishing! Muhammad Sobir Turdaliyev -
Dasturlash sohasida 6 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdalar.
📍
So’nggi 4 yil davomida esa PDP Universityda o’z bilimini o’rtoqlashib, yuzlab yoshlarning IT olamida ilk qadamiga yo’l ko’rsatgan ustozlarimizdan biri.
Ustozimizning talabalari haqida aytgan gaplari sizga IT olamiga qiziqish uyg’otib, ilhom berishi mumkin.
Videoni oxirigacha tomosha qiling!
🔥
"Baxt yuragingizda mehr-muhabbat, miyangizda fikrlar jo'sh urgan, qo'llaringiz ish bilan band va qalbingiz minnatdorlikka to'lgan ondir
!
"
– Zig Zaglar
Ushbu iqtibosni qanday sharhlaysiz?
Blog:
@OdilbekMirzayev
Kibr – bu rivojlanishning "ruchnoy tormozi".
Sal bir yutuqqa erishgan ba’zi yoshlarimiz o‘zlarini "eng cho‘qqiga chiqdim" deb o‘ylashlari mumkin. Kibr miyamizga "Siz mukammalsiz" degan noto‘g‘ri signalni yuboradi. Natijada, o‘rganishdan to‘xtaydi. Chunki, mag‘rurlik paydo bo‘lganida, harakat darhol to‘xtaydi. Inson faqat o‘z kamchiliklarini tan olsagina rivojlana oladi.
Ildizlarini “unutgan” daraxt quriydi.
Qanday darajaga erishgan bo‘lsak ham, bunga sababchi bo’lganlarni — Yaratganni, ota-onamizni, ustozlarimizni, jamoamizni unutmasligimiz kerak. Ularga bo‘lgan minnatdorchilik – bu bizni oldinga olib boradigan kuchdir. Agar yordamlarni esdan chiqarsangiz, hayot keyingi eshiklarni ochishdan to‘xtaydi.
💻
IT sohasini tanlashimdan maqsad - Erkinlik
Texnologiyaga qiziqish yoshlik paytidan boshlangan yana bir qahramonimiz hikoyasi.
🤔
Xo’sh, navbatdagi yosh dasturchimiz nega boshqa universitetlarni emas, aynan
PDP University
ni tanlagan? Bugungi kungacha qo'lga kiritgan yutuqlariga erishish uchun qanday sinovlardan o’tgan?
Javobini bilishni xohlaysizmi?
🎥
To’liq videoni ertaga soat
20:00 da YouTube kanalimizda
tomosha qilishingiz mumkin, o’tkazib yubormang!
AI’ning chegarasi
chiplar emas, balki
elektr energiyasidir.
AQShning AI bo‘yicha rejalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 92 gigavatt quvvat kerak bo‘ladi — bu esa
92 ta atom elektr stansiyasi
ga teng bo‘lgan talab degani. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, AQShda oxirgi
30 yil ichida atigi ikki
bunday stansiya qurilgan xolos.
— Eric Schmidt, sobiq Google bosh direktori
“
(
AI)Sun’iy intellekt olov, elektr yoki internetdan ham chuqurroq ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.”
— Sundar Pichai, Google va Alphabet bosh direktori
Bugun PDP University’ning ikki nafar 3-kurs talabalari bilan suhbatlashdim.
Ular hozirda professional mehnat faoliyatini olib bormoqda. 19-20 yoshda bunday yutuqlar —
quvonarli, ilhomlantiruvchi holat
.
Ular bilan suhbatdan olingan asosiy insightlar:
🔹
Muvaffaqiyat uchun ichki motivatsiya muhim
— inson o‘z orzulariga o‘zi ishonishi va harakatni o‘zidan boshlashi kerak.
🔹
Boshqalarni ayblamaslik
— aybni tashqaridan izlash emas, o‘z ustida ishlash natija beradi.
Yoshlarning bunday tafakkur darajasi – kelajak uchun umid bag‘ishlaydi.
📌
Blogim:
@OdilbekMirzayev
Nega 99$ lik maktablar tarmog’i?!
Shahrimizning bu kabi holati jamiyatimizning hozirgi holatiga ko’zgu tutgandek bo’ladi. Bunga har qanday tizim qilinmasin, fundamentidan o’zgartirilmas ekan tubdan o’zgarish bo’lmaydi. Bu kabi dilhiraliklar bo’lmasligi uchun, bir tarbiyali avlod shakllanishi kerak. Tarbiya nafaqat uyda berilishi kerak, balki maktabda berilishi kerak. Sifatli ta’lim va tarbiya ommaviy bo’lishi uchun qo’limizdan kelayotgan barchasini qilayapmiz. Bunga aziz umrimizni sarflayapmiz.
Blog:
@OdilbekMirzayev
🔵
PDP School’dan yangi ta’lim formati!
Oylik to‘lov: 99$
PDP School – bu zamonaviy va chuqurlashtirilgan o‘quv dasturiga ega maktab. Asosiy yo‘nalishlar:
• Axborot texnologiyalari (IT)
• Matematika
• Ingliz tili
• Fundamental fanlar
Alohida e’tibor har bir bolaga:
• 24 o‘quvchilik sinf: har bir o‘quvchiga individual yondashuv
• Har kuni 3 mahal to‘yimli ovqatlanish
• O‘qituvchilar maoshi: oylik
1000$
(soliq majburiyatlari ichida)
• Kirish badali:
1500$
🔴
Yangi format taqdimoti YouTube orqali jonli efirda bo‘lib o‘tadi:
📅
Sana: 5-iyun
🕕
Vaqt: 18:00
📺
Havola:
Taqdimotni ko‘rish uchun bosing!
PDP School – Kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaymiz.
PDP Valley’ga yana bir qadam …
Tez kunda, in shaa Alloh!
📌
Blogim:
@OdilbekMirzayev