Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Yoshlari

QDTUYoshlari

Qarshi davlat texnika universitetining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari: Yoshlariga oid yangiliklar yoritib boriladigan axborot kanali!!!
Murojaat va eʼlonlar uchun admin
👉
@davron4548

Subscribers
1 100
Post views
319
ER
28,55%
Posts
15 452
October 29, 10:12
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Zakovat
Irrigatsiya muhandisligi fakulteti talaba-yoshlarining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida "Ilm – kelajak nuri" mavzusida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu zukkolar bellashuvida fakultet tyutorlari hamda ularning 7 jamoasi faol ishtirok etdi.
Oʻyin jarayonida jamoalarga turli sohalar boʻyicha savollar berilib, yoshlarning qobiliyatlari hamda zakovati sinovdan oʻtkazildi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin: “Ekologlar” jamoasi.
2-oʻrin: “Logika” jamoasi.
3-oʻrin: “Iqtidor” jamoasi.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 29, 09:42
Media unavailable
3
Show in Telegram

Abduqodir_Toshqulov
Элдор Шомуродов - Термиз давлат университети талабаси | Дунёда университетларнинг обрўйи уни битирган кадрларнинг мавқеи, карьераси билан ўлчанади.
👉
https://t.me/QDTUYoshlari

October 27, 04:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Diqqat_zakovat
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universitetida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Kasaba uyushma qoʻmitasi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu bellashuvda barcha fakultetlardan
2 tadan
va f
aqat bakalavriat bosqichi bilimdon talabalaridan tuzilgan jamoalar
ishtirok etadi.
Oʻyin 2025-yil
4-noyabr
kuni
soat 15:00 da
universitet bosh binosida
boshlanadi.
Darvoqe, savollar asosan kasaba uyushma qoʻmitasi faoliyatiga doir boʻladi.
Musobaqa
👉
nizomi.
Barchangizni bilimdonlar bahsi tomoshasiga taklif qilamiz!

October 26, 14:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🗣
“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida eʼlon qilingan
“Ma’rifat maydoni”
ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsumiga start berildi.
☑️
Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar 12 nafargacha tarkibda shakllantiriladi.
✔️
Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➡️
1-bosqich: fakultetlar o‘rtasida;
➡️
2-bosqich: oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida;
➡️
3-bosqich: mintaqaviy;
➡️
4-bosqich: respublika bosqichi.
☑️
Tanlov 3 ta shart asosida:
“Adiblar hayoti”, “Tezkor savol-javob”
hamda
“Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya”
shartlari asosida o‘tkaziladi.
☑️
Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda
pul mukofotlari
bilan taqdirlanadi:
🔵
1-o‘rin
– 40 million so‘m;
🔵
2-o‘rin
– 25 million so‘m;
🔵
3-o‘rin
– 20 million so‘m;
🔵
4-o‘rin
– 10 million so‘m;
🔵
5-o‘rin
– 5 million so‘m.
➡️
Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 25, 03:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚔️
Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!
Sizlarni 25-oktabr —
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
🇺🇿
Mamlakatimiz tinchligi
va
osoyishtaligini
ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz yurtimizda barqarorlik va ishonch muhitini mustahkamlab kelmoqda.
Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilasiz. Shu bois ham
yoshlarga sadoqat
, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube

October 23, 16:08
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, universitet rektori Sherzod Neʼmatov hozirda Xitoyda
xizmat safarida
boʻlib turibdi.
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti hamda Xitoyning Shimoli-gʻarbiy politexnika universiteti tarkibidagi
Elektronika muhandisligi va informatika instituti oʻrtasida hamkorlik
yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur hamkorlik doirasida har ikki oliygoh rahbarlari ishtirokida kelgusida
professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi, talabalar almashinuvi
hamda
qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish
masalalari muhokama qilindi.
Qoʻshma taʼlim dasturiga muvofiq,
Yerning sunʼiy yoʻldoshi tasvirlarini qayta ishlash, sunʼiy intellekt taʼlim yoʻnalishini rivojlantirish
borasidagi hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Shimoli-gʻarbiy politexnika universiteti bilan imzolangan
hamkorlik memorandumini
hayotga tatbiq etish yuzasidan
yoʻl xaritasi tuzildi.
Bitim shartlarini
amalga oshirish muddatlari va masʼullar
belgilab olindi.
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 23, 08:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇩🇪
WORK AND TRAVEL GERMANIYADA!
🇺🇿
🎯
Mavsumiy ish va chet el tajribasi — endi Siz uchun ham imkon!
HURMATLI TALABALAR!
🌍
Germaniyada
3 oy davomida
ishlab chiqarish korxonalari va fermer xo‘jaliklarida ishlash, xorijiy tajriba orttirish va til o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
💼
Dastur haqida:

Davomiyligi:
3 oy

Soha:
qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, ombor va xizmat ko‘rsatish
👤
Kimlar uchun:

Yosh oralig‘i:
18 – 35 yosh
• Faol, mehnatsevar va yangi tajribaga ochiq
talabalar
uchun
📄
Kerakli hujjatlar:
• Pasport nusxasi
• 3x4 rasm
📝
Ro‘yxatdan o‘ting:
👉
[
So‘rovnomani to‘ldiring
]
Shoshiling, joylar soni cheklangan
❗️
🇩🇪
Ish + Tajriba + Sayohat — barchasi bitta dasturda!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 23, 05:38
Media unavailable
7
Show in Telegram

🔵
O‘zbek tiliga mehr: Xorijliklar qalbidan chiqayotgan bayram so‘zlari
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 18:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#qonunchilik_yangiliklari
⚡️
Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan
oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi
tasdiqlandi
.
Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining
maqsad va vazifalari
;

tyutorlarning
huquq va majburiyatlari
;

tyutorlik faoliyatini
tashkil etish
va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan
malaka talablari
;

hamda tyutorlik faoliyatini
muvofiqlashtirish tartibi
belgilab qo‘yildi.
Shuningdek,
Chora-tadbirlar rejasiga
ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.
2025-yilda
:

har bir kurs vakillaridan iborat
“Kurs qo‘mitalari”
faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida
“Muammolarni bartaraf etish dasturi”
ishlab chiqiladi;

talabalar uchun
maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar
yaratiladi;

medialaboratoriyalar
faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi”
tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz”
tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari
faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida
“O‘zbekiston Qahramonlari”
darslari tashkil etiladi
2026-yilda:
🟢
“Amir Temur vorislari”
sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi
🟢
har bir hududdagi bitta OTMda
“Harbiy sport maydonchalari”
tashkil etiladi;
🟢
tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib,
reyting tizimi
joriy etiladi;
🟢
eng yuqori reytingga ega tyutorlarni
rag‘batlantirish
, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga
jazo choralarini qo‘llash mexanizmi
joriy etiladi;
🟢
eng samarali faoliyat yuritgan
tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun
yuboriladi;
🟢
tyutorlar faoliyatini
monitoring qilish
imkoniyatini beruvchi
raqamli platforma
yaratiladi.
Bundan tashqari, har yili
“Eng yaxshi tyutor”
tanlovi o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 21, 16:11