Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Q.I.S.M.

Qarshi_I_S_M

Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabi

Subscribers
1 630
Post views
739
ER
45,11%
Posts
18 946
October 19, 11:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tanlov
2025 yilning 10-13 oktabr kunlari Toshkent shahrida ART & MUSIC PLANET ijodiy loyihasi tomonidan "Marhabo talantlar" nomli respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining "Torli, damli, zarbli va xalq cholg’ulari" boʻlimi o‘quvchisi
JUMAGʻULOVA GULSANAM
cholg‘u ijrochilik "ALT" yoʻnalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli
I-DARAJALI DIPLOM
bilan taqdirlandi.
Oʻqituvchi
:
AXTYAMOVA
L.L.
Jo‘rnavoz:
ABLYAKIMOVA S.R.

Kanalimizga obuna bo'ling:
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|

October 18, 10:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Madaniyat ta’limi sohasida tashabbuskor, innovatsion va kreativ fikrlaydigan yosh mutaxassis kadrlar diqqatiga!
✍️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat ta’limi markazi tomonidan
“Madaniyat ta’limi liderlari”
klubi tashkil etilmoqda.
🔺
Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida
rahbarlik lavozimlari uchun
zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida
klub a’zolari uchun o‘quv kurslari, seminar treninglar, mahorat darslari va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🎓
O‘quv kurslari
mutlaqo bepul
bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari onlayn va oflayn shakllarda
sohada
amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar
tomonidan olib boriladi.
🔺
Klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan nomzodlar
ma’lumotnoma-ob’ektivka
hujjatini
ilova qilgan holda Madaniyat ta’limi markazining elektron pochta manzili (info@madaniyattalimimarkazi.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.

Murojaatlar
2025-yil 1-dekabrga qadar
qabul qilinadi.
📞
Bog‘lanish uchun:
+998935480930
💠
Barcha yangiliklarni markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Facebook
|
📱
Youtube

October 18, 10:42
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Q_I_S_M
#Mahorat_darsi
2025 yil 17 oktyabr
kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining
"Fortepiano va umumiy fortepiano"
boʻlimi oʻqituvchilari
GALINA PROSKURINA
hamda
DILNURA QARSHIYEVA
lar Qarshi shahridagi 9-son Bolalar musiqa va san'at maktabida bo‘lib, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida o'zining "
USTOZ SABOQLARI"
mahorat darslarini oʻtkazdi. Shuningdek, kelgusida ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar
.

Kanalimizga obuna bo'ling:
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|

October 18, 09:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Q_I_S_M
#
Mahorat_darsi
2025 yil 16 oktyabr
kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining
"Fortepiano va umumiy fortepiano"
boʻlimi oʻqituvchisi
ZUXRA AXMEDOVA
hamda
GALINA PROSKURINA
lar G‘uzor tumanidagi 4-son Bolalar musiqa va san'at maktabida bo‘lib, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida o'zining "
USTOZ SABOQLARI"
mahorat darslarini oʻtkazdi. Shuningdek, kelgusida ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar
.

Kanalimizga obuna bo'ling:
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|

October 18, 08:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tabrik
#Bugun_tugilgan_kun
18-OKTYABR
MUXITDINOVA MATLUBA FAXRIDDIN QIZIning TAVALLUD AYYOMLARI!
JAMOAMIZ NOMIDAN CHIN QALBDAN TABRIKLAYMIZ!!!

October 18, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida insholar tanlovining saralash bosqichi bo’lib o’tdi.
Xabaringiz bor,
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo’limi tomonidan 21-oktabr “O’zbek tiliga Davlat tili” maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan vazirlik tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar o’quvchilari o’rtasida
“Til - Vatan madhi, millat faxri, xalq ko’zgusi”
mavzusida insholar tanlovini e’lon qilingan edi.

Barcha ta’lim muassasalarida saralash bosqichlari yakunlandi.
💬
Madaniyat va san’at ta’limiga oid yangiliklarni kuzatib boring!
✈️
Telegram
🌐
Instagram

October 17, 09:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tabrik
#Bugun_tugilgan_kun
17-OKTYABR
NABIYEVA NARGIZA ABDUSAID QIZIning
TAVALLUD AYYOMLARI!
JAMOAMIZ NOMIDAN CHIN QALBDAN TABRIKLAYMIZ!!!

October 16, 11:13
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Sarhisob
Bugungi yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilib, bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unda, Madaniyat vazirligining
Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga tayinlangan –
Sherzod Tilavov
hamda
Respublika baxshichilik san’ati markazi bosh direktori
lavozimiga tayinlangan –
Oloviddin Xo‘jamberdiyev
jamoaga tanishtirildi.
Ma’lumot uchun,
Sherzod Tilavov
tayinlovga qadar Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida hamda
Oloviddin Xo‘jamberdiyev
esa tayinlovga qadar Tamara Xonim uy-muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan ma’lum qilingan kamchiliklar bo‘yicha, vazir
Ozodbek Nazarbekov
vazir o‘rinbosarlariga o‘z kompleksi bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini barvaqt ta’minlash yuzasidan topshiriq berdi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram

October 16, 11:13
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Live
Kun tartibidagi uchinchi masala
ta’lim sohasida
amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Ta’lim muassasalarining 4,7 ming nafar iqtidorli o‘quvchi-talabalari xalqaro va respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi, biroq ba’zi san’at maktabi o‘quvchilarining umuman xalqaro tanlovlarda g‘oliblar chiqmayotganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, Namanganda 3 ta, Qashqadaryoda 2 ta, Samarqandda 3 ta Toshkent viloyatida 2 ta musiqa va san’at maktablarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli hokimliklar tomonidan mablag‘ ajratilganiga qaramasdan, bugungi kunga qadar jihozlash ishlari yakunlanmaganligi;
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish borasidagi ishlar ham yetarli darajada emasligi, xorijiy mutaxassislarning jalb etilmaganligi,
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joy binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish belgilanganligi hamda topshiriqqa asosan ushbu ishlarni amalga oshirishni yakuniga yetkazish kerakligi;
Umumta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga tayanch ta’lim muassasalari sifatida biriktirilgan bolalar musiqa va san’at maktablari tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kunlari” doirasida mahorat darslari va seminarlar yetarli darajada o‘tkazilmaganligi;
Madaniyat ta’limi markazi tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yakka va guruhli sinf jurnallari loyihasi ishlab chiqilib, namuna sifatida ta’lim muassasalariga yetkazilganligi, biroq, hududlarda eski tahrirdagi jurnallardan foydalanib kelinayotganligi aniqlanganligi ma’lum qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram

October 16, 11:13
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Live
Kun tartibidagi ikkinchi masala, kino sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hisobot berdi.
Unda, milliy kinematografiyani keng targ‘ib etish yuzasidan nufuzi va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida “Va’da”, “Qutqaruvchi” (“Uzilgan gulim”), “Paxta”, “Adolat”, “Umida” (Fudziyama haqida tush), “Uyga qaytish”, “Bir kuni Samarqandda”, “Daydi shamol”, “Cho‘liq”, "Piramida", “Mening mahallam”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya”, “Shamsiqamar”, “Amaliyotchi qiz”, "Bir paytlar So‘qoqda" hamda "Qora kitob" nomli 16 ta badiiy film ishlab chiqilib, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida namoyishlari tashkil etilganligi;
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida dunyodagi eng ommabop internet platformalariga 5 ta milliy filmlar joylashtirilganligi;
2025-yilning I choragida 4 ta, II choragida 7 ta hamda III choragida 6 ta, jami jahonning eng nufuzli 17 ta xalqaro kinofestivalida o‘zbek kinoijodkorlari hamda milliy filmlarining ishtiroki ta’minlanganligi;
Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Uch qahramon” nomli badiiy film ishlab chiqilib, taqdimoti o‘tkazilganligi, shu bilan birga ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan vatandoshimiz Mamadali Topvoldiyevning jasorati to‘g‘risida “O‘zbek arsloni (Kazbek)” badiiy filmini Belarus Respublikasida suratga olish ishlari o‘z yakuniga yetkazilganligi hamda ayni damda ijodiy guruh Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida suratga olish ishlarini olib borayotganligi;
Milliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi quyidagi multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarilganligi;
“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlanganligi hamda Milliy komissiya va Milliy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi;
“Tirik tarix” filmlar turkumi yuzasidan dasturga kiritilgan 54 ta filmdan 4 tasi yaratilib, taqdimotlari bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, hozirga qadar tanlovlar asosida qolgan 50 ta filmdan 28 tasi ishlab chiqarishga tushirilganligi;
Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kabi davlatlar bilan jami 16 ta film bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari va shartnomalar imzolanganligi;
Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarni ishlab chiqarishga “TURKSOY” va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hamda 10 dan ortiq mamlakatdan xalqaro ekspertlar jalb etilganligi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, kelgusidagi rejalar ma’lum qilindi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram