
🍊قرآن بي 📖 | Quron_by
“Qalbi dunyodan ezilganlar uchun Qur’on shifo bo’la oladi”
Aqidamiz: Ahli sunna val-jamo'a
Mazhabimiz: Hanafiy
instagram.com/quron_by/
instagram.com/utrujja_quran/
Admin bilan bog’lanish
👇
@Quronby_bot
#Rasulullohﷺga_muhabbat
Bir kun Rasululloh ﷺ Savbon roziyallohu anhuga dedilar:
-Nega rangi boshqacha?
Savbon roziyallohu anhu dedi:
-Ey Allohning Rasuli! Menda kasallik ham, og'riq ham yo'q. Lekin sizni ko'rmay qolsam, sog'inib qolyapman!
😊
@quron_by
Aslida kim ko'r, kim ojiz — bilmay qoldim
🥹
"Ko'rish ne'matidan mahrum, ammo qalbi nurga to'la..." Tasbehni barmog'i bilan sirg’alayotgan birodarimiz, ko’zlari ojiz bo'lsa-da, qalbi Qur'on bilan ko'rmoqda. Avtobusda ketayotib, Baqara surasini yodga olayapti. Yonidagi do’sti esa telefondagi mus’hafga qarab uni tekshirib borayapti.
Misr diyori shunday - har bir go'shasida
Quron, har bir yurakda nur.
"Qalb ko'zingiz ochiq bo'lsa, har qarashingiz ma'rifatga, nurga, ajrga va tafakkurga boy boladi."
QURON_BY
📨
Sizga yangi anonim xabar bor!
Aslida Allohni sevish nemat, Qalbmda Quronga Allohga muhabbat uyg'otolmayapman har narsa qilib video ehshtb Maruza eshtb brnmala qilyapman nega muhabbat yokida Allohga qorquv uyg'onmayapti?,nima qilsin bunday vaqtda odam?,istigfor aytolmayapman chin qalbdan nega?, istigfor aytaversam aytaversam ochlarmikan qalbmning to'sig'i ,olinarmikan bu qalbmning toshi?bunday odamga chora nee, bo'ldimi inson shunday qolib ketaveradimi tosh qalbli bo'lib???Bo'ldimi eng alam qilyatgani endi bo'ldimi ,har ne qilib ko'rdm muahabbat yo'q ilmga,itoatga muhabbat ihlos Allohni yurakdan sevishlik Quronni sevshlik, endi qolib ketaveradmi umr umr inson shu holichaa?
Shularga javob bera olaszmi
🪶
Alloh sizga rahmat qilsin yuragingiz tosh emas, charchagan.
Allohni eslash og‘ir bo‘lgan odamlar bu savollarni o‘ziga bermaydi. Siz esa bermoqdasiz. Bu –
rahmat eshiklari ochiq
degani.
Qalbni uyg‘otish oson emas. Ammo aynan sizdek insonlar –
Allohning erkatoylari
. Chunki siz izlayapsiz, so‘rayapsiz, og‘riyapsiz. Bu – iymon alomati.
Yurak jim bo‘lsa ichkarida gunohga nido chiqmasa ana unda xavf. Og‘risa hayot bor inshaAlloh.
*“Astaghfirulloh”* aytolmayapman desangiz ham,
og‘ir bo‘lsa ham aytavering
. Tomchi toshni teshib o‘tadi. Tomchini kuchida emas, balkim u davomiyliga. Har tong:
“Allohim, Seni chin sevishni o‘rgatgin.”
deb so‘rang.
Duo: (Sening muhabbatingni, Seni sevuvchilarni, va Sening muhabbatingga eltuvchi amallarni so‘rayman.)
“Ey o‘z joniga zulm qilgan bandam, Allohning rahmatidan noumid bo‘lma!”
Zumar 53
:
“Allohga tavba bilan qaytinglar, Undan qo‘rqinglar…”
Demak, umid ham bor, ogohlantirish ham
Siz hali boshi ochiq eshikdasiz. Alloh sizni tark etmagan. Qalb ochiladi, muhabbat qaytadi. Faqat to‘xtamang.
Yo‘l sekin bo‘lishi mumkin, lekin U Zot:
“Agar Menga bir qarich yursang, Men senga bir quloch yuraman…”
Ibn Qayyum rohimahulloh aytadilar:
“Ba’zida bandaning yuragidan chiqmaydigan bir “Astag’firullah” Alloh huzurida yurakdan chiqqan ko‘p so‘zlardan afzaldir. Chunki u yurak “chiq” desa ham chiqa olmayapti, urinyapti, ichida urush bor, va bu ichki urush Allohga juda qadrli.”
📨
Sizga yangi anonim xabar bor!
“O‘qishni tugatib keyin uylaning” — maslahatim shu.
Men o‘zim yaqinda uylandim. Kunlik virdlarim, takrorlarim, kitob o‘qishlarim — asta-sekin susayib bormoqda. Qayta tiklab olishim uchun esa vaqt kerak bo‘lyapti.
-Bu borada Husayn Buxoriy ustozning Misrda talabalar uchun o‘tkazilgan tasavvuf darslarida aytgan bir suhbatlarini esladim. Ustoz shunday degan edilar:
“Bir do‘stim bor edi. 29 juz yod olgan, lekin hali to‘liq jamlab olmagan edi. Har yili hatmga o‘tar, bu yo‘lda tinmay mehnat qilardi. Ammo bir yil uylanib qoldi.
Keyingi yili Qur’onni takrorlab chiqsam, 28 pora qolgan edi. Undan keyingi yili esa 27… Shunday qilib asta-sekin kamayib bordi. Ayniqsa qiyin joylari yoddan chiqib ketdi…”
Qur’on yod olishda, uni yaxshilab jamlab olmasdan oldin boshqa mas’uliyatlar bo‘lsa,
vaqt kesiladi.
Rasululloh ﷺ aytganlaridek:
“Yosh tuya kabi — Qur’on tezda qochadi.”
(Hadis)
📨
Sizga yangi anonim xabar bor!
ассаламу алекум яна қанча ўқисз мисрда
🌚
📨
Sizga yangi anonim xabar bor!
Ilm safaringiz qancha vaqt mobaynida tugaydi, sizningcha
— Nari borsa 1 yil yoki undan oldinroq ham Robbim fazli bilan yuzda quvonch bilan bu safar qaytamiz.
Lekin siz bugungi storilarimda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak,
Volidam
juda ko‘p ruxsat bermayaptilar. Uylantiramiz dep mana 2/3 yildan beri cho’zib ilm buloqlaridan qonib ichib olay keyin dep cho’zib yuripman. Bu safarda dushman yagona emas ularni tanib olish kerak:
nafs
,
shayton
, va ularning anduhdoshlari.
Bu kurash faqat tashqi emas, ichki ham:
O‘zingizni majburlaysiz, o‘zingizga turtki bo‘lasiz. Hossatan Qur’on yod oluvchilar qalb tozaligiga ibodatlarda mahkam pahlavon bo’lishlar kerak. Faqatgina yod olish bilan ish bitmaydi.
Ilmda sobit qolish, hossatan men uchun onson bo’lmayapti, onson bo’lmaydi ham. Maqsadga yetish uchun hamma bilan emas, eng avvalo
o‘zingiz bilan kurashasiz
. Nafs yuksalganingiz sari kattalashib boraverar ekan
InshaAlloh, bu yo‘l tugasa, bizdan keyingilar uchun bu safar
osonroq va yengilroq
bo‘ladi.
Uylanish haqida aytishadi-ku…
“Hozir g‘aming yo‘q, uylansang keyin g’aming bo‘ladi dep
😅
…”
Agarda Qur’onni mustahkam qilib olmazangiz yangi hayotga qadam qo’ysangiz juda qiyin bo’ladi. Bu borada ko’p gapirar edim cho’zilib ketishidan sizlarga malol kelib qolishadi qo’rqdim.
Hamma narsani Xudoga solish toʻgʻri emas, menimcha, avval aylantirib solib, keyin Xudoga solish kerak tamom.
•Haqiqiy mashhurlik — qo’lingni duoga ochganingda farishtalar:
«Allohim, taniqli bandangdan taniqli duo keldi», deydishlari
•Haqiqiy mashhurlik — Alloh taolo sendan rozi bo‘lib, seni o’zining ibodatiga musaxxar qilib, toat ishlarini senga birma-bir ochishidir.
U Zot bir bandasining yaxshi ko‘rsa, uni Uzi tomon boshlaydi.
•Haqiqiy mashhurlik — miskinlar seni o’zining boquvchi deb bilishi, singan kishilar seni yupatuvchi deb bilishi, faqirlar seni o’ziga yordamchi deb bilishidir.
HAQIQIY MASHHURLIK –
MASJIDLARNING YO‘LLARI SENI TANISHI, BOMOD NAMOZI SENI SOG’INIB KUTIB OLISHI, QUR’ON SENING QO’LLARINGNI ESLAB QOLISHI, UNDA BARMOQ IZLARING QOLISHI, SAJDAGOHING SEN BO‘LMAGANINGDA SENI SO‘G’INISHIDIR.
Bulardan boshqasi ichi bo‘sh, aldoqchi va qalbaki mashhurlikdir.
Mashhurlik sening sayting, kanalingda obunachilar ko‘pligi emas, “layk”larning ko‘pligi emas, sen yozgan gaplar qanchalik ko‘p ulashilgani emas, ularni qancha ko‘p odam ko‘rgani, senga qo‘yib qolgani emas.
Bularning barchasi balandparvozlik va bezak xolos!
Haqiqiy mashhurlik — samodagi mashhurlikdir!
🪶
Adham Sharqoviy
QURON_BY
🌟
Ulamolar sadaqasi
Ba’zi ulamolar ustoz huzuriga borsalar, sadaqa qilar va quyidagicha duo qilishardi:
“Ey Allohim! Ustozimning ayblarini yashirgin va mendan barakalarini ketkazmagin.”
@bulutsevaar
#Tabassum
😊
Qur’on hifzidagi xonadoshim bilan suhbatlasharkanman, unga yuzlanib dedim:
— Ustoz, alhamdulillah, oz qoldi. Eng qiyin joylaridan o‘tib olding, buyog‘i yengil bo‘ladi, qiynalmaysan inshaAlloh!
Bu gapni yuragimga iliqlik bilan joylab, keyin birodarimga yetkazdim.
Birodarim esa… menga qarab, huddi o‘sha so‘zlarni Ustoz menga ham aytdi:
— Ustoz, eng qiyin joylaridan o‘tib olding, endi buyog‘i yengil bo‘ladi, qiynalmaysan inshaAlloh!
😁
P.s. Birodarim Baqara surasidan yod olishga kirishgan bo’lsa, men Na’ba juzidan hifzga kirishganman)
Sheyximni usuliga yana bir , tasssanno dep qoldim!
Ammo qalbda Qur’on bo‘lsa, har qiyinchilik — savobga, har sahifa — najotga aylanadi.
QURON_BY