
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tashkiloti
🏛
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti |rasmiy kanali
⚡️
Institutimiz Yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita ushbu rasmiy telegram sahifamizda yoritib boramiz.
✨
She’riyat — ruhni tarbiyalaydi, fikrni charxlaydi va qalbga nur olib kiradi.
🔹
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-sonli Talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi kengashi hamda Tarbiyachi pedagog Qurbonova Ulashoy ustoz bilan birgalikda “Mushoira kechasi” bo‘lib o‘tdi.
🔹
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir she’riyatga oshno qalblarni birlash-tirdi, ijodga mehr qo‘ygan iqtidorli yoshlarni bir sahnada jamladi. Kechada talaba qizlar tomonidan vatan, muhabbat, mehr-oqibat, ustoz va ona yurt madh etilgan she’riy parchalar ijro etildi. Har bir misra qalblarga iliqlik bag‘ishlab, ishtirokchilarda go‘zal tuyg‘ular uyg‘otdi.
🔹
Tadbir davomida: — yosh ijodkorlar o‘z qalamiga mansub she’rlarini taqdim etdilar;
— adabiyot ixlosmandlari sevimli shoirlar ijodidan namunalar o‘qishdi;
— she’riyat atrofida do‘stona fikr-mulohazalar almashildi.
@SHDPI_YI
✍️
Tarbiya va saboq uchun kino namoyishi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari uchun “Drug dealer” filmi namoyish etildi. Ushbu kino orqali yoshlarda giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkotik moddalar savdosi keltirib chiqaradigan fojeali holatlar va jamiyatga yetkazadigan zararlar keng yoritib berildi.
🇺🇿
Kino namoyishi institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti kengashi koordinatorlari tashabbusi bilan tashkil etilib, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratildi.
🇺🇿
Yoshlarning ma’naviy barkamolligi va huquqiy savodxonligini oshirish – bizning eng ustuvor vazifamizdir!
@SHDPI_YI
#SuvniBirgaAsraymiz
#EkologikMadaniyat
🙋
Siz har kuni necha litr suvni ortiqcha sarflaysiz?
🔎
Biz yangi avlodni ekologik ongli odatlarga o‘rgatish maqsadida suvni tejashga qaratilgan tashabbusni boshladik. Bu tashabbus orqali yoshlarni suv resurslarini asrash, mas’uliyat bilan foydalanish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga chorlashni maqsad qilganmiz.
💬
Shu munosabat bilan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etdik.
📌
Statistik ma’lumotlar
➡️
Butun dunyo bo‘yicha — bir kishining kundalik “uy-ichida” suv ishlatishi odatda 100 litrdan 150 litrgacha ekanligi
aytiladi
.
➡️
Toshkent shahrida uy-xona sarfi bo‘yicha ma’lumot: bir kishi kundalik o‘rtacha 230–270 litr suv
ishlatadi
.
➡️
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muayyan tumanlarda 112 litr/kun shunday ko‘rsatkich sifatida
keltirilgan
.
➡️
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotiga ko‘ra — o‘zining shaxsiy va uy-maishiy ehtiyojlari uchun bir kishi kuniga kamida 50–100 litrgacha suv ishlatishi yetarli deb
hisoblanadi
.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
#Diqqat_tanlov
#Marifat_maydoni
🗣
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Talabalar teatr studiyasi"
ga qabul boshlandi!
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida eʼlon qilingan
“Ma’rifat maydoni”
,
"Talabalar teatr studiyasi", "Yurtim qadriyatlari"
ko‘rik-tanlovlarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi.
☑️
Tanlovda adabiyot, san'at va aktyorlik yo'nalishlariga qiziqqan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
✔️
Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➡️
1-bosqich: fakultetlar o‘rtasida;
➡️
2-bosqich: oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida;
➡️
3-bosqich: mintaqaviy;
➡️
4-bosqich: respublika bosqichi.
⏺
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar institutning
"MULOQOT"
talabalar teatr studiyasi rahbari A.Bobojonovga murojaat qilishlari mumkin.
Tel raqam:
+998907210103
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:
✅
Telegram
✅
Facebook
✅
Instagram
✅
shdpi.uz
✅
You tube
🇺🇿
25-oktyabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
✅
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Ijtimoiy fanlar fakulteti koordinatorlari tomonidan institutda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari Ravshan Islamov va Gavhar Muhammadiyeva hamda “Qalqon” jamoasi a’zolarini samimiy tabrikladi.
@SHDPI_YI
🟦
🟦
🟦
✅
Yoshlar yetakchilari Ichki ishlar xodimlarini bayram bilan tabriklashdi
🟡
25-oktabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
bayrami munosabati bilan Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Yoshlar Kengashi aʼzolari X.Yoqubov, L.Fayzullayevalar
Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi
xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning sharafli va mas’uliyatli faoliyatiga zafarlar tiladilar.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:
✅
Telegram
✅
Facebook
✅
Instagram
✅
shdpi.uz
✅
You tube
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
✅
Talabalar uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi
📚
Joriy yilning
23-oktyabr kuni
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
J.Shonazarov
Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬
Bugun farzandlarimiz zamonaviy yo‘nalishlarni egallab, ancha ilgarilab ketyapti. Ularni qo‘llab-quvvatlasak, sifatli ta’lim berib, sharoit yaratsak, bundan ham katta natijalarga erishadi.
Shavkat Mirziyoyev
🟡
Uchrashuvda
Yoshlar ittifoqi va “Yoshlar akademiyasi”
faoliyati, ularning maqsad va vazifalari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️
Faol yoshlar o'z yutuqlari, innovatsion loyihalari hamda istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarni tashabbuskorlik va faollikka chorladilar.
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
shdpi.uz
|
🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🏛
“Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi.
🇺🇿
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda
“Eng faol yil talabasi – 2025”
respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🔴
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🟢
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢
Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢
Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
💠
Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining
faxriy yorlig‘i
va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining
8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti
bilan taqdirlanadi.
🟥
Respublika g‘oliblari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka
hamda bazaviy hisoblash miqdorining
1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti
bilan taqdirlanadi.
📌
“Yil talabasi” tanlovi nizomi
🧊
Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar kengashi
a'zolari bilan tanishing:
✅
Fakultet Yoshlar yetakchisi:
Abdullayeva Dilovar Sobirovna
✅
Intellektual loyihalar yo‘nalishi koordinatori:
Otamurodov Doniyorbek Odilboy o'g'li
✅
“Besh tashabbus” loyihalari yo‘nalishi koordinatori
:
Shodiyeva Mahfuza Raxmonqulovna
✅
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori:
Norbekov Jasurbek Otabek o'g'li
✅
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori:
Aliqulova Nozima Abdivali qizi
✅
“Yoshlar daftari” va metsenatlik loyihalari koordinatori:
Sayfiyeva Mehribonu Zuhrullo qizi
✅
Talaba-qizlar koordinatori:
Yorboboyeva Donogul Oybekovna
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
shdpi.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
#ona_tilim
🇺🇿
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti yetakchisi A.Soatov.
@SHDPI_YI