
ToshDavTibUniver | Yoshlar Ittifoqi BT
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotining rasmiy telegram sahifasi
🎓
Yaponiyada magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyati!
📢
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari va bitiruvchilari diqqatiga!
🗣
Yaponiyada tibbiy yo‘nalishda magistratura bosqichida tahsil olish uchun tanlov e’lon qilinadi. Ushbu dastur orqali 2 yillik magistratura bosqichini to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.
Talablar:
🔘
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
🔘
Tibbiy yo‘nalishda bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lishi;
🔘
Ingliz tilini yaxshi bilishi (IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL kamida 80 ball);
🔘
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 40 yoshga to‘lmagan bo‘lishi.
O’qish muddati:
2026-yil apreldan boshlab 2 yil davom etadi.
Dastur doirasida quyidagilar ta’minlanadi:
🔘
O‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi;
🔘
Yaponiyaga borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
🔘
Oylik stipendiya ajratiladi.
📆
Hujjat topshirishning oxirgi muddati:
20-avgust, 2025-yil
ℹ️
Batafsil ma’lumot va hujjatlar topshirish uchun Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz so‘raladi.
🔗
Ilm olish, tajriba orttirish va xalqaro darajada rivojlanish imkoniyatini boy bermang!
✅
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
LinkedIn
🗣
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN KLINIK ORDINATURAGA QABUL BOSHLANDI
➡️
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun
klinik ordinatura (rezidentura)ga
o‘qishga qabul qilish uchun hujjat topshirish jarayonlari boshlandi.
📆
Hujjat topshirish muddati:
2025-yil 21-avgustga qadar (shu kuni ham)
🌐
Qabul shakli:
Hujjatlar onlayn tarzda, Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining
medtoifa.ssv.uz
axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
📎
Talab etiladigan hujjatlar:
•Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki diplomdan ko‘chirma (davlat granti asosida tamomlaganlar uchun) hamda unga ilova;
•O‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi qonunchilik hujjati (agar mavjud bo‘lsa).
📞
Qo‘shimcha savollar yuzasidan murojaat uchun:
Call-markaz raqamlari:
+998 95 475 45 01
+998 95 475 45 02
+998 95 475 45 03
+998 95 475 45 04
Mas’ul shaxslar:
•Omonov Akmal – +998 90 371 99 95
•Alikulov Ixtiyor – +998 90 131 03 79
🖥
Batafsil
Toshkent davlat tibbiyot universiteti qabul komissiyasi barcha nomzodlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✅
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
LinkedIn
⚡️
Iqtidorli qizlar uchun tog‘ bag‘rida BEPUL, maqsadli 5 kunlik oromgoh!
Yoshlar ishlari agentligining
“Qizlar ovozi klubi”
tomonidan joriy yilning
21–26-
iyul kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘quv oromgohi tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar
IT, media, tadbirkorlik
va
xalqaro grantlarga ariza topshirish
yo‘nalishlarida katta bilim va tajribalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
➡️
Kelajak Ayoli
— Sunʼiy intellekt va uning texnologiyalardagi roli
➡️
Media Savodxonlik va Ayol Ovozi
— Raqamli dunyoda ta’sirchan bo‘lish
➡️
Ijtimoiy Tadbirkorlik
— Jamiyatga qiziqish orqali biznes qurish
➡️
Liderlik va Boshqaruv
— Ayollar uchun global kompetensiyalar
➡️
Ilm-Fan va Innovatsiyada Ayollar
— O‘zbekistondan Nobelgacha
➡️
Volontyorlik
— Ijtimoiy faollik orqali shaxsiy rivojlanish
➡️
Siyosiy Faollik va Ayollar —
Qaror qabul qilishdagi ovozimiz
moliyaviy savodxonlik va passiv daromad olish yo‘llari
➡️
Global Dasturlarga Ariza Topshirish
— CV, motivation letter va IELTS
➡️
Kreativlik
va o’zini ifoda etish san’ati
Batafsil:
👇
👇
👇
📍
Qayerda?
Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”
— tabiat quchog‘ida, toza havoda ilhomga to‘la muhitda o‘tadi!
📝
Qachon?
21-26-iyul kunlari
❓
Nega aynan bu o'quv oromgohi?
✔️
Mentorlar bilan jonli suhbat va master-klasslar
✔️
Portfolioni kengaytirish imkoniyati
✔️
Sertifikat va unutilmas lahzalar
✔️
Foydali vorkshoplar va amaliy mashg‘ulotlar
✔️
Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
🔝
Yana qanday imkoniyatlar bor?
Oromgoh mutlaqo tekin!
— Barcha xarajatlar: yoʻlkira (Toshkent ichida), yotoq, ovqatlanish — hammasi qoplanadi. Viloyatliklar faqat Toshkentgacha bo‘lgan xarajatini o‘zlari qoplaydi.
(Qatnashchilar Toshkent shahridan oromgohgacha olib borilib, Oromgohdan so‘ng Toshkentga yana olib kelinadi)
➡️
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ro‘yxatdan o‘tish 18-iyul, 23:59 ga qadar davom etadi.
🇺🇿
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🔍
Siz bakalavr 2 yoki 3 bosqichda tahsil olasizmi? Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
✅
Yoshlar ishlari agentligi
sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan
“Karyera Oromgohi 2025”
– bu 2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan
7 kunlik bepul o‘quv oromgohi
bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.
Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?
➡️
Rezyume va intervyu ko‘nikmalari;
➡️
Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
➡️
Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
➡️
Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.
Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.
Ro'yhatdan o'tish uchun havola
🇺🇿
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🎓
DIQQAT! 1-KURS TALABALARI UCHUN MUHIM YANGILIK!
Endi kontrakt asosida o‘qiyotgan 1-kurs talabalari ham davlat granti asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin!
💥
✅
Grantga qayta taqsimlash jarayoni davom etmoqda.
Bu nimani anglatadi?
👉
Agar siz kontraktda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, ammo 1-kursdagi baholaringiz yaxshi bo‘lsa va boshqa talablarni bajargan bo‘lsangiz
— grant o‘rinlarida ta'lim olishingiz mumkin!
📥
Qanday ariza topshiriladi?
Arizalar elektron tarzda belgilangan tartibda qabul qilinadi.
🧠
Kimlar afzallikga ega bo‘ladi?
-
Yuqori GPA (o‘rtacha baho) ga ega talabalar
-
Ijtimoiy faolligi yuqori bo‘lganlar
-
Belgilangan mezonlarga mos keladiganlar
📅
Shoshiling!
Bu sizning kontraktdan grantga o‘tish imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin!
Ariza topshirish platformasi:
👉
https://tg.tashmeduni.uz
saytga hemis id va parol orqali kirasiz
✅
Ariza topshirishning so'nggi muddati 20-iyul 23:59
Ushbu xabarni guruhlarga ulashing, do‘stlaringizni xabardor qiling!
Bizni kuzating!
🥱
TDTU TALABALAR
-
Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali
👋
Hurmatli
Alisher Zafarovich
!
🎉
Sizni tavallud ayyomingiz bilan
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
jamoasi nomidan chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz!
🙋
Yurtimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlariga qanot bo‘lish yo‘lida ko‘rsatayotgan doimiy e’tiboringiz, tashabbuskorligingiz va yetakchilik fazilatlaringiz biz uchun katta dalda va namunadir.
🩸
Sizga mustahkam sog‘lik, quvvat, bardavom yutuqlar va har bir kuningizda baxt va baraka tilaymiz!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
📌
Avval qatnashib ko'ring, rahmatni keyin aytasiz!
🎙
"Ibrat haftaligi – 7 kun, 7 yangi marra"
da siz 7 kun davomida 7 xil soha vakillari bilan tashkillashtirilgan manfaatli suhbatlarda qatnashib, savollaringizga javob olasiz:
•
Xushnudbek Xudoyberdiyev
– huquqshunos;
•
Shoxrux Olimov
– CELTA sertifikati va IELTS 8.5 sohibi;
•
Otabek Mahkamov
– huquqshunos, bloger va jurnalist;
•
Alisher Sa'dullayev
– Yoshlar ishlari agentligi direktori;
•
Rustam Qoriyev
– "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
•
Shohida Ibragimova
– moliyachi;
•
Aziz Rahimov
– "Rahimov school" asoschisi
🤩
Bundan tashqari, eng faol targ'ibotchi sifatida
6.500.000 so'mgacha pul mukofotlari, shuningdek, 150 dan ortiq bonusli sovg'alar, premium til kurslari
ni yutib olish imkoniga ega bo'lasiz.
🙌🏻
Qatnashish – mutlaqo BEPUL.
https://t.me/ibrat_haftaligi_bot?start=8ac408710e0b
Poytaxtda bo'lgan va yuqori kursda (4-5-6) taxsil oladigan talabalar bo'lsa farm kompaniya ishga taklif qilib kelibdi.
Ishlamoqchi bo'lganlar bormi?
⚡️
Magistratura uchun qabul nihoyat 1 hafta kechikib ochildi
Talabgorlar
my.edu.uz
sayti orqali
magistratura mutaxassisliklariga
onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda chet tilini bilishi haqida
belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar
ishtirok etishi mumkin.
Sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24242
❗️
Oliy ta’lim vazirligi arizalar
30-iyulga qadar
(shu kuni ham)
qabul qilinishini
ma’lum qildi.
Lekin arizalar qabuli 1 hafta kech boshlangani hisobiga qabulning oxirini ham
shuncha muddatga uzaytirishsa,
adolatdan bo’lardi. Abituriyentlarning haqqini beringlar, baraka topgurlar.
👉
@xushnudbek
👈
Yozgi
oromgohga
qabul ochildi