
𝙏𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 (𝙧𝙖𝙨𝙢𝙞𝙮 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞)
TerDU Tabiiy fanlar fakultetining rasmiy kanali!
✓Zakovat_bilimdonlar_ligasi
✓Ta'lim_yangiliklari
✓Kun_yangiliklari
✓Fakultetda bo'layotgan yangiliklar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz!
👨🏻💻
Matbuot kotibi:
@Rustamovich2107
📲
@TFFdekanmurojaat_bot
#TerDU
#bitiruvchi2025
🎓
🏛
TerDUda diplom topshirish haftaligi
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
🎓
To‘rt yil – orzular sari intilgan, mehnat bilan to‘la yo‘l…
🏛
Bugun TerDUdagi tahsilimga munosib yakun yasar ekanman, qalbimda cheksiz shukronalik, faxr va hayajon bor. Bu to‘rt yil davomida men nafaqat bilim oldim, balki hayot maktabidan ham saboq oldim.
🧑🎓
🇺🇿
Talabalik yillarim davomida Yoshlar ittifoqida faol va mas’uliyatli tarzda ish yuritdim. Aynan shu jarayon menga jamoada ishlashni, boshqalarni ilhomlantirishni va katta mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni o‘rgatdi. Har doim yonimda bo‘lgan, meni qo‘llab-quvvatlagan jamoa – bu men uchun katta baxt.
🤲
Shu yillar ichida menga ishongan ustozlarim, menga duoda bo‘lgan ota-onam bilan birga qadam tashlab, o‘z ustimda tinimsiz ishladim. Mehnatim zoye ketmadi: universitet stipendiatiga aylandim, o‘z ustimda izlanib, 10 ga yaqin innovatsion loyihalarda g‘oliblikka erishdim. Bu yo‘ldagi eng katta faxrlarimdan biri –
🎖
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan kunim bo‘ldi.
✅
Men bu yutuqlarimni birinchi navbatda ota-onamning duolari, ustozlarimning sabrli yo‘l-yo‘rig‘i, va menga ishonib, har bir imkoniyatda ko‘mak bergan do‘stlarim bilan bog‘layman. Aynan ular menga ishonch bergan, kuch bergan, qanot bergan.
🙋♂️
Bugun orqaga nazar tashlab, bir haqiqatni yana bir bor his qilyapman: mehnat, sadoqat va sabr hech qachon zoye ketmaydi. Bu esa mening endi boshlanayotgan yo‘limga kuch va ishonch bag‘ishlaydi.
Rahmat, hayot! Rahmat, ustozlarim, ota-onam va do‘stlarim!
Eng go‘zal yutuqlar hali oldinda!
📱
Telegram
|
📱
Instagram
🏛
TerDU rektori A.Toshqulov bitiruvchilarni tabriklab diplomlarini egalariga topshirib bitiruvchilarga omad tiladi.
🎓
Bitiruvchi kurs talabalari uchun diplom topshirish marosimi boshlanish arafasida.
🔥
Ushbu tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchilari ham diplom qabul qilib oladi.
#talabaga_qulaylik
Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom”
tasdiqlandi
. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.
Shuningdek,
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish
boʼyicha metodik talablar belgilandi.
Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma —
grant.tersu.uz
ishlab chiqildi.
Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
⚡️
⚡️
Magistraturaga qabul boshlandi
Respublika
davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga
onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni
vazirlikning rasmiy
my.edu.uz
platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham)
davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda
belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar
ishtirok etishi mumkin.
📹
Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉
Sertifikatlar ro‘yxati
#Qabul2025
#Magistratura
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
❓
Talabalar o‘rtasida grantlarni taqsimlashda o‘zlashtirishdan ko‘ra, tadbirbozlik muhimroqmi?
Ayni kunlarda oliygohlarda ilk marta talabalar o‘rtasida grant o‘rinlarini qayta taqsimlash uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda. Ya’ni kontraktdagilar grantga o‘tib, grantdagilar kontraktga tushishi mumkin. Arizalar 20-iyulga qadar qabul qilinadi.
Bunda baholash mezoni 100 ballni tashkil qilib, u
2 ta guruhga
bo‘linadi:
1️⃣
Akademik o‘zlashtirishga —
80 ball;
2️⃣
Ijtimoiy faollik uchun —
20 ball.
Shu o‘rinda ayrimlar "o‘zlashtirishga kam ball berilar ekan", deya noto‘g‘ri talqin qilmoqda. Bunga sabab onlayn ariza topshirish sahifasida talabaning o‘zlashtirishiga 10 ball, masalan, kitobxonlik madaniyatiga 20 ball berilishi ko‘rsatilgan.
Gap shundaki, talabaning ijtimoiy faolligi dastlab
100 ballik
shkalada o‘lchanadi va keyin chiqqan natijani
5 ga bo‘lishadi.
Ya’ni biron talabada ijtimoiy faollik
100 ball
bo‘lsa, demak, umumiy ball hisoblanayotganda unga
20 ball
beriladi (100/5=20).
Ijtimoiy faollik 11 ta yo‘nalishdan tarkib topgan va shundan biri talabaning o‘zlashtirishi. Ya’ni faollikning ichida ham o‘zlashtirish uchun ball olsa bo‘ladi.
✅
XULOSA:
grant taqsimlashda eng avvalo o‘zlashtirishga qaraladi va buning uchun eng ko‘p ball beriladi (82%). Qolgan ijtimoiy faollik yo‘nalishi uchun 18% ball beriladi. Shuning uchun “grant olishda o‘qiganing emas, tadbirlarda qatnashganing muhim ekan” degan gaplar noto‘g‘ri.
Agar yanada soddaroq tushunmoqchi bo‘lsangiz, unda qaysi ish uchun necha ball berilishini hisoblab chiqdim:
• Talabaning akademik o‘zlashtirishi —
82 ball;
• Kitobxonlik madaniyati —
4 ball;
• “5 muhim tashabbus” doirasidagi to‘garaklarda faol ishtiroki —
4 ball;
• Xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlov, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari —
2 ball;
• “Ma’rifat darslari”dagi faol ishtiroki —
2 ball;
• Ichki tartib qoidalar va Odob-axloq kodeksiga rioya etishi —
1 ball;
• Darslarga to‘liq va kechikmasdan kelishi —
1 ball;
• Volontyorlik va jamoat ishlaridagi faolligi —
1 ball;
• Teatr va muzey, xiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga tashriflar —
1 ball;
• Sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi —
1 ball;
• Ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid boshqa yo‘nalishlardagi faolligi —
1 ball
.
👉
@xushnudbek
👈
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Fanlardan akademik qarzdor talabalar diqqatiga (kunduzgi 2 va 3-kurslar, sirtqi barcha kurslar, 2-OT barcha kurslar, kechki barcha kurslar) hamda fanlar farqi bo‘yicha, Fanlarni o‘zlashtirish uchun yozgi semestr o‘quv jarayonlari joriy yilning 15-iyul sanasidan boshlanadi.
Yozgi semestrda ishtirok etish tartibi:
🟢
Yozgi semestrda o‘qish istagini bildirgan talabalar avval
kontrakt.edu.uz
platformasidan kredit modul shartnomalarini shakllantirish;
🟢
Shartnomada ko‘rsatilgan kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish;
🟢
Joriy yilning 15-iyul kuniga qadar universitetning
qaytaoqish.tersu.uz
platformasidan ro‘yxatdan o‘tib ariza yuborish;
🟢
Shartnoma to'lovini amalga oshirib
qaytaoqish.tersu.uz
platformasidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirganingizdan so‘ng, o‘quv jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lasiz.
❗️
Eslatma:
• Yozgi semestrda o‘qish uchun shartnoma olish va o‘quv jarayonlarida ishtirok etish uchun arizalar yuqorida ko‘rsatilgan platformalar orqali amalga oshiriladi;
• O‘quv jarayonida faol ishtirok etish, mashg‘ulotlarda o‘z vaqtida qatnashish hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishingiz lozim.
🔗
qaytaoqish.tersu.uz
platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi (
https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM
) bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Registrator ofis bo‘limi menejeri
Botirov Davron
☎️
+99899 939 20 22
Registrator ofis bo‘limi bosh mutaxassisi
Mardonov Azizbek
☎️
: +99891 976 19 98
📹
YouTube (
https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM
)
qaytaoqish.tersu.uz
platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi
🚀
Hurmatli startapperlar!!
👍
Bugun Surxondaryo viloyatidagi IT Park binosida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan saralash jarayonlari bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, Agentlik mas'ul xodimlari hamda boshqa tegishli mehmonlar tashrifi rejalashtirilgan.
📱
Tashrifdan asosiy maqsad - iqtidorli, tashabbuskor va kelajakka ishonch bilan qarayotgan startapper yoshlarni tanlab olishdan iborat.
Mazkur saralash suhbatida ishtirok etish sizning kelajagingiz uchun muhim imkoniyat hisoblanadi. Shuning uchun suhbatga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz so'raladi.
Tadbir vaqti: Bugun, taxminan soat 13:00 (aniq vaqt bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi).
📌
Manzil: IT Park binosi, Surxondaryo viloyati.
📞
Qo'shimcha ma'lumot uchun mas'ul shaxs: Asomiddinov Elbek - +998 90-074-07-31
📱
Telegram
|
📱
Instagram