
Umr Falsafasi
✍️
She'riyat
🖇
Falsafa
🌱
Psixologiya
📖
Mazmunli satrlar
❤️
Qalbga yaqin so‘zlar
📚
Mulohaza
Reklama:
@Umr_info
Isbotlay olmayman, xohishim ham yo'q,
Qanday o'ylasangiz, shunday insonman.
Bilmadim qaysi payt zararim tekkan,
Yomonsan desangiz, mayli yomonman...
✍
...
🎙
Sevara Ziyo
@Umr_Falsafasi
💫
Aniq esimda yo‘q, qaysi birimiz,
Eshikni qars etib yopdik so‘nggi bor.
Keyin bir umrga bizlar
ikkimiz,
Eshikka termulib o‘tdik umidvor!
✍
Malika Salimova
🎙
Hasanboy
@Umr_Falsafasi
☎️
Yig'lagim kelyapti bir to'yib-to'yib,
Yomg'irdek samodan qulasam koshki.
Yuragim o'rniga tikonlar qo'yib,
Yashasam ozorlar yetmasdi balki.
Oy kabi tunlari kezsam falakda,
Kamroq ko'rarmidim odamlarin ham.
Tikonlar qoplagan hissiz yurakda
To'lib, toshmasmidi, ehtimol alam.
Osmonlarga ketgim kelyapti-da bas,
Yerga kerakmasman, yiqitdi ko'p bor.
Menga dunyolari yoqmas, kerakmas,
Menga shu kenglik ham ne uchundir tor.
Yo'q bo'lib qolsam-u, o'chsa izlarim.
Bilmadim, o'zimni tushunmam hanuz.
Balki o'lib bo'ldi barcha hislarim,
Ehtimol, umrimni egalladi kuz!
Balki yuragimni qoplab oldi muz...
@Umr_Falsafasi
🍃
Gonna be, gonna be golden
Oh, up, up, up with our voices
영원히 깨질 수 없는
Gonna be, gonna be golden
🎶
@Umr_Falsafasi
💫
Ich-ichimdan
Siz kulganda qildim soxta tabassum,
Siz bir dunyo men o'zgacha olamman.
Xolim ko'rib hayron bo'lmang ey do'stim,
Ich-ichidan tugab bitgan odamman.
Yo'qotmay deb kazo-kazolarimni,
Kech tushundim qilgan xatolarimni.
Sanab farzi namoz qazolarimni,
Ich-ichidan tugab bitgan odamman.
Xidoyatga chorlaganni men jerkib,
Yurgandimda o'zimda deb o'z erkim.
Tangrim gunohlarim mag'firat etgin,
Ich-ichidan tugab bitgan odamman.
Ilhom Ibrohim
@Umr_Falsafasi
🫀
Yana bir kechani tugatdim bedor,
Biroz parishonman, emasman bemor,
Tanam sogʻ, qalbimda siniqlarim bor,
Onamga aytmanglar, onam bilmasin…
✍
Yasemin
🎙
Ilhomjonovna
.
@Umr_Falsafasi
🫀
Sendan biroz xafaman, Ona,
Garchi menga baxsh etding hayot.
Atrofimda bo'lib parvona,
"Insonni sev" der eding bot-bot...
Aytganingni qildim men so'zsiz
Va sinmagan tishim qolmadi.
Atrofimda bo'lib parvona
Pand bermagan kishim qolmadi
Men insonni sevdim-u, Ona,
Ming bo'lakka bo'ldilar, mana!
✍️
Ravshan Haqmurod
🎙
Saadiya Ikramovna
@Umr_Falsafasi
❤️🩹
Yashayapman o'zimni aldab,
Ich-ichimdan tamom boʻlganman.
Baxtli inson ro'lini o'ynab,
Men doimo soxta kulganman...
✍
...
🎙
Shahina Bahodirova
@Umr_Falsafasi
🫀
Osongina sinmasam kerak,
Ishlarim zo’r yurib turibdi.
Allohimga shukurlar bo’lsin,
Dadam duo qilib turibdi.
✍️
Qodir Qaxxor
🎙
Shohista Ikromjonovna
@Umr_Falsafasi
🤩