
UrDPI_yoshlari
Urganch davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha rasmiy kanali
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida
🏆
Rektor kubogi sport o‘yinlari bo'lib o'tdi.
🏃♂️
🏓
2025-yil 8-iyul kuni Urganch davlat pedagogika institutida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Rektor kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir institut talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni esa rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Stol tennisi bo‘yicha bahslar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, do‘stona muhitda o‘zaro kuch sinashdi.
👉
Bunday sport tadbirlari yoshlar orasida sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytiradi hamda jismoniy faollikni kundalik hayot tarziga aylantirishga xizmat qiladi.
📚
Yoz o‘tmoqda — soz!
☀️
Urganch davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarimizning yozgi ta’til kunlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida "Mutolaa" ilovasi tavsiya etiladi.
Bu ilova orqali siz:
✅
Sevimli asarlaringizni qulay formatda o‘qishingiz,
✅
Yangi kitoblar bilan tanishishingiz,
✅
Kitobxonlik doirangizni kengaytirishingiz,
✅
Bo‘sh vaqtingizni bilim va ma’naviyat bilan boyitishingiz mumkin.
Yoz faslidan unumli foydalaning — yangi kitoblar, yangi g‘oyalar, yangi ilhomlar sizni kutmoqda!
"Mutolaa" — bu faqat o‘qish emas, bu o‘z ustingizda ishlash, tafakkur qilish va o‘zligingizni topish yo‘lidir.
Urganch davlat pedagogika instituti
Filologiya va tarix fakulteti “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yoz o‘tmoqda — soz! tadbirlari tashkil etildi.
📚
“O‘zga tilli guruhlarda rus tili” yo‘nalishi 221-guruh talabasi Xudoyorova Laylo yozgi ta’tilni bekor o‘tkazmayapti!
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida har bir kunini foydali, sermazmun va qiziqarli qilishga intilmoqda.
✅
Yozgi ta’til — bu dam olish bilan birga o‘z ustida ishlash, yangi bilimlar egallash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijod qilish uchun ham eng zo‘r vaqt!
💡
Unutmang:
Yoz fasli — bu rivojlanish uchun start nuqtasi. Vaqtingizni qadrlang, uni imkoniyatga aylantiring!
221-guruh talabasi Xudoyorova Laylo tomonidan taʼtilda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazayotganligi to'g'risida videorolik!
🖥
Yangi imkoniyatlar sari qadam!
📌
“Bir talabaga – bir loyiha” dasturi doirasida Urganch davlat pedagogika institutida zamonaviy kompyuter xonasi tashkil etildi!
🎯
Mazkur tashabbus talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar asosida ilmiy-ijodiy loyihalar ishlab chiqishiga qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirildi.
🔹
Kompyuter xonasida:
✅
Yuqori tezlikdagi internet
✅
Zamonaviy texnik jihozlar
✅
Grafik va dasturlash dasturlari bilan to‘liq ta’minlangan ishchi stansiyalar mavjud.
👨💻
Endilikda talabalar o‘z loyihalari ustida erkin ishlashi, startap g‘oyalarni shakllantirishi va taqdimotlarni tayyorlashi uchun keng imkoniyatga ega.
📍
Manzil: Urganch davlat pedagogika instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot markazi, Incubatsion centre
🔔
Barcha ijodkor va tashabbuskor talabalarni kompyuter xonasidan unumli foydalanishga chorlaymiz!
🎯
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida — yangi avlod texnologiyalari sari!
🖥
Urganch davlat pedagogika institutida
3D modellashtirish to‘garagi
faoliyatini boshladi!
📌
To‘garakning asosiy maqsadi – talabalarni zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan
3D dizayn, arxitektura, animatsiya va texnik modellashtirish
yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdir.
👨🏫
Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
🧩
Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda ishlamoqdalar:
▪️
3D obyektlar yaratish
▪️
Modellarni vizuallashtirish
▪️
Animatsion harakatlar berish
▪️
3D printer uchun tayyor fayllarni ishlab chiqish
🚀
Innovatsion tafakkur, ijodkorlik va raqamli savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu to‘garak barcha ishtirokchilarga katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
📌
Time Management – Vaqtdan unumli foydalanish san’ati!
🔹
Startap loyihalar kordinatori ishtirokida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi!
📆
Ushbu trening davomida talabalar:
✅
Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish usullari
✅
Ustuvor vazifalarni ajratish
✅
Samarali kun tartibini tuzish
✅
Ish va o‘qishni uyg‘unlashtirish sirlarini o‘rgandilar.
🎯
Bekzod Xaydarov o‘zining boy tajribasi asosida talabalar bilan real hayotiy misollar va samarali texnikalarni bo‘lishdi. Trening interaktiv savol-javoblar, amaliy mashg‘ulotlar va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha maslahatlar bilan boyitildi.
“Amaliy kimyo laboratoriyasi” to'garagi faoliyati
Pedagogika fakultetining "Maktabgacha ta’lim va tabiiy fanlar" kafedrasi dotsenti Ataullayev Zokir
rahbarligida kimyo guruhi talabalari bilan kimyo fani bo‘yicha to'garak tashkil etildi.
⏺️
KMnO₄ (kaliy permanganat) va yodning suvdagi eritmalari atsetilen bilan reaksiyaga kirishishi natijasida kaliy permanganatning binafsha rangi yo‘qolib, yod eritmasining rangi o‘zgarishi kuzatildi. Ushbu tajriba oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari jarayonini tushuntirishga yordam berdi.
Mazkur ilmiy to'garak yoshlarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tajribalarni jonli kuzatish va laboratoriya ishlari bo‘yicha amaliy bilimlarini kengaytirish maqsadida o‘tkazildi.
https://t.me/UrDPI_MANAVIYAT
📊
Sotsiologik so‘rovnoma
Urganch davlat pedagogika institutida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusida ota-onalar o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma onlayn tarzda o‘tkazildi.
🔍
So‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad – institutimizda ta’lim xizmatlari sifati, talabalarning bilim darajasi va tarbiyaviy jarayonlardan ota-onalarning qoniqish darajasini o‘rganish, shuningdek, mavjud taklif va mulohazalarni tahlil qilishdan iborat.
🗣
Onlayn tarzda o'tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan ota-onalar institut jamoasining mehnatini e’tirof etib, o‘quv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
📈
Olingan natijalar institutda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarga xizmat qiladi.
https://t.me/UrDPI_MANAVIYAT
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi sport musobaqasi!
1-iyul kuni Urganch davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbir doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy sport turi — kurash bo‘yicha qiziqarli va murosasiz bahslar tashkil etildi.
Musobaqada institutning turli fakultetlaridan yig‘ilgan talabalar ishtirok etib, o‘z jismoniy salohiyati va mahoratini namoyish etdilar. Bellashuvlar do‘stona muhitda o‘tib, sog‘lom raqobat ruhi va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kunlik” loyihasining ahamiyatini yana bir bor tasdiqlab, yoshlarda sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#yoshlar_ittifoqi
#ijtimoiy_rolik
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
#StopKorrupsiya
Ushbu chellenj korrupsiya - jamiyat rivojiga tahdid soluvchi illatlardan biri ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi jamiyatimizning har bir a'zosiga tegishli boʻlib, halol va vijdonan mehnat qilish lozimligini chuqurroq anglashga xizmat qiladigan muhim tashabbusdir.
@UrDPIYoshlarittifoqi