
Talaba yoshlar Pedagogika
⚡️
Pedagogika
yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?
Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarbiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
✅
Ishlashi mumkin bo'lgan muassasalar:
➖
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➖
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➖
ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;
➖
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
➖
davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.
✅
Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:
👉
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarbiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
👉
o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
👉
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida laborant sifatida faoliyat yuritish kabi ishlari bilan shug‘ullanish;
👉
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉
mahallada yoshlar yetakchisi;
👉
ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat olib borish
👉
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, metodist sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari
📢
Urganch davlat pedagogika institutida Yoshlar akademiyasi liderlari saylovi bo‘lib o‘tdi!
🎓
✨
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ–4433-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshiriqlariga muvofiq, 2025–2026 o‘quv yilida Urganch davlat pedagogika institutida Yoshlar akademiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Yoshlar akademiyasi liderlari saylovi tashkil etildi.
✅
Saylov jarayonida institutning eng faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Egamov Yusufboy Ergashbek o‘g‘li institutimizning Yoshlar akademiyasi lideri etib saylandi.
🏆
Egamov Yusufboy nafaqat o‘quv jarayonida, balki respublika miqyosidagi tanlovlarda ham faol ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishgan.
@talabayoshlarpedagogika
#qabul2025
#imkoniyat
#qoraqalpoq_yoshlari
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi
Davlat komissiyasi
bayoni
ga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun
Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga
ega bo‘ladi.
1-imkoniyat.
2025-yil
24–30-sentyabr kunlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida
68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar
500 ta maqsadli qabul
parametrlari
uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish
my.uzbmb.uz
sayti orqali
amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar
talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi
boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda
maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga
yetkaziladi.
2-imkoniyat.
2025-yil
29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan,
muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun
200 ta maqsadli qabul parametrlari
ga abituriyent sifatida
roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖
roʻyxatdan oʻtish
my.uzbmb.uz
sayti orqali
amalga oshiriladi;
➖
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun
2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari
oʻtkaziladi;
➖
oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari
belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga
yetkaziladi.
❗️
Eslatma
: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq
belgilangan miqdordagi toʻlov
undiriladi.
‼️
Muhim.
2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi
1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar
bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin
tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama
(hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida)
shartnomalar
rasmiylashtiriladi.
3-imkoniyat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari
tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga
abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy)
taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan
abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari
tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda
rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#qabul2025
#imkoniyat
📌
Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar
belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha
Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni
tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida
vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov
oʻtkaziladi. Bunda
56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat
yaratiladi;
➖
kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish
imkoniyati yaratiladi;
➖
respublikada faoliyat koʻrsatayotgan
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari
tasdiqlandi;
➖
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun
qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari
ajratildi.
Shuningdek,
Prezident granti uchun
ajratilgan kvotalarning
taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti
hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining
magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari
tasdiqlandi.
Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan  qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Batafsil keyingi xabarlarda
...
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi
taqiqlangan manba va kontentlar
(materiallar)
ro‘yxati
tasdiqlandi.
(2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra
).
👉
@xushnudbek
👈
#Boshlash_jasarati
Boʻlajak oʻqituvchilarni Ilmiy izlanishda – bu boshlay olish jasorati kerak.
Ko‘pchilik talaba Magistirlarga eng katta to‘siqni noto‘g‘ri joyda izlaydi. Ular o‘ylaydi.
- “Men vaqtim yo‘q”;
- “Resursim yetmaydi”;
- “Rahbarim yordam bermaydi”;
- Lekin asl to‘siq — boshlamaslik.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy ishni boshlagan tadqiqotchilar 60% yo‘l-yo‘lakay barcha muammolarni hal qiladi, boshlamaganlar esa 5 yil ham o‘tsa, faqat “reja” bilan qoladi.
Qoidani eslab qoling:
“Mukammal sharoit kutmang. Sharoit – yo‘lga chiqqaningizda yaratiladi.”
Bugun kichik bo‘lsa ham qadam tashlang:
- bir bet yozing;
- bir maqola o‘qing;
- bir savol belgilang.
Chunki ilmiy yo‘lda eng katta g‘alaba – birinchi qadamingiz.
#
Talaba_yoshlar_Pedagogika
🎞
Ishq uchun yaratilgan Choliqushilarmiz biz...
Oldin bizda keyin boshqalarda.
@UrDPI_Pedagogika_fakulteti
⚡️
Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilindi
Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga
oʻzgartirishlar kiritildi.
Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining
26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun
pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi
bekor qilindi.
@UrDPI_Pedagogika_fakulteti
Talaba yoshlar Pedagogika
⭕️
#Creative_radio
"Creative" radiosi
Talaba yoshlar Pedagogika uchun maxsus
Oldin bizda keyin boshqalarda
🔍
@UrDPI_Pedagogika_fakulteti
#ichki_turizm
|
#Buxoro_viloyati
Urganch davlat pedagogika instituti rektori va iqtidorli talabalar Buxoro davlat universitetiga sayohat uyushtirilda.
Ushbu sayohat davomida Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga ham tashrif uyushtirildi.
@UrDPI_Pedagogika_fakulteti