
Zakovat Savollari Bazasi
Ushbu bazada quyidagi kanallarda o'ynalgan savollar joylab boriladi:
@Diamond_zk
@StaverQuiz
@The_Alliance_zk
@zakovat_savollari_N1
@Regulus_quiz_team
📅
Bugun
🕰
22:30
💣
±30 ta rasmchali savollar
🏠
@better_bro
Javob:The Shining
Izoh:Shining Porlash deb tarjima qilinadi.Savol matnida bunga ishora bor edi.The Shining - 1980-yilda Stenli Kubrik rejissyorlik qilgan va yozuvchi Dayan Jonson bilan hamkorlikda yozilgan psixologik dahshatli film. U Stiven Kingning 1977 -yilda yozgan romaniga asoslangan boʻlib,unda Jek Nikolson bosh rolni Ijro etgan.
194-savol
XX asr so'nggi choragida porlagan ushbu film posterida sanchilib turgan boltani ko'rish mumkin.Bu filmda Shelley Duvall,Scatman Crothers,Danny Lloyd kabilar rol ijro etgan.
Savol:Bu filmni ayting.
Sitsiliya bayrogʻi
Sitsiliyaning qadimiy bayrog‘i birinchi marta 1282 yilda Palermodagi Sitsiliya voqealaridan keyin qabul qilingan. Bayroqning markazida treskelion (umumiy markazdan chiquvchi uch oyoq), Meduza gorgonaning boshi, shuningdek uch ilon (yoki bug‘doy) tasviri tushirilgan. Uch oyoq Sitsiliyaning uch nuqtasini anglatadi. Triskelionning yana bir nomi - Trinakriya (yunoncha trinacrios so‘zidan olingan bo‘lib, uchburchak ma'nosini anglatadi), orolning antik davrda yunonlar tomonidan berilgan ilk nomi hisoblanadi (orolni fath qilganlar uning shakliga qarab shunday nom berishgan). Bayroq rangi Sitsiliyada hukmronlik qilgan Anjuy uyiga qarshi konfederatsiyaga asos solgan Palermo va Korleone shaharlari ramzidir.
Javob:Sitsiliya
Izoh:Bu telegram kanali Triskelion edi.
https://t.me/triskelion_uz
. Ko'rinib turganizdek markaz triskelion shaklda.
193-savol
Bu avtonom viloyatning bayrogʻi markazining orqa foni dioganal ikkiga bo'lingan, yarmi sariq, yarmi olov rangda. Unda odam boshi tasvirini ham uchratish mumkin.Sizga uni topishda siz bilgan bir telegram kanali yordam berishi mumkin.
Savol:Uni ayting.
Javob:Blondi
Izoh:Blondi - Adolf Gitlerning nemis ovcharkasi edi.Adolf Gitler o'z joniga qasd qilgan.Bundan oldingi savolda aytilgandek o'z joniga qasd qilishlar davom etdi.
192-savol
1941-yilda uni Martin Borman Gitlerga sovg‘a qilgan.Gitler uni juda yaxshi ko‘rgan, yonidan kamdan-kam ajratgan. 1945-yil aprel oxirida Berlin bunkerida, Gitler o‘z joniga qasd qilishidan oldin, unga zahar (siyanid) bergan (buni Gitler zaharning ta’sirini sinab ko‘rish uchun qilgan, degan ma’lumotlar bor).
Savol:Unga berilgan laqabni ayting.
Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va tabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Javob:Sergey Yesenin
Izoh:Savol matnidagi ushbu o'limdan keyin qolgan savollarda ham o'z joniga qast qilishlar davom etishi mumkinligi "Yesenin Sindromi" ga ishora edi.