Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abit.uz | Rasmiy kanali

abit_uz

Abit.uz
| Rasmiy sahifasining telegram kanali
☑️
📩
@abitmurojaatbot
🔔
Reklama:
@ravshanjon_uz

Subscribers
54 200
Post views
2 769
ER
4,81%
Posts
2 338
October 15, 17:20

Abit.uz | Rasmiy kanali
pinned a photo

October 15, 12:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
2025-yil
11-oktabr (shanba)
kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytining
shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada
talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.

1-smena uchun kirish vaqti soat
7:30 dan 8:30 gacha
. Soat
8:30 dan kech kelgan talabgorlar
test sinoviga kiritilmaydi.
📋
Abituriyentlar test sinoviga
1 ta hujjat
olib borishlari lozim:
1️⃣
pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;

Pasport nusxasi
yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek,
kechikib
kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
🚫
Abituriyentlar test sinovi o’tkaziladigan hududga
telefon
,
kalkulyator
,
quloqchin
,
soat
,
lug’at
, “
shpargalka
” va shu kabi turli vositalarni olib kelishi
taqiqlanadi
.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

October 15, 11:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
talabasi bo‘lishning mazkur o’quv yilidagi so’nggi imkoniyati!
Qo‘shma ta’lim dasturlari yo’nalishiga o’qishga kirib, talaba bo’ling va ikki davlat diplomiga ega bo’ling!
🎓
Sizni kutmoqda:
•Kunduzgi ta’lim shakli
•Tajribali ustozlar va xorijiy professorlar
•Zamonaviy infratuzilma va ekologik hudud
•Xalqaro sertifikatlar va amaliyot (stajirovka)
•Bakalavr va magistratura yo‘nalishlarini tamomlaganingizdan so‘ng O‘zbekiston va Rossiya yetakchi universitetlarining diplomiga ega bo‘lasiz!
•2 ta davlat diplomi: O’zbekiston va Xitoy;
•2 yil
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
va 2 yil
Sudjou texnalogiya universiteti
da o’qish — barchasi bitta joyda!
📥
Onlayn ariza topshirish:
https://
registration.ttysi.uz
/
Bakalavriat
•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot yo‘nalishi;
•Sudjou texnalogiya universiteti- Textile engineering yo‘nalishi;
Magistratura
•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot mutaxassisligi.
Qabul yakunlanmoqda. Bugunoq hujjat topshiring va davlat
instituti
talabasi bo’ling.
📞
Ma’lumot uchun:
+998917889700
+998990509955

September 28, 12:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

Vakant o‘rinlari (6-yo‘nalish) uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha video yo‘riqnoma

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar:
1-toifa
— 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo
kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar
.
2-toifa
— Roʻyxatdan oʻtishning
ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan
abituriyentlar.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
.
Platforma:
my.uzbmb.uz
Tanlov
natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar
e’lon qilinadi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

September 23, 15:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga davlat granti asosida qo‘shimcha 200 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi.
📅
Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
saytida 2025-yil 29-sentabrdan 6-oktabrgacha (6-oktabr to'lovning oxirgi kuni) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📝
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun test sinovlari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda 2025-yil 12-oktabrga qadar o‘tkaziladi.
📚
Tanlov natijalari 2025-yil 17-oktabrga qadar
my.uzbmb.uz
saytida e'lon qilinadi.
💳
Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq 0,5 BHM miqdordagi to‘lov undiriladi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

September 23, 14:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMlariga 500 ta maqsadli kvota
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi.
🔹
Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.
📅
Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
saytida 2025-yil 24–30-sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha
davlat granti uchun maqsadli
tanlovda ishtirok etadilar.
📚
Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktabrga qadar
my.uzbmb.uz
saytida e'lon qilinadi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

September 23, 11:04
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#qabul2025
#grant
#nodavlat
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi
Davlat komissiyasi
bayoniga
muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari
tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga
toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun
mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga
(talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida
roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun
2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari
oʻtkaziladi.
Eslatma:
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq
belgilangan miqdordagi toʻlov
undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan
holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga
yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga
ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

September 23, 05:12

Abit.uz | Rasmiy kanali
pinned «
#qabul2025 #imkoniyat Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga…
»

September 23, 04:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#qabul2025
#texnikum
#xalqaro_dastur
⚡️
Texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlariga qabul 1-oktyabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari
(texnikumlar)ga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf bitiruvchilari) negizida
xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish uchun arizalarni
2025-yil 1-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi
belgilandi.
Hujjatlar Vazirlikning
my.edu.uz
platformasi orqali kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun
qabul qilinadi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴

September 22, 11:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#qabul2025
#imkoniyat
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq,
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul
amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida
56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan
abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
🟢
davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan
vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda
ishtirok etish uchun 2025-yil
25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
my.uzbmb.uz
sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish
imkoniyati yaratiladi;
🟢
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida
talabalikka tavsiya etiladi;
🟢
ro‘yxatdan o‘tish jarayonida
fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash
imkoniyati beriladi;
🟢
tanlov natijalari boʻyicha
qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qada
r chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
yetkaziladi.
Umumiy qabul parametrlarida
vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida
eʼlon qilinadi.
@abit_uz
— Abituriyentlar uchun maxsus
🔴