Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Andijon Davlat Texnika instituti

aiqi_uz

Andijon Davlat Texnika instituti telegram kanali
✔️
Veb-sayt:
www.eduaiqi.uz
✔️
Facebook:
www.facebook.com/groups/569793291356099/?mibextid=NSMWBT
✔️
Instagram:
www.instagram.com/aiqi__uz
Murojaat uchun:
@aiqirektorigamurojaatbot

Subscribers
1 700
Post views
2 143
ER
133,11%
Posts
8 046
August 15, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

#rasmiy_bayonot
⚡️
1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining
yakuniy natijalari (mandat)
eʼlon qilindi
.
Ma’lumki,
talabalikka tavsiya etilganlar
davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun
Davlat xizmatlari markazi
yoki
my.gov.uz
portali orqali
onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.
Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash
jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan
ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan
.
Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.
☝️
Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab
imtiyoz va ustuvorliklarga
ega
talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng,
umumiy ro‘yxatdagi
talabalar uchun
yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun
55 — 65 foizgacha
joy ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 31, 16:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mandat
#akademik_litsey
⚡️
Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi
akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat)
eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning
my.edu.uz
rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga
kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
:
👉
https://t.me/eduuz/23710
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab
uch ish kuni ichida
my.edu.uz
orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish
huquqiga ega
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

May 29, 10:25
Media unavailable
7
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
va Italiya Respublikasi Bosh vaziri
Jorja Meloni
Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani
qabul qildilar.
Tashrif doirasida imzolangan ikki tomonlama bitimlar qatorida
Tushia, Piza va Turin universitetlari
bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

May 29, 05:42
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🇦🇿
O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlari I forumining ikkinchi kuni boshlandi
Andijon shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumining ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi.
Forumning bugungi kun dasturida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aniq hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

May 29, 04:48
Media unavailable
4
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Farzandingiz bilan bir jamoa boʻlib gʻoliblikni qoʻlga kiriting!
⭐️
1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Andijon davlat texnika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi hodimlarini farzandlari uchun institutning asosiy binosida sayl oʻtkaziladi.
Institut "Hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi" va "Talaba" sport klubi hamkorligidagi ushbu saylda quvnoq startlar, shashka, darts, rasm chizish, karaoke kabi koʻplab musobaqalari boʻlib oʻtadi. Gʻoliblar sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Sizlarni 31-may kuni soat 09:00 dan boshlab asosiy binodagi Yoshlar bogʻida kutib qolamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

May 28, 09:41
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Andijon davlat texnika institutining delegatsiyasi, “Avtomobilsozlik va transport” fakulteti “Transport logistikasi” kafedrasi mudiri v.v.b, Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori professor Lutfillo Bakirov va “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti dekan o‘rinbosari, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori dotsent, Zoxidullo Maxammadjonovlar Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg poletexnika universitetiga ilmiy stajirovka o‘tash uchun xizmat safarida bo‘lib turibdilar.
2025-yil 26-may kuni mazkur universitetning mas’ullari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg poletexnika universiteti tasarrufidagi Qurilish muhandisligi instituti direktori texnika fanlari nomzodi, Marina Vyacheslavovna Petrochenko, sanoat-fuqarolik va yo‘l qurilishi oliy maktabning direktori texnika fanlari doktori professor, Yuriy Grigoryevich Lazarev, qo‘shimcha professional dasturlar markazi direktori texnika fanlari nomzodi dotsent, Kseniya Igorevna Strelets, xalqaro munosabatlar bo‘yicha mas’ul texnika fanlari nomzodi dotsent Mixail Vasilyevich Romanov va boshqalar ishtirok etdilar.
Dastlab ikki oliy ta’lim muassasalarining strukturasi, tuzilishi va imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. O‘rtoqli uchrashuvda quyidagi masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
-xalqaro reyting masalalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar almashinuvi, mobillik dasturi bo‘yicha talabalar almashinuvi;
-xammualliflikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va maqolalar nash etish;
-xamkorlikda ilmiy tatqiqot ishlarini olib borish, fundamental va amaliy loyihalarda ishtirok etish;
-oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan jurnallar taxririyatga a’zolik qilish;
-ixtisoslashgan ilmiy kengashlarda tatqiqotchilar va kengash a’zolarini ta’minlash;
-ilmiy tatqiqot natijalarini ishlab chiqarishga va xalq xo‘jaligiga joriy etish bo‘yicha qo‘shma taktiflar ishlab chiqish va boshqalar.
Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasalarining mas’ullari tomonidan esdalik sovg‘alari almashildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

May 28, 09:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🇺🇿
🇦🇿
Xalqaro forum mehmonlari tantanali kutib olindi
Ayni damda Andijon shahar Temiryo'l vokzalida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi doirasida viloyatimizga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari milliy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

April 20, 13:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💖
💖
💖
💛
💛
💛
Hamma intiqlik bilan kutayotgan Intellektual olimpiadaga oʻyinlariga marhamat!
🏛
Andijon davlat texnika instituti talabalari diqqatiga 28-29-aprel kunlari soat 14:00 da talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir - Intellektual olimpiada musobaqasi boʻlib oʻtadi.
🎓
Intellektual olimpiadada institutimizdagi
barcha
fakultet talabalari ishtirok etishi mumkin.
📌
Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 4 turdagi o‘yinda bellashadi:
📼
Zakovat
📼
Breyn-ring
📼
Erudit-kvartet
📼
Zakovat Quiz
👥
Olimpiadada har bir jamoadan 6
nafar ishtirokchi
(Zakovat Quizda 8 nafargacha ruxsat) qatnashadi
🗒
Har bir jamoa
✈️
@IntellektualOlimpiada
telegram manzili orqali 28-aprelga
qadar
(shu kuni ham) roʻyhatdan oʻtishlari lozim.
🎉
Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumiy umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarga Rektor sovgʻasi taqdim etiladi.
✅️
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook

April 15, 08:35
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

15-aprel - Ekologiyaga oid bilimlar kuni
Insitutning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti Qurilish muhandisligi kafedrasi o’qituvchisi ekolog Z.Jumaqulova fakultet yoshlar bilan ishlar bo’yicha v.v.b dekan o’rinbosari Z.Muxammadjonov fakultet talabalari bilan birgalikda 15-aprel “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” nishonlash munosabati bilan “Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida talabalarga “Atrof-muhit muhofazasi ” fani o’qituvchisi Z.Jumaqulova Ekologiya bo’yicha respublikamizda olib borilayotgan ishlar bo’yicha suhbat olib bordi.
Suhbatda talabalarga Ekologik ta'lim va bilim, tabiat muhofazasidagi muammolarni yechimi usuli sifatida xalqaro tan olindi. Bizning davlatimizda ham ekologik tarbiya va ta'lim umum ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri xisoblanadi, Sayyoramiz kelajagi o’sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatiga bog’liq. Global ekologik muammolarni davlatlararo va dunyo miqyosida birgalikda yechish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir inson vazifasi ekanligi tushintirildi.Suhbat ohirida talabalarga ekologiya bo’yicha savol-javoblar o’tkazildi.Suhbat so’nggida talabalarga “Tabiatni asrashimiz”zarur ekanligini aytildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

March 26, 05:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

#kibersport
#tyutorlar_faoliyatidan
📃
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.11.2022 yilda “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–423-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning 9.8 - bandida kibersport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarda sog‘lom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish belgilangan edi.
🎮
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandislik va arxitektura fakulteti tyutorlari 2025-yilning 25-mart kuni  talabalar bilan  kibersportning Counter Strike turi boʻyicha o'rtoqlik uchrasuvini oʻtkazishdi.
https://t.me/aiqi_uz