Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

At-Tanal | Oriental

attanal_oriental

Xalqaro at-Tanal al-Arabiy imtihonini Oriental Universitetida topshiringiz mumkin.
Guruh:
https://t.me/tanal_oriental
Login va parol olish linki:
https://altanal_reg.eexam.uk/Registeration/Registration

Subscribers
2 390
Post views
2 159
ER
91,13%
Posts
521
October 27, 11:24

#tavsiya
Assalomu alaykum yaxshimisizlar azizlar.
Imtihonga tayyorlanyapsizmi?
Farqi yoʻq - Milliy sertifikat yoki "at-Tanal al-arabiy" boʻlsin, oʻzingizgagina bogʻliq boʻlgan va siz yashayotgan muhitga bogʻliq maʼlumotlarni ham tayyorlab qoʻyishni tavsiya qilamiz. Milliy imtihonda bu kabi mavzular koʻp uchrar edi, At-Tanalda ham shu kabi mavzular koʻp uchrab turibdi. Bulardan:
Shaxsiy hayot bilan bog'liq savollar: ish kuni yoki oʻquv kuni tartibi, bolalik xotiralaridan voqealar, esda qolgan hodisalar, qaysi fasl/taom/kitob/ va hokazolarni yaxshi koʻrishingiz, va shu kabi shaxsan oʻzingizga bog'liq savollar va albatta nega degan savolga javob berishni va sababini izohlab ketishni unutmang.
Izoh qanchalar asosli va chiroyli ifodalansa baho ham shunga yarasha boʻladi.
Atrof muhitingiz va siz yashaydigan jamiyat haqidagi savollar, jumladan, sening yurtingda mana bu odat / bayram / toʻy va boshqa amallar qanday oʻtadi, ular ijobiy va salbiy tomonlari nimada? Nega shunday deb oʻylaysan.
Oʻzingiz yashaydigan davlat uning aholisi, shaharlari va ularning oʻziga xos joylari, yurtingiz odamlari, yurtingiz tabiati, fasllari, tarixi va hozirgi zamoni bilan bog'liq savollarga ham tayyorlanib qoʻying.
Tavsiya agar savol "sening fikring qanaqa" deb berilsa, lekin javobi kunday ravshan boʻlsa siz javobda "mening fikrim-cha" demasdan aniq fakt bilan javob bergan yaxshiroq. "Falon kitobda kelishicha" , "mana bu maqolda/ hikmatda/ aytiladi", "bu olim bunday degan", deb aniq manbasini keltirganingiz yaxshi, bu sizning kitoblarni oʻqiganingiz va bilim doirangizni koʻrsatadi. Aniq manbani bilmasangiz "shubhasiz" "bu hammaga maʼlum" "kundek ravshan" kabi iboralar orqali fikringizni ifodlashga harakat qiling.
Unutmang beriladigan baho savolning oson va qiyinligiga yoki sizning shu savolni qanchalik bilishingizga emas, balki oʻz fikringizni bexato va goʻzal iboralar bilan yetkazib bera olishingizga bogʻliq.
Mana sizga bir oddiy savol "boʻsh vaqtingda nima qilasan va qanday kitoblar oʻqiysan" Oʻzingiz mustaqil shu savolga ham og'zaki ham yozma shaklda (insho) yozib koʻring. Keyin ustoz yoki sherigingiz bilan muhokama qilib koʻring.
Savol oddiy boʻlgani bilan baho hammada har xil chiqadi, chunki soʻz boyligi va gaplarni toʻg'ri tuza olishingiz koʻp narsani hal qiladi, savolni bilish emas.

October 26, 10:25

Oriental universitetida Navbatdagi at-Tanal imtihoni 1-noyabr kuniga rejalashtirilgan.

October 19, 05:31

Oriental universitetida 11 oktabr sanasida oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi. Natijani koʻrish:
https://t.me/attanal_oriental/270?single

October 10, 19:07

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
So'nggi vaqtlarga ba'zi firibgarlar "yordam beramiz, "at-Tanal" sertifikatini olib beramiz, shu markazda tanishimiz bor" deb bizning "Oriental universiteti" imtihon markazi xodimlari nomini sotib pul ishlashga harakat qilayotgani haqida eshitib qoldik, go'yoki ular ya'ni firibgarlar oldindan biz imtihon markazi xodimlari va ustozlari bilan kelishib qo'yishgan ekan.
Firibgarlar uslubi shunday, tanishim bor/ustozim bo'ladi/biz ular bilan hamkormiz/ dilermiz deya avval sizdan pul oladi, keyin mabodo siz kutgan natija bo'lmasa uzr iloji bo'lmadi deya pulni qaytarishga majbur bo'ladi, lekin imtihondan muvaffaqiyatli o'tsangiz xuddi u yordam bergandek pulni o'ziga oladi.
Qarabsizki yo'q joydan siz aldanyapsiz va katta pulga tushyapsiz.
Mabodo siz shunday odamlarga ishonib imtihon topshirib kerakli darajadagi sertifikatni olganingizda ular "men gaplashib qo'ygan edim, yordam berdim" desa ham bilingki aslida sertifikatni o'z bilimingiz bilan olgansiz. Sizga biz yoki boshqa hech kim yordam bermagan!!!
Ogoh bo'ling, sodda bo'lmang, har qanday yordam beruvchi odam bizni o'zining tanishi/ ustozi/ hamkori deb atab o'rtaga tushib pul yoki qandaydir manfaat talab qilsa, yoki "kafolat beramiz", "gaplashib qo'yilgan" kabi gaplar bilan ishontirmoqchi bo'lsa, yoki bizdan "kafolatli savollar / aniq tushadigan variantlarni sotib olganmiz, imtihonda shu aniq tushadi" deya bizning nomimizni suiste'mol qilmoqchi bo'lsa demak ochiqchasiga sizni aldab firibgarlik qilayotgan bo'ladi, Agar u shu markazning xodimi bo'lsa ham.
Agar "tanish" orqali sertifikat olish mumkin bo'lganda edi, Oriental universitetining yuzlab talabasi allaqachon at-Tanal sertifikati ega bo'lib olishi kerak edi, lekin aslida unday emas. Olganlari ham o'z kuchi, bilimi va mehnati bilan olyapti. Hatto shu universitet ustozlari va xodimlari ham o'z kuchlari bilan sertifikat oldilar, "tanishi" yoki pul evaziga emas. Shunday ekan tashqaridagi firibgarlarga aldanmang!!!
Har qanday savolni rasmiy markaz xodimlaridan so'rab bilib oling!!!

October 02, 15:08

Oriental universitetida navbatdagi At-Tanal al-Arabiy  imtihoni oktabr oyining 11 -va 25-  kunlariga rejalashtirilgan.
Tajriba (mok) imtihonini ham shu kuni topshirish mumkin
Ayrim sabablarga koʻra imtihon vaqti oʻzgarsa shu kanalda xabar beriladi.
At-Tanal imtihonida maksimal ball 150 bo'lib undan quyidagi darajalarni olish mumkin:
A2  daraja  25 baldan  - 49 balgacha.
B1  daraja  50 baldan -74 balgacha.
B2  daraja 75 dan - 99 balgacha.
C 1  daraja 100 dan 124 balgacha.
C 2  daraja 125 dan 150 balgacha
At-tanal al-Arabi imtihonida qanday topshiriqlardan imtihon bo'lishi va  qancha vaqt berilishi haqida mana bu postdan ma'lumot olasiz:
https://t.me/attanal_oriental/421

Imtihonning barcha  topshiriqlari (istima' ham) bir kunda ketma ket bo'lib o'tadi.

imtihon joyi - Toshkent, Olmazor tumani, Noraztepa ko'chasi 52-uy

Rasmiy imtihonga albatta hujjat bilan kelinadi: pasport yoki ID karta.




SAVOL: keyingi imtihonlar qachon bo'ladi

JAVOB: har bir oyda kamida 2-3 martdan (oyning boshi o'rtasi va oxirida)   imtihon o'tkaziladi. aniq sanasi imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi
❗️
❗️
❗️
Eslatib o'tamiz, At-Tanal imtihoni turli markazlarda o'tkaziladi, har bir imtihon markazi mustaqil ish yuritadi, shu sabab imtihon sanasi va  narxlar ham farq qiladi. Boshqa markazda qatnashish uchun bevosita o'sha markazlar bilan bog'lanishni iltimos qilamiz.
❗️
❗️
❗️
Eng muhimi bu linkdagi
https://t.me/attanal_oriental/273
video qo'llanamni kompyuterda diqqat bilan 2 marta shoshmay ko'rib chiqing imtihonning qaysi bo'limida. qancha vaqt beriladi va o'sha vaqt qaysi bo'limda qayerda ko'rsatilishini diqqat bilan ko'rib chiqish shart. Chunki juda ko'pchilik qatnashuvchilar vaqtga qaramay 5-6 ta hattoki undan ham ko'p savolni o'tkazib yuboryaptilar. bu esa kamida shuncha ball qo'ldan ketdi degani.
registratsiya haqida batafsil:
https://t.me/attanal_oriental/467
Lokatsiya:
https://t.me/attanal_oriental/482
manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Norzatepa 52
Imtihonga qatnashish va maslahat uchun:
@Mirsodiqov_U
yoki
@ATTANAL_ORIENTAL_BOT
botiga murojaat qiling. Imkon qadar tezroq, ish vaqtida javob berishga harakat qilamiz
https://t.me/attanal_oriental

September 27, 05:43

20 sentabr sanasidagi imtihon natijalari chqidi, natijani bilish:
https://t.me/attanal_oriental/473

September 18, 10:49

Oriental universitetida navbatdagi At-Tanal al-Arabiy  imtihoni sentabr oyining 6, 13, 20, 27-  kunlariga rejalashtirilgan. Tajriba (mok) imtihonini ham shu kuni topshirish mumkin Ayrim sabablarga koʻra imtihon vaqti oʻzgarsa shu kanalda xabar beriladi.…

September 15, 13:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#
Qiziqarli
ma'lumot
O'ylab ko'rganmisiz

Nega أُولئِك - "o'shalar", "anavilar" so'zida alifdan keyingi o'qilmaydigan "vav" yoziladi?
📝
Buning sababi ushbu so'zni إِلَيْك "senga" so'zidan farqlash bo'lgan. Ma'lumki, dastlab arab harflarining hatto nuqtalari ham bo'lmagan : الىك so'zini إِلَيْك "senga" deb ham o'qish mumkin bo'lgan.
ذهب الىك العمال
"Anavi ishchilar ketdi" jumlasini "Ishchilar sening oldingga ketdi" deb ham tushunish mumkin, mana shu kabi chalkashlikning oldini olish uchun "anavi" so'ziga alifdan keyin o'qilmaydigan "vav" qo'yish joriy etilgan. Yana bir qancha so'zlarda ham shu kabi o'qilmaydigan "vav" harfi qo'yib yoziladi.
أولو ، أولات kabi
yana bir qiziqarli ma'lumot:
https://t.me/attanal_oriental/439

Ha aytgancha
أُولئِك
so'zining qanday yozilishini eslab qoling, xuddi shu kabi so'zlarning imlosi bo'yicha imtihonda savollar tez-tez uchrab turadi.

September 13, 10:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

At-Tanal imtihonida sodir bo'lgan ba'zi o'zgarishlar haqida.
Assalomu alaykum azizlar !
At-Tanal imtihonida sodir bo'lgan o'zgarishlar haqida
savollar kelib tushdi, bu o'zgarishlar tahminan bir necha oy oldin joriy bo'lgan edi. Lekin texnik kamchiliklar sodir bo'lgani uchun yana oldingi shaklga qaytarilgan edi. Hozirda ham ba'zi texnik kamchiliklar kuzatilayotgani sabab rasman e'lon bermay turgan edik. Lekin bu haqda savollar kelib tushgani uchun mavzuga biroz to'xtalib o'tamiz.
Demak, o'zgarishlar quyidagicha:

1) Barcha bo'limlarda savollar ba'zasiga yangi savollar qo'shilgan. Lekin buni jiddiy yangilik deb bo'lmaydi, chunki har qanday imtihon bazasi vaqt o'tgan sari yangilanib boradi, bu tabiiy holat. Shuning
uchun ortiqcha xavotirga umuman o'rin yo'q.

2) Qiroa (o'qib tushunish) qismida 3
ta matnning har biriga 6 tadan savol jami 18 ta savol berilyapti, oldin 24 ta edi. Murakkab matnlarda berilgan vaqt ham savollar darajasidan kelib chiqib mos ravishda biroz uzaytirilgan,

3)
Kitaba qismida.
oldingidek 2 ta emas balki 3 ta insho yoziladi, insholar sodda, o'rta va yuqori darajaga ajratilgan. (e'tibor bering at-Tanalda xat yozilmaydi faqat insho yoziladi).
Birinchi insho: 10 daqiqa ichida 50 ta so'z atrofida
Ikkinchi insho: 20 daqiqa ichida 100 ta so'z atrofida
Uchinchi insho: 30 daqiqa ichida 150 ta so'z atrofida.

4) Istima' (eshitib tushunish) qismida har bir boʻlimda 6 tadan jami 18 ta savol berilyapti, oldin 15 ta edi
❗️
❗️
❗️
Ba'zi fikrlar va mulohazalar:
1-Mulohaza:
"inshoda endi reja berilmaydimi?"
degan savollar keldi, bu bo'yicha quyidagilarni aytish mumkin: sodda hamda insonning o'ziga bog'liq mavzularda reja berilmagan. masalan
"Falon joyga sayohating haqida yoz"
yoki
"Sening yurtingda mana bu odat/marosim/bayram qanday o'tkaziladi"
bunday mavzularda reja bo'lmasa ham inson o'zidan kelib chiqib yozaveradi.
Lekin ko'plab murakkab mavzularda
yordamchi fikrlar berilgan,
lekin ular avvalgidek raqamlab alohida qatorlarda reja sifatida berilmay balki o'sha mavzu nomidan keyin ketma ket berilgan, masalan:
"Mana bu mavzu /muammo haqida yoz, uning qanday turlari bor, seni yurtingda ko'p uchraydigan shakli haqida ma'lumot ber, nega insonlar uni amalga oshiradi, muammoning oldini olish uchun nima qilish kerak
,
bu odat yoki muammoning yoshlarga zararlari
"
Demak murakkabroq mavzudagi insholarda
yordamchi fikrlar va iboralar
berilyapti.
❗️
❗️
❗️
2-Mulohaza.
Imtihonning insho qismi shartlarida
" ...so'zlarni mana buncha miqdordan ko'paytirmasdan yoz" (اكتب بما لا يزيد على) deyilgan.
Lekin aslida bemalol bu miqdordan oshirib yozish mumkin, bu ma'lumot shaxsan at-Tanal rahbariyatidan so'rab aniqlashtirilib taqdim qilingan. So'zlar miqdori ko'payib ketsa hech qanday muammo bo'lmaydi. Agar kimdadir shunday holat bo'lib bali tushgan bo'lsa u xatolar sabab pasaygan, so'zlar ko'pligi uchun emas.
Ba'zi talabalarda
"inshoda so'zlar sonini belgilangan miqdordan ko'paytirib yuborsa bali tushib ketadi"
degan noto'g'ri tushuncha bor, aslida aksincha, agar haqiqatdan ham insho to'gri va talablar asosida yozilgan bo'lsa, mavzudan chetlashib ketmagan bo'lsa, u holda ball ko'tariladi bu savolga oldin javob berilgan:
https://t.me/attanal_oriental/450

September 03, 15:19

Oriental universitetida navbatdagi At-Tanal al-Arabiy  imtihoni sentabr oyining 6, 13, 20, 27-  kunlariga rejalashtirilgan. Tajriba (mok) imtihonini ham shu kuni topshirish mumkin Ayrim sabablarga koʻra imtihon vaqti oʻzgarsa shu kanalda xabar beriladi.…