
Aziz Rahimov Twitter
Maktabimiz o'quvchilari yiliga minglab kitob o'qishadi.
Yangi maktabimizning kutubxonasini ham kitob bilan to'ldirishimiz kerak.
Kim yordam bera oladi?
Nashriyot/Do'konlar bormi?
Sovg'a/Hamkorlik/Bo'lib to'lash - istalgan yordamga xursand bo'lamiz.
https://x.com/AzizYRahimov
O'zimizning ayblarimizga chidayapmiz. Balki sezmayapmiz ham. Balki, uning ayblariga ham shuni qo'llarmiz?
Yomon er bo‘lib, yaxshi ota bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xodim bo‘lib, yaxshi rahbar bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon shogird bo‘lib, yaxshi ustoz bo‘lishning iloji yo‘q.
Maktabimizda yana bir o’quv yili tugadi.
Natijalarimiz bilan bo’lishamiz.
Qavs ichida o’tgan yilgisini yozamiz.
O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 2355+ ta kitob o’qib tugatishdi. (800)
55% o’quvchimizni kitobxon qildik. (30%)
92% o’qituvchilarimiz maktabimizda ishlarini davom ettirishyapti. (91%)
91% ota-onamiz bizni tavsiya qilishni boshlashdi. (81%)
Bitiruvchilarimiz hammalari natija qilishdi. (rasmda). O’tgan yilgi natijalardan ikki barobar oshira oldik.
Jamoamizga, bizga ishonga ota-onalarga rahmat.
Lokomotiv filialimizda ko’p sinflar deyarli to’lib bo’ldi.
Toshkent shahrida, Ibn Sino mavzesida ham filial ochyapmiz. (
https://t.me/rs_ibnsino
)
9-10-11 sinflarga grant ham e’lon qilyapmiz. Bir haftadan keyin imtihon. (
https://t.me/rahimovschool/909
)
Muhit qidirganlarni chorlab qolamiz!
Yordam berishni istaganlar, shu xabarni tarqatishlari kifoya qiladi.
Rahmat.
Mehnat qilmay pul topmoqchi bo'lgan, na mehnat qilishni o'rganadi, na pul topishni.
Ilm umr tejab beradi.
Amal qilish asab tejab beradi.
Uyimizda bo’layotgan voqealarning hammasini bilmay turib, qo‘shnining ishlariga qiziqsak.
Yana u yerdan kelayotgan xabarlarning yarmi yolg‘on bo’lsa.
Rostlari ham, hayotimizni yaxshilamasa.
Bu ishni qilish qanchalik to‘g‘ri?
Dunyo yangiliklari bilan ham shunday.
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Bu eski yondashuv. Yangi yondashuv:
Mehnat, mehnatning tagi rohat olib keladigan mehnat.
Qilishga sababi borlar, qilmaslikka bahonasi borlardan o‘tib ketadi.
Xohlab qilmagandan, xohlamay qilgan yaxshi.