Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Baxtiyor.uz

baxtiyoruz

Baxtiyor.uz
saytining telegram kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali eng dolzarb talim yangiliklaridan boxabar bo'lib borasiz.
Murojaat uchun:
@baxtiyoruzadminbot

Subscribers
3 010
Post views
29 390
ER
887,92%
Posts
1 210
August 21, 05:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Mustaqillik bayrami arafasida: Vatan, bayroq, gerb va tarixga oid
100 ta mantiqiy savol-javob
to‘plami tayyor. Maktab tadbirlari, viktorinalar va sinf soatlari uchun juda mos.
Namuna savollar:
Bolalar uchun savol: Qaysi qush O‘zbekiston gerbida qanot yozgan?
Qaysi so‘zlar birikmasi mustaqillik g‘oyasini ifodalaydi?
Qaysi “uy” tomsiz, devorsiz, ammo hammani birlashtiradi?
Bayroqdagi qizil chiziqlar nimani bildiradi?
O‘zbekistonning ramziy guli deyilganda ko‘pincha nimalar tilga olinadi?
To‘plamni ko‘ring va dars/tadbir ssenariysiga qo‘shing:
https://baxtiyor.uz/vatan-haqida-mantiqiy-savollar-toplami/
Boshqalar hozir ushbu sahifalarni o‘qimoqda:
300 ta mantiqiy savollar javobi bilan. Qiziqarli hazil savollar:
https://baxtiyor.uz/mantiqiy-savollar-javobi-bilan/
O‘quvchilar aqlini charxlaydigan qiziqarli va mantiqiy savollar to‘plami (javobi bilan) (:
https://baxtiyor.uz/o-quvchilar-aqlini-charxlaydigan-qiziqarli-va-mantiqiy-savollar-to-plami-javobi-bilan/

August 15, 02:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Mustaqillik bayrami 2025: shiorlar to‘plami
2025-yilgi tadbirlar “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” ruhida. Eng yodda qoladigan, turli sahna va auditoriyalar uchun mos
mustaqillik shior
variantlarini bir joyga jamladik.
Shiorlarni ushbu yo‘nalishlar uchun tayyorladik:
🎓
Ta’lim/ilm-fan:
🚀
Yoshlar/IT va startaplar:
🏭
Mehnat va bunyodkorlik:
🤝
Hamjihatlik va ijtimoiy g‘amxo‘rlik:
⚡️
Qisqa, dinamik formatlar (LED/TV/stiker):
🔗
Batafsil shiorlar to‘plamini ko‘rish va to‘liq o‘qish uchun saytimizning quyidagi sahifasiga o‘ting:
https://baxtiyor.uz/mustaqillik-bayrami-2025-uchun-shiorlar-toplami/

July 20, 16:16

📘
Tafakkur olami
📘
Aziz kitobxonlar!
Mantiqiy savollarni sevuvchilar va tafakkur olamiga sho'ng'ishni istovchilar uchun ajoyib yangilik!
🧠

Sizlar uchun "Tafakkur olami" deb nomlangan kitobimizni taqdim etmoqdamiz. Ushbu kitobda sizni befarq qoldirmaydigan va zeriktirmaydigan 1000 ta qiziqarli mantiqiy savollar jamlangan. Ularning 100 tasining javoblari ham kitobda keltirilgan.
📚
Nega bu kitobni o'qishingiz kerak?
-
💡
Aqlingizni charxlaydi va fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.
-
🤔
Har bir savol yangi bir sirli olamni kashf etishga yordam beradi.
-
🔍
Mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingizni rivojlantiradi.
Agar kitobning to'liq shakli sizni qiziqtirib qolsa, uni atigi 50 ming so'm evaziga to'liq sotib olishingiz mumkin. Ishonchimiz komilki, oladigan foydangiz bundan ancha katta bo'ladi!
📈
Fikr-mulohazalaringizni
@baxtiyoruzadminbot
boti orqali kutib qolamiz.
---
Kitobni o'qing va tafakkur olamiga sho'ng'ing!
🌟

February 01, 12:19

Hozirda o‘qituvchilar qanday ustamalar olmoqda?
⚡️
Hozirda o‘qituvchilar quyidagi ustamalarni olmoqda:
Prezident qarori bo‘yicha
👇
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4940-son qaroriga muvofiq:
bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 4306-son qaroriga muvofiq:
xalqaro olimpiadalar g’oliblarini tayyorlagan o’qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o’quv yili uchun direktor jamg’armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo’yicha tegishincha 150, 175, 200 foiz;
Ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan:
xalqaro olimpiadalar g’oliblari lavozim maoshiga 150 foiz;
asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g’oliblari lavozim maoshiga 100 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’ektlarida band bo’lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ – 1315-son qaroriga muvofiq:
qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o’qituvchisi hamda sport ustozi bo’lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi PF – 134-son qaroriga muvofiq:
a) umumta’lim fanlari bo’yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama quyidagi tartibda to’lanadi:
xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.
Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;
mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo’yicha sertifikatlar bundan mustasno);
B) mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo’yicha olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama:
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to’lanadi;
v) har oylik qo’shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko’p bo’lmagan vaqt mobaynida to’lanadi;
g) umumta’lim fanlari bo’yicha bir nechta sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo’yicha to’lanadi.
Bunda har yili 1-avgustga qadar xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro’yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasi tasdiqlanadi.
Uzedu.uz
saytidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi
Mavzuga doir:
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati
Har oylik ustama uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
@baxtiyoruz

February 01, 06:09

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?
Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Shuningdek, bunda o‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra haftasiga 36 soat (yuqori sinf o‘qituvchisi bir kunda 6 soat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
🔹
1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:
18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat;
🔹
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni: 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat.
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun bo‘yi maktabda bo‘lishi kerakligini haqida talab qo‘ya olmaydi.

O‘qituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meyoridan kelib chiqib belgilanadi.
Misol uchun 10 soat dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qo‘shgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.
Mavzuga doir:
O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?
O’qituvchi uchun to’garak o’tish majburiymi?
Pedagog xodimlar dars tahlil qilishi kerakmi?
@baxtiyoruz

February 01, 03:47

Ona tili Milliy sertifikat imtihoniga kirgan ustozning fikrlari
Imtihon savollarini o‘qirkanman , noto‘g‘ri ish qilganimni tushundim.Bu testlarni ustozimiz Omonullo Madayev aytganlaridek bolasi yo‘q(befarzand)  odam tuzgani aniq edi.Qo‘liga qalam berib ,»Test tuzing» desa,yeng shimarib butun «ilm»-u «tajribalari»dan foydalanib, o‘qituvchi-yu abituriyentni «ko‘karmasligini» niyat qilib, «ilohi yecholmagin» deb dam solib,»,yechsang,rozimasman» deb qarg‘ab(astag‘firulloh) tuzganmi,deb o‘ylab qoldim.
Savollar kitobi-yu javoblar varaqalarini yirtib,mayda-mayda qilib axlat paqirga tashlab chiqib ketmoqchi bo‘ldim-u,bunday qilolmadim.Qilolmayman ham-da.Men ingliz tili yoki rus tili kabi tuzukroq fan o‘qituvchisi ekanmanmi,bunday qilib.Biz qatori o‘qib,ishlab yurgan do‘stlarimiz ozgina tayyorgarlik bilan Ielts yoki S1 sertifikat olib 50 foizli ustama bilan ishlab,ba’zida «chet»ga ketsammikan,axir imtiyozim bor ,deyishadi.
Aytishlaricha,informatika o‘qituvchisi (o‘tirgan joyida) imtihon topshirib,ustama olayotgan ekan.Shunday paytda «Nima,ona tili yerdan chiqqanmi,-deging keladi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida shuni aytamanki,maktabda biror tadbir sizsiz o‘tmaydi.Ora kunda insho,ora kunda bayon.Birov yo‘talsa «grippga qarshi»,birov sariq bo‘lsa «sariqqa qarshi»,giyohvanlig-u yong‘inga qarshi…Birovning tug‘i lgani-yu birovning o‘lgani sizga tegishli…
Ona tili o‘qituvchisi- qaymoq o‘qituvchi,
Yuguraverib oyog‘i — maymoq o‘qituvchi.
Men ahmoq shu paytgacha millat bolalarini aldaganimga afsuslanib ketyapman.Nima emish,yaxshi o‘qib,yaxshi mutahassis bo‘lib,ta’lim,tibbiyot,bank va boshqa sohalarda(o‘z yurtimizda) faoliyati yuritadigan kadrlar bo‘lishga intiling,yurtimiz iqtisodiyotini baquvvat qiladigan,uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shadiganlar,albatta,siz bo‘lasiz.( tavba)
Bizda «imkon ber, yuksalsin» degan gap yo‘q.
Qo‘limga mikrofon berib,mana shu bolalarining(ko‘proq qizlarining) ortidan kelib turgan ota-onalarga «nima deysiz» desangiz «Aziz ota -onalar, farzandlaringizga rus tili,ingliz tili,axborot texnologiyalari kabi muhim fanlarni o‘qiting,ilojini topsangiz eng rivojlangan mamlakatlarda o‘qitib,ishlating»- degan bo‘lardim.
Bechora qizlar.( sertifikatni qo‘lga kiritsam,keyin boshqa fanlardan bemalol tayyorgarlik ko‘raman, deb o‘ylashganda).Qizlarim, bu hali boshlanishi,hali kech emas.Siz o‘zingizni o‘zgartiring,siz fikringizni o‘zgartiring…
Bu nolish emas(nolishdan Alloh asrasin).Bir aytdim — qo‘ydim-da…
Siddiqali To‘xtasinov
Mavzuga doir:
Milliy sertifikat Ona tili namunaviy savollar javobi bilan
Barcha fanlardan milliy sertifikat namunaviy test savollari javobi bilan
Ona tili haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar
@baxtiyoruz

January 30, 05:55

O‘qituvchilar oyligi qachon oshadi?
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, 2017 yil sentyabr oyida mutaxassis toifali o‘qituvchi 1 stavka ish uchun o‘rtacha 900 ming so‘m oylik olar edi. U pulning o‘sha vaqtdagi harid qobiliyatini chamalaydigan bo‘lsak 33-34 kilogramm mol go‘shti (27 mingdan) sotib olish mumkin bo‘lgan.
2023 yilga kelib mutaxassis toifali o‘qituvchi 2 mln 575 ming so‘m oylik oladi. Hozirgi kunda mol go‘shtini o‘rtacha 75-80 ming so‘m deb olsak, 32 kilogramm go‘sht berar ekan. Agar boshqa mahsulotlar narxlari bilan taqqoslasak ham shunga yaqin natija kelib chiqadi. To‘g‘ri oyliklar ancha oshirildi, daromad solig‘i bir muncha tushirildi. Ko‘proq dars soati, oliy toifa, direktor fondi va boshqa qo‘shimcha ustamalar, chekka hududlar, sinf rahbarliklar qo‘shib hisoblanganda bundan ancha ko‘p oylik olish ustozlarning o‘zini qo‘lida. Lekin har kimda ham chekka hududda ishlash imkoniyati yo‘q, direktor fondi ustamasi ham har yerda har xil o‘lchov bilan beriladi. Sinf rahbarlik ham hammaga berilavermaydi.
Umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, o‘qituvchilar oyligi oshirilyapti lekin inflyatsiyadan o‘tib keta olmayapti. Shuning uchun inflyatsiyaga nisbatan ko‘proq oshirilishi kerak va hech qanday shartlar, imtihonlar, tanlovlarni nazarda tutmasdan oshirish kerak. Ozod Sharofutdinov aytganidek, mehnatga yarasha haq to‘lanmasa, haqqa yarasha mehnat qilinadi.
©
O’qituvchi kanali
Mavzuga doir:
Bugungi kunda o’qituvchilar oyligi qancha? 2023-yil
o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?
Dunyoda o‘qituvchilar oyligi qancha?
@baxtiyoruz

January 30, 03:01

Maktabga kelmagan o‘quvchiga
Kundalik.com
’ga belgi qo‘yilmagani uchun chora ko‘riladimi?
Maktabga kelmagan o‘quvchiga
Kundalik.com
’ga belgi qo‘yilmagani uchun direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladimi?
Savol: Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman. Yaqinda maktabimizga IIB xodimlari kelib davomatni o‘rgangandi. Shunda sinf rahbari tomonidan ayrim o‘quvchilarning darsga kelmaganligi yuzasidan
Kundalik.com
platformasiga hech qanday belgilar qo‘yilmaganligi aniqlandi. Shu sababli menga va «zamdirektor»ga intizomiy jazo chorasi qo‘llashmoqchi. Men «zavuchman» bu vaziyatda faqat «zamdirektorni» o‘ziga chora ko‘rilmaydimi desam, yo‘q ikkingizga ham chora ko‘ramiz deyishdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 6 sentyabrdagi «Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 284-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra sinf rahbarlari elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirishi lozim.
Sinf rahbarlari elektron jurnalni o‘z vaqtida yuritishi deganda — bu o‘quvchining darsga kelmagan kunida ham uning bor yoki yo‘qligi, unga baho qo‘yilishi kabi holatlarni, o‘quvchining shaxsiy faylidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgandan so‘ng zudlik bilan yangilab borish, ota-onalarga maktab va sinfdagi voqealar hamda o‘qish jarayoni to‘g‘risida xabarlarni berib borishi tushuniladi.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyundagi «Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash to‘g‘risida»gi 205-son buyrug‘ida barcha o‘rinbosarlarning
Kundalik.com
’dagi vazifalari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari fan o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o‘quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik ma’lumot to‘plab, maktab direktoriga taqdim etadi.
Sinf rahbarlar ish faoliyatini ham asosan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari muvofiqlashtiradi. Bu ularning lavozim majburiyatlarida ham aks etgan.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari asosan fan o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan dars mavzulari va o‘quvchilarga qo‘yilgan baholarni
Kundalik.com
platformasiga o‘z vaqtida qo‘yib borilishini nazorat qiladi. Bu haqda XTVning 205-son buyrug‘ida qayd etilgan.
Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 206-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlarining lavozim majburiyatlari»da ham o‘quvchilar davomatini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilganligi aytilgan.
Xulosa shuki, maktabga kelmagan o‘quvchiga
Kundalik.com
’ga belgi qo‘yilmagani uchun direktor o‘rinbosariga ham sinf rahbariga ham intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha taqdimnoma kiritilsa, xodimlarga jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Bu vaziyatda faqat ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda sinf rahbariga jazo chorasi qo‘llaniladi. Shuning uchun bunday masalalarda o‘ta xushyor bo‘lish talab etiladi.
©
Ulug‘bek Po‘latov
Mavzuga doir:
O‘quvchilar davomati yaxshilanmasa kim javobgarlikka tortiladi?
O‘quvchilar davomatini yaxshilash, eng yaxshi chora va yechim
Kundalik.com platformasida jarima mexanizmi qo’llasa bo’ladi, ammo
@baxtiyoruz

January 30, 01:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu tong qalbim azob chekib,
Og‘rinibman,Otajon!
Kulib turgan  chehrangizni,
Sog‘inibman,  Otajon!
Na bir taskin, na – da dalda,
So‘zsiz qolgan mamlakat.
Balki menday yig‘layotir,
Sizsiz qolgan mamlakat.
Bugun 30-yanvar Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun.
Birinchi Prezidentimiz hozir hayot bo‘lganlarida hozir 85 yoshni qarshi olgan bo‘lar edilar.
Islom Karimovga bag‘ishlangan sara she’rlarni
mana bu
sahifada o‘qishingiz mumkin.
@baxtiyoruz

January 24, 04:31

Maktablarni isitolmaganimiz uchun onlayn ta’limga o‘tish aslida sharmandalik
Agar maktablarimizni anomal sovuq tugagandan keyin ham ocholmayotganimizni Finlyandiyaliklar eshitsa bormi… Avval maktablaringiz infrtuzilmasini o‘nglab, bizni tizimni 10-15 yildan keyin joriy qilinglar deyishsa kerak.
Eng oddiy istish tizimini yo‘lga qo‘yolmaganmiz shu vaqtga qadar. Maktablarning issiqlik radiatorlariga moy quyib berolmaydigan, arzimagan mablag‘ sarf qilinadigan harajatlarni ham direktor va o‘qituvchilardan undiradigan darajada abgor ahvoldamiz.
Katta muammo yasamasdan tuzatsa bo‘ladigan ishlarni ham qilmaymiz. Maktablarga gaz bermaymiz, ammo chet elga sotamiz. Shuning uchun Finlyandiya maktablaridagi sharoitlarni hozircha orzu qilmay turishimiz kerak.
To‘g‘ri bizning ta’limni har tomonida muammosi bor. O‘qituvchilarda ham, o‘quvchilarda ham ota-onalarda ham.
Zo‘r maktab qurib bersangiz ham farzandini ta’limi bilan qiziqmaydiganlar bor albatta. Lekin, bu maktab sharoitini yaxshilamaslik kerak degani emasda.
Finlyandiya maktablaridagi sharoitlarni ko‘rib, ertakmi bu deb yuboradi odam. Agar vakolatim bo‘lganda edi barcha loyihalarni to‘xtatib bo‘lsa-da, faqat maktab sharoitini yaxshilashga sarflardim pullarni.
O‘zimiz baland-baland sitiylarni qurib unda yashasa-gu, farzandimiz maktab sharoiti og‘irligi sabab onlayn o‘qib tursa, undan ko‘ra kulbada yashaganimiz avzalroq.
Xalq ta’limi Info
Mavzuga doir:
Maktab xonalarida havo harorati qanday bo‘lishi kerak?
Maktabda onlayn ta’lim o’zini oqlaydimi – Vazir munosabati
Finlandiya raqamli ta’lim qanday yo’lga qo’yilgan?
Bizning kanal
👇
https://t.me/baxtiyoruz