
❀꯭🌸꯭🕊️BAXT YAGONA❤️🍃🌸
بسم الله الرحمن الرحيم...
🍃
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman...
🌸
Kanal tanlay olish ham insondan did talab qiladi. Men sizdek yuqori did egalari bilan faxrlanaman!
#Alhamdulillah
Kim chiroyli do‘mboq chiroyli, kim ko‘hlik do‘mboq ko‘hlik.
☺️
☺️
Lablari misli g‘uncha,
Qomati mana buncha,
Qiynamasa-da buncha,
Do‘mboqqinam yey.
O‘xshataman baliqqa,
Havas qilmam oriqqa,
Nima yetsin sog‘liqqa,
Do‘ndiqqinam yey.
Oramizda farq ancha,
Ko‘ksim quyadi sancha,
Sevmay ilojim qancha,
Semizginam yey.
Vaslingga zo‘r ishtaham,
Seni deyman tushda ham,
Qor bermaysan qishda ham,
Do‘ndiqqinam yey.
Maqsad ilintirishmas,
So‘ngra, yalintirishmas,
Ovqat yema bo‘ldi bas,
Do‘mboqqinam yey.
Yaqin borsam cho‘g‘daysan,
Quchog‘imni qumsaysan,
O‘zi kimga o‘xshaysan,
Semizginam yey.
Sensiz quvonchim yo‘qda,
Yurak sanchar do‘q-do‘qda.
Sevmay ilojim yo‘qda,
Do‘ndiqqinam yey.
Ne istasang so‘ra, man
O‘zim olib бераман.
Seni yaxshi ko‘raman,
Tengsizginam yey.
🛸
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |
@Baxtliman_sevganm