
Boykot isroil
"Бас, тоқатингиз етганича Аллоҳга тақво қилинг!" (Тағобун сураси, 16-оят)
Ғазода очликдан қоғоз еётган болакай...
Ҳали ҳам бойкот қилишда сусткашмисиз?
@boykotisroil
Унутилаётган суннат амал:
📌
Хайит намозига қадар кўп кўп
такбир
(Аллоҳу Акбар) айтиш керак:
*Аллоҳу акбар, Аллоҳу акбар, лаа илааҳа иллаллоҳ, Аллоҳу акбар, Аллоҳу акбар ва лиллаҳил ҳамд.*
Бақара сураси, 185-оят:
Рамазон ойидирки, бу ойда одамлар учун ҳидоят бўлиб ва ҳидоят ва фурқон (ҳақ билан ботилни ажратгувчи)нинг очиқ оятлари бўлиб Қуръон нозил қилинган. Бас, сизлардан ким бу ойда ҳозир бўлса, рўза тутсин. Ва ким хаста ёки мусофир бўлса, у ҳолда (рўза тутолмаган кунларининг) саноғини бошқа кунларда (тузалгач ёки сафардан қайтгач) тутади. Аллоҳ сизларга енгилликни истайди, сизларга оғир бўлишини истамайди. Бу саноқни тўлдиришингиз ва ҳидоят қилгани сабабли Аллоҳни
улуғлашингиз
❗️
учундир. Шояд шукр қилсангиз.
📌
ЭСЛАТМА
Фитр садақасини
Ҳайит намози бошлангунига қадар
бериш керак.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар:
"Ким фитр садақасини (ҳайит) намоздан олдин адо килса, у мақбул закотдир. Ким уни намоздан кейин адо қилса, у ҳолда бир садақа ўрнида бўлур".
📄
Фитр садақаси жорий қилинишининг
ҳикматлари
:
⬇️
Рўзада билиб-билмай ва беҳуда айтилган сўзлар ҳамда ножўя қилинган ишлардан покланиш.
⬇️
Мискин ва бечоралар ҳайит куни тиланчилик қилиб юрмасдан, бошқалар қатори байрамни кўтаринки руҳда ўтказишлари учун уларга озиқ-овқат улашиш.
⬇️
Белгиланган вақтда шариат тайин қилган инсонларга бериш орқали буюк ажр-савобга эришиш.
⬇️
Аллоҳ таоло инсонга яна бир йил умр ато этганига шукрона тарзида бериладиган бадан закотидир. Шунинг учун ёш бола ва ақлдан озган кишилар рўза тутмасаларда, улар номидан фитр закоти берилиши вожиб.
⬇️
Ҳаж қилган инсон Аллоҳ таоло уни ҳаждек буюк неъматга муваффақ қилгани учун қурбонлик қилгани каби, рўзадор ҳам Аллоҳ таоло унга рўзадек буюк ибодатни бажаришга тавфиқ бергани учун фитр садақаси бериши вожиб қилинди.
Ибн Аббос родияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:
"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам рўзадорлар беҳуда ва фахш сўзлардан покланиши ва мискинларга озиқ-овқат бўлиши учун уларга фитр закотини фарз қилдилар".
Аллоҳ таоло қабул қилсин!
29-kun ommaviy
#ramazon_chellenj
Ramazon oyini:
- Allohdan mag'firat so'rab;
- fitr sadaqasi berib;
- shukr qilib;
- asr vaqti o'tirib, amallar qabuli va keyingi Ramazonga yetkazishi hamda boshqa oylarda ham toat-ibodatda sobitqadamlik so'rab,
chiroyli kuzatib qo'ying.
©
ULUL ALBAB yozdi
Bugun Allohdan bularni so'raymiz:
Tasbih, Alloh maqtovi, Rasululloh sollallohu alayhi wasallamga salovat, tavba va istig'for bilan boshlanadi:
- Rahmat, mag'firat, afv
- Amallar qabuli
- Hidoyat
- Nusrat
- Hifz-himoya
- Ofiyat
- Qalb, ruh va tana salimligi
- Iymon va ixlos
- Istiqomat
- Shukr, qanoat, barokat
- Ahli bayt va sahobalarni duo
- Ulamolar, solihlar va o'tganlarni duo
- Ota-ona, oilani duo
- Sakiynat beruvchi juft
- Zurriyotlardan ko'z quvonchi bo'ladiganlar
- Birodarlarni duo
- Solih do'st
- Do'zax va qabr azobi, hayot-mamot va Dajjol fitnasidan panoh
- Yuzlar qorayadigan kunda yuzimizni yorug' qilishi
- Nabiylar, siddiqlar va shahidlar qatorida tirilish
- Sirotdan yengil o'tish
- Jahannamdan panoh
- Firdavs Jannati
- Rasululloh sollallohu alayhi wa sallam shafoatlari va u kishi bilan birga bo'lish
- Allohning vajhi
- Xos bandalaridan - Qur'on ahlidan qilishi
- Foydali ilm
- Halol rizq
- Ikki dunyo saodati
- Namozda qoimlik, yaxshilikda bardavomlik
- Chiroyli xotima (o'lim)
- Zolimga insof, mazlumga najot
- Johilga hidoyat
- Ummat ahvolini yaxshilash, mazlum musulmonlarga nusrat
- Dinga xizmat qilish
-
va boshqa duolaringiz
@weareululalbab
Uxroviy:
Allohning mag‘firati, kechirimi;
Allohning roziligi;
Do‘zaxdan panoh;
Jannatning yuqori darajalari;
Ixlos;
Amallar qabuli;
Dinda sobitqadamlik;
Dunyo va oxir zamon fitnalaridan panoh...
Dunyoda dinida barqarorlik uchun:
O'zi va ahli uchun hidoyat;
Qur'on ahlidan bo'lish;
Qur'onni tushunish va unga amal qilish;
Ilm, faqihlik va hikmat;
Salim va rozi qalb;
Go'zal xulq va sunnatga mutoba'a;
Solih muhit va do'stlar;
Sog‘liq va quvvat;
Halol va barakali rizq;
Solih juft va zurriyot;
Foydali ilm va foydasiga hujjat bo'ladigan amallar...
Qiyinchiliklardan ofiyat, ruhiy sakinat;
Kuchli musulmonlardan qilishi...
Xulosa:
- Oxirat najoti va unga oid duolarni birinchi qo'ying.
- Dunyoviy narsalarni oxirat manfaatiga bog'lab so'rang.
- O'zingizda, atrofingizda nimadan sustkashlik bilan qiynalayotgan bo'lsangiz, so'rang. Katta foydali burilishlarga sabab bo'lishi mumkin.
- Yana
bulardan
fikr olib, tartiblashingiz mumkin.
Alloh qabul qilsin.
©
ULUL ALBAB yozdi
So'nggi 10 kun/tun uchun 10 maslahat
1️⃣
Kunduzi gunohlardan yiroq bo'lish. Ular tufayli Allohning rahmati va Laylatul Qadrni kutishdan to'silib qolish mumkin.
2️⃣
Tunda ko'p gapdan qochish. Odamlarga ko'p aralashmaslik - behuda (lag'v) gaplarga aralashib qolish mumkin. Tun shomdan keyin boshlanadi!
3️⃣
(Erkaklar) xufton va bomdodni masjidda jamoat bilan o'qish. Buning uchun kechasi ibodat qilib chiqqandek savob olish mumkin.
4️⃣
Imomning ortida to'liq qiyom namoz o'qish.
5️⃣
Kechasi odatdagidan ko'proq Qur'on o'qish. Qur'on Laylatul Qadr kechasi nozil bo'ldi va uning birinchi so'zi "O'qi!" edi.
6️⃣
Shu duo
ni ko'paytirish. Chunki uni Rasululloh sollallohu alayhi wasallam maxsus shu kecha uchun o'rgatganlar.
7️⃣
Harakatda bo'lganda ham zikr/duo bilan mashg'ul bo'lish. Mashina haydarkan, uy ishi bilan band bo'larkan, tilda duo. Har soniyani muhim bilish.
8️⃣
Sajda va namozni ko'paytirish. Bu tun iymon va savob umidida qoyim bo'lganning oldingi gunohlari kechiriladi. Qadr surasidan oldin keladigan oyat "(Allohga) Sajda qilib, (Unga) yaqin bo'ling!" [96:19].
9⃣
Sadaqa. Muborak kechalarda mag'firat, ziyoda va umr uzayishiga sabab bo'lishi mumkin.
🔟
Har tun so'nggini istig'forga ayirish. Alloh taolo "Sahar chog'larida Allohdan mag'firat so'raydiganlar"ni maqtaydi [3:17; 51:17]. Oddiy kunlarda ham maqtalgan amal, endi Muborak Kechadagi ibodatlarning kamchiligini ham yopib ketishi mumkin.
©
ULUL ALBAB
jamlagan