Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Digital Generation Uzbekistan

digitalgeneration_uz

O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!
🇺🇿
Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!

Facebook.com/digitalgeneration.uz

Instagram.com/DGUzbekistan

Telegram.me/digitalgeneration_uz

Subscribers
6 920
Post views
2 540
ER
38,03%
Posts
3 196
October 14, 10:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" tanlovining bu safargi mavsumi qay tartibda bo‘lib o‘tadi?

Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), viloyat va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi. 1-bosqich kuzgi ta'til davrida, joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bosqichda eng yuqori ball to'plagan qatnashchilar viloyat bosqichida o'zaro kuch sinashishadi. 2-bosqichda ham g'olib bo‘lgan qizlar esa Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylanishadi.

Mazkur tanlovda qatnashish uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘
o
liblar alohida aniqlanadi.

Tanlovda jamoa tuzmasdan, yakka o‘zi qatnashish imkoniyati ham mavjudmi?

Ha, tanlov Nizomiga ko'ra jarayonlarda jamoa bo'lib yoki individual ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Tanlov g‘oliblari qanday taqdirlanadi?
✈️
"Raqamli avlod qizlari"ning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta'lim sayohati yo‘llanmasini qo'lga kiritishadi. Shuningdek, eng yaxshi 10 ta loyiha amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi.
______________
🔴
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz
platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 13, 07:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram





#Digital_Generation_Girls
📣
"
Raqamli avlod qizlari"
tanlovining kuzgi mavsumi BOSHLANISH ARAFASIDA!

Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

Yashil iqtisodiyot;

Sun‘iy intellekt;

Iqlim o‘zgarishi;

Ta‘lim.
🗓
Jarayonlar maktab o‘quvchilarning
kuzgi ta’til kunlarida
o‘tkaziladi.
✈️
Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta‘lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.
👉
Tanlovda qatnashish uchun
qizlar.raqamliavlod.uz
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
#Raqamli_avlod_qizlari
#Kuzgi_mavsum
Digital Generation Uzbekistan
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 08, 10:44
Media unavailable
3
Show in Telegram

“Digital Generation Uzbekistan” NNT direktori Azamat Djalalov Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Xalq ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot butun
Raqamli Avlod
jamoasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga raqamli ko‘nikmalarni singdirish, qizlarni IT sohasiga kengroq jalb etish, maktab bitiruvchilari uchun zamonaviy IT yo‘nalishlarida boshlang‘ich kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va shu yo‘l bilan mamlakatimizning rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi hisoblanadi.
—————-
“Digital Generation Uzbekistan” NNM direktorı Azamat Djalalov "«Qaraqalpaqstan Respublikası Xalıq Bilimlendiriw Aǵlásı»” kúkrak nishanı menen taqdirlandı.
Bul maqawfat — bútin
Raqamli Avlod
jamoasınıń Úzbekstan Respublikası Prezidentiniń jaslardı sanlı dáwirge beyimlew, qızlardı IT saǵasına keńiriw jalb etiwi, mektep bitirgenleri ushın zamanaýı IT mamańlıqlarında baslang’ısh kasıp-húnar bilimlerin dámiw hám bul arqalı elimizdiń dámiwatırǵan sanlı ekonomikasına kerekli mamandar tayarlaw yolındaǵı eńbekleriniń e’tirabı bolıp esaplanadı.
Raqamli
avlod
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 08, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nukus, 06.10.2025

Нукус, 06.10.2025

October 07, 11:15
Media unavailable
9
Show in Telegram

📍
Nukus shahrida  “Raqamli Avlod” markazi     ochildi!
🚀
🎓
55-maktab hududida tashkil etilgan markaz kuniga 180 nafar o‘quvchiga zamonaviy kasblarni o‘rgatish imkonini beradi.
📚
Yo‘nalishlar:

Digital Art

3D modellashtirish

Graphic Design

Foto va video ishi

Mexatronika va robototexnika

AKT
Raqamli
avlod
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 07, 06:05
Media unavailable
9
Show in Telegram

Kecha Nukusda qad rostlagan yangi, zamonaviy 55-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdim.
Ushbu maktab 870 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning binosida Raqamli avlod markazi va bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab to‘garaklar ish boshladi. Majmua ta’limga yangicha yondashuv namunasidir — bolalarni shubhasiz jalb qiluvchi bu maskanda zamonaviy texnologiyalar hamda kelajak sari ajoyib start nuqtasi mujassam. To‘rtko‘l tumanida ham yana bir yangi, 77-maktab ochildi — Qoraqalpog‘iston asosiy e’tiborni sifatli ta’limga qaratmoqda va bu tahsinga loyiq!
Nukuslik bolalar va ularning yuzidagi tabassumdan atrofga iliqlik, yangi nafas va shodlik taralib turgandek bo‘ldi. Bu dargohdan ko‘plab bilimdon va muvaffaqiyatli, barchamiz faxrlanadigan bitiruvchilar yetishib chiqishini tilayman.

Вчера я приняла участие в  открытии новой современной школы № 55 в Нукусе.
Школа рассчитана на 870 учеников. В её стенах открыты Центр цифрового поколения и множество развивающих кружков. Эта школа знаменует собой новый подход к образованию — место притяжения детей с современными технологиями, в котором можно получить отличный старт в будущее. Одновременно  с ней открылась ещё одна новая школа № 77 в Турткульском районе —  Каракалпакстан делает ставку на качественное образование и это невероятно вдохновляет!
В Нукусе было тепло, свежо и радостно от улыбок детей. Я желаю школе много умных и успешных выпускников, которыми мы все будем гордиться.

October 06, 11:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Raqamli avlod qizlari”
loyihasi koordinatori
Muxlisa Mamajonova
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan
tashkil etilgan
“Warsaw Human Dimension Conference”
da ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida loyiha faoliyati bilan bog’liq nutq bilan ishtirok etadi
🇺🇿
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

September 30, 23:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

📚
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
📚

Bugun –
1-oktabr
, Sizlarning kasb bayramingiz!
🌟
Sizlarning sabr-toqat, mehr va fidoiyligingiz tufayli Vatanimiz ertasi yanada porloq bo‘lmoqda.Har bir dars, har bir nasihat va saboqlaringiz – o‘quvchilaringiz hayotida oltin iz qoldiradi.
Sizga mustahkam salomatlik, qalbingizga quvonch va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🎆
Bayramingiz muborak, aziz ustoz va murabbiylar!
💐
Hurmat bilan
Raqamli avlod
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

September 30, 09:22
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bugun
BAA Prezidenti Devonining Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchi Luay Jerudi
boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, istiqbolli loyihalar va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi.
So‘nggi yillarda BAA bilan ta’lim sohasida hamkorliklarimiz samarali tashkil etilmoqda. Misol uchun: xalqaro maktab tashkil etish bo‘yicha hamkorlik, Abu-Dabi ta’lim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari o‘quvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Xalifa universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, “Raqamli avlod qizlari” loyihasida Emirates National School maktabi o‘quvchilarining ishtiroki kabilar shular jumlasidandir.
Uchrashuvda kelishilganidek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorliklarni yanada kengaytiramiz.
@hilola_umarova

September 21, 03:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Bugun
“Digital Generation Uzbekistan” NNM direktori Azamat Djalalovning tavallud ayyomlari!
Hurmatli Azamat Djalalov
,
Sizni butun jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissangizda doimiy omad tilaymiz.
Kasbiy faoliyatingizda yangi marralar, katta yutuqlar va yorqin g‘alabalar doim hamroh bo‘lsin!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Raqamli avlod
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook