
"E-huquqshunos"
Tizim bo'yicha barcha yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklardan xabardor bo'ling!
E-huquqshunos tizimi yuzasidan muhokamalar quyidagi chatda amalga oshiriladi:
https://t.me/e_huquqshunos_chat
Barcha tuman va shaharlardagi yuridik xizmat markazlari hozirda E-Huquqshunos tizimi orqali byudjet tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatmoqda. Natijada 21 mingdan ortiq quyi bo‘g‘indagi tashkilotlar sifatli huquqiy xizmat bilan qamrab olindi, ish yuritish jarayonlari raqamlashtirildi, hujjatlar birxillashtirildi.
Adliya vazirligi
hamda
“Unicon Soft” kompaniyasi
mazkur tizimni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.
Jumladan, tizim orqali amalga oshiriladigan yuridik ekspertiza jarayoniga eksteritoriallik prinsipi joriy etildi. Ushbu yangilik hozirda respublikaning bir nechta hududida sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.
Yangilangan tizim foydalanuvchilarga qanday qulaylik va afzalliklar yaratadi? Bu haqda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Islombek Jo‘rayev
hamda “Unicon Soft” kompaniyasi loyiha menejeri
Xurshid Saydikarimov
batafsil ma’lumot berdi.
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
https://t.me/boost/e_huquqshunos_rasmiy
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
📑
Endilikda "E-huquqshunos" tizimida bosqichma-bosqich har bir hududda EKSTERRITORIALLIK prinsipi ishga tushirilmoqda. Bunda tashkilotlar hujjatlarni yuridik markazga yuborganda o'z hududidagi (viloyat) ixtiyoriy tuman/shahar yuridik markaziga yuborilishi mumkin. Bu bilan bir hududdagi barcha tuman/shahar yuridik markazlariga hujjatlar kelib tushish hajmi tenglashishiga erishiladi. Shuningdek, xulosa berishdagi vaqt sarfi sezilarli darajada qisqarishi ta'minlanadi.
Bugungi kunga qadar Sirdaryo, Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida EKSTERRITORIALLIK prinsipida ishlash joriy etildi.
❗️
Eslatma: Tashkilot xodimlari viloyat bo'yicha ixtiyoriy tuman/shahar yuridik markazi xodimlari bilan CHAT orqali muloqot qilishlari mumin.
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
📑
Endilikda "E-huquqshunos" tizimida bosqichma-bosqich har bir buyruq loyihalariga majburiy ilovalarni biriktirish qismi joylashtirilmoqda. Bunda tashkilot xodimi buyruq loyihasini yaratish jarayonida Yuridik markazlar talab qiladigan barcha ilovalar nomi bilan keltiriladi. Bunda Yuridik markazlar tomonidan ilovalar yuzasidan RAD etish holatlari qisqaradi.
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
📑
Endilikda "E-TENDER" tizimida yaratilgan shartnomalarni "E-huquqshunos" tizimida to'gridan to'gri xulosa olish imkoniyati yaratildi. Ya'ni "E-TENDER" tizimida shakllantirilgan shartnomani "Yuborish" tugmasi yordamida E-huquqshunos tizimiga yuborib, yuridik xulosa olish mumkin. Batafsul Videoqo'llanmada
🎥
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
❗️
E-huquqshunos tizimida hujjat yaratish jarayonida xodimning
Umimiy ma'lumotlari, Mehnat faoliyati
hamda
Diplom ma'lumotlarini
tekshirish funksiyasiga o'tish tugmasi o'zgartirildi. Shuningdek ma'lumotlarni ko'rish oynasi
takomillashtirildi va sodda ko'rinishga keltirildi.
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
❗️
E-huquqshunos tizimining yuqori o'ng burchagiga "Texnik yordam" tugmasi qo'shildi. Mazkur tugmani bosish orqali o'z hududingizdagi Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati hamda markaziy call-markaz telefon raqamlari taqdim etiladi.
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
❗️
Endilikda Tizimda buyruq yaratish jarayonida, buyruqni nomi bilan tezkor qidiruvni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Ma'lumot:
1. Buyruq nomini bir qismini yozish yordamida qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.
2. qidiruvni lotin hamda kirill alifbolarida amalga oshirishingiz mumkin.
Qidiruv uchun misol:
qidiruv kalit so'zi: "modd yor"
qidiruv natijasi: "Xodimga moddiy yordam ko'rsatish to'g'risida"
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
❗️
Endilikda Tizimda hujjatni imzolash jarayonida, hujjatga QR kod va rasmiy blanka tushirilgach, imzolanguniga qadar hujjatda "Hujjat imzolanmagan" suv belgisi (watermark) tushiriladi.
Bu bilan:
1. Hujjatni yuridik kuchga ega bo'lgandek noto‘g‘ri qabul qilinishining oldi olinadi
2. Hujjatdan norasmiy yoki noto‘g‘ri foydalanishning oldi olinadi
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!
✅
Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari!
1️⃣
Tizimda sizni qiynayotgan yoki siz tushunishga qiynalayotgan qismlari bo'lsa;
2️⃣
Tizim yuzasidan takliflaringiz bo'lsa;
3️⃣
Tizim yuzasidan shikoyatlaringiz bo'lsa
❗️
Ushbu xabar ostidagi izohlarda yozib qoldiring. Biz mazkur xabar bo'yicha izohlarni o'rganib chiqamiz va imkon qadar bartaraf etishga harakat qilamiz.
Eslatma: Muammo va takliflarni batafsil yozing!! (imkon bo'lsa skrinshotlar bilan)
📢
"E-huquqshunos"
elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!