Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

econewssamarqand

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali
Murojaat uchun
👇
👇
+998976148850
Sherali Iskandarov

Subscribers
1 700
Post views
549
ER
32,53%
Posts
23 439
October 29, 09:43
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Yonayotgan barglar ostida jim yiģlayotgan tabiat"
Tabiatga va ózimizni soģligimizga e'tibor beraylik!
🎤
Yusupova Ruxshona
Eco-volontyor
Kanalga
qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 29, 06:45
Media unavailable
6
Show in Telegram

♻️
"Tozalik va Ozodalik" oyligi
"Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan "Tozalik va Ozodalik" oyligi doirasida poligonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda, xususan Urgut va Pastdarg‘om tuman markaziy chiqindi poligonlarida obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni damda mazkur chiqindi poligonlarida chiqindilarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa, chiqindilarning ochiq havoda parchalanishini kamaytirish, atrof-muhitga tarqaluvchi noxush hidlarni oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, poligonlar hududida kuz qishga alohida hozirlik ko‘rish maqsadida maxsus xandaqlar qazilib, zaxira maydonlar ham tayyorlanmoqda, bu esa kelgusi mavsumlarda chiqindilarni tartibli va xavfsiz joylashtirish imkonini beradi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

October 29, 05:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

2025-YIL ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI
Kanalga qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 28, 05:03
Media unavailable
4
Show in Telegram

Samarqand shahrida «Amir Temur bog‘lari» tashkil etiladi
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand shahar Qorasuv maskanida 5 gektardan ziyod maydonda «Amir Temur bog‘lari» barpo etilmoqda.
Mazkur hudud ilgari foydalanilmagan tashlandiq yer maydoni aynan shu loyiha uchun tanlab olinib, hozirda ko‘rkam maskanga aylanmoqda.
Kanalga
qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 28, 04:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

📍
Jamoat eshittirivi o’tkazildi
2025-yil 27-oktabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahar, “AL Farobiy” MFY “Rudakiy” 12-A ko‘chasi hududidan “SP SAMARQAND PRIME DEVELOPMENT GROUP” MChJ tomonidan ko‘p qavatli uy-joy binolarini qurilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 541-sonli qaroriga muvofiq jamoat eshituvi o‘tkazildi.
👉
Batafsil_o'qing
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga
qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 26, 07:49
Media unavailable
3
Show in Telegram

#QizilKitob
📕
O‘zbekiston florasining noyob vakili – Albert qisroni haqida eshitganmisiz?
Albert qisroni O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo'lib, Pomir-Oloy va Gʻarbiy Tyan-Shan tog‘lariga xos bo‘lgan kamyob tur hisoblanadi.
Bu o‘simlik bo‘yi 1,5 metrga yetadigan buta bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Uning eski shoxlari qo‘ng‘ir yoki kulrang tusda, yosh novdalari esa yotiq tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglari nashtasimon, uzunligi 1,5–3 sm, eni 0,5–1,5 sm atrofida. Bargning ikki tomoni ham tukli bo‘lib, asosi ponasimon, uchi to‘mtoq.
Albert qisroni iyun-iyul oylarida gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Uning yorqin sariq tojbargli gullari 5 tadan 13 tagacha soyabonsimon boshcha to‘pgul hosil qiladi. Mevalari yong‘oqqa o‘xshash bo‘lib, qurigan gulqo‘rg‘on bo‘laklari bilan o‘ralgan holda rivojlanadi.
O‘simlik tabiatda kam uchraydi va kichik to‘plar hosil qiladi. U asosan urug‘i orqali ko‘payadi. Afsuski, uning soni va tarqalish maydonidagi o‘zgarishlarning aniq sabablari haqida hozircha to‘liq ma'lumotlar mavjud emas.
Ushbu noyob turning muhofazasi uchun Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida maxsus choralar ko‘rilgan.
❗️
Eslatma! O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Albert qisroni kabi o‘simlik va hayvon turlariga zarar yetkazish yoki yo‘q qilish qonuniy tartibda qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Batafsil yuqoridagi infografikada tanishing
👆
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin

October 25, 10:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "
Nurobod tumani Sazag‘on massivi hududida joylashgan “Temurjon bog‘lari mevasi” MCHJga tegishli bog‘lar noqonuniy tarzda buzib tashlanayotgani
" haqidagi videolavhalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
👉
batafsil_oʻqing
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling
👇
👇
https://t.me/yeconewssamarqand

October 24, 05:32
Media unavailable
9
Show in Telegram

❇️
Kuz-qish mavsumiga shaymiz
Shu kunlarda Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Samarqand viloyat hududiy DM aholiga sifatli sanitar tozalash xizmati ko‘rsatish va hosil bo‘ladigan chiqindilarni joylashtirish, chiqindi poligonini rekultivatsiya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib kelmoqda.
Ayni damda Urgut, Paxtachi, Ishtixon Kattaqo'rg'on tumani markaziy chiqindi poligonlarida kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida chiqindilarni qabul qilish punkti hududi va uning atrofida obodonlashtirish, rekultivatsiya ishlari olib borilib, kuzgi-qishki yog‘in sochinli kunlar uchun zaxira chiqindi xandaqlari tayyorlab kelinmoqda. To'plangan chiqindilar usti esa, mahsus texnikalar ko'magida ko'milmoqda.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga
qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 24, 04:45
Media unavailable
5
Show in Telegram

#LIVE
#Siyosiymarifatsoati

Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma‘rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy-maʼrifat soati — xodimlarning siyosiy, maʼnaviy va maʼrifiy bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati o‘tkazildi. Unda xodimlar joriy hafta davomida mamlakatimiz va xorijda ro‘y bergan muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga
qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram

October 24, 04:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tozalik_va_ozodalik_oyligi
♻️
Atmosfera havosini ifloslantirdi
Pastdarg'om tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari hududda olib borilgan reyd kuzatuvlari jarayonida Boltali MFYda yashovchi fuqaro I.U tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan quqigan xas-xoshaklarni, xazon qoldiqlarini bir yerga to‘plab, yoqib alanga oldirishi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunlarining tegishli moddalari talablarini qo‘pol tarzda buzganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat tezkor tartibda bartaraf etilib, qonunbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobarida jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, mazkur fuqaroga bunday holatlar qonunga zid ekanligi tushuntirildi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling
👇
👇
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📺
You Tube
|
📱
Instagram