Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Edu.uz

eduuz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006

Subscribers
145 000
Post views
15 608
ER
10,69%
Posts
37 801
September 08, 06:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#diqqat_tanlov
Amalda davom etayotgan tanlovlar
⬇️
📥
Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovi
Muddat: 14.09.2025
📥
O‘zbekiston–2030:
Engineering Research fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 18.09.2025
📥
Oʻzbekiston–2030:
Social Research fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 18.09.2025
📥
“Science4State – 2025” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 30.09.2025
📥
Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 30.09.2025
📥
“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi
Muddat: 01.10.2025
📥
Yangi avlod bazalt texnologiyalari
Muddat: 01.10.2025
📥
AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.10.2025
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 08, 05:35
Media unavailable
7
Show in Telegram

#XUSHXABAR
Talaba-dzyudochilarimiz Turkiy davlatlar Universiadasida 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilayotgan
III Turkiy davlatlar Universiadasi
doirasida dzyudo bahslari yakuniga yetdi.
Ulug‘bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz musobaqada
4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni
qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida
ikkinchi o‘rinni
egallashdi.
💐
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi
dzyudochi talabalarimizni hamda ularning murabbiylarini
samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.
G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing
👈
#natija
#turkiy_davlatlar
#talabalar_universiadasi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 06, 15:31
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#kitobxon_yoshlar_ligasi
🗣
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi
3-mavsumi
final bosqichi o‘tkazildi!
✔️
Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan
145 nafar talaba-yoshlar
ishtirok etdi.
📚
Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Chingiz Aytmatovning
“Asrni qaritgan kun”
, Agata Kristining
“Ular 10 ta edi”
hamda Odil Yoqubovning
“Diyonat”
kitoblari bo‘yicha tuzilgan
50 tadan test savollari berildi
. Har bir test uchun
40 soniyadan vaqt
ajratildi.
🔹
Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

September 06, 15:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

🟩
🟩
🟩
🟢
🟢
🟢
🟢
📚
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2025-yilgi 3-mavsum g‘oliblari bilan tanishing:
🟣
1) Dilyora Ma’murova – FarDU talabasi
🟢
2) Firdavs Shahobov – JIDU talabasi
🟢
2) Jennet Sultanmuratova – UrDPI talabasi
🔵
3) Sevinch Normurodova – QarDU talabasi
🔵
3) Sherzodbek Qurbanov – TDSHU talabasi
🔵
3) Uldona Salimova – QarDU talabasi
🟠
4) Oychehra Boyboboyeva – FarDTU talabasi
🟠
4) Barchinoy Ro‘zmetova – UrDPI talabasi
🟠
4) Jaloliddin Sayfiddinov – TATU talabasi
🟠
4) Marjona Rajabboyeva – TDYU talabasi
🔴
5) Durdona Shamsiyeva – NavDU talabasi
🔴
5) Mohigul Aramova – O‘zDJTU talabasi
🔴
5) Sarvinoz Omonova – O‘zDJTU talabasi
🔴
5) Jamila Orifjonova – TDIU talabasi
🔴
5) Gulshanoy Xolmatjonova – FarDU talabasi

Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:
↪️
1) Malika Shukrullayeva – TDSHU talabasi;
➡️
2) Jamshidbek Tursunboyev – ADTI talabasi;
➡️
2) Muxtasar Ibrohimova – O‘zMPU talabasi;
↪️
3) Shoistaxon Nabixo‘jayeva – O‘zJOKU talabasi;
↪️
3) Mustafo Xurramov – TISU talabasi;
↪️
3) Asrorbek Alijonov – JIDU talabasi.
↪️
Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat va quyidagi tartibda sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🔹
Test bo‘yicha 1-o‘rin – Noutbuk (core i5);
🔹
Test bo‘yicha 2-o‘rinlar – Smart televizor 43";
🔹
Testda 3-o‘rinlar va referalda 1-o‘rin – Planshet (6/128);
🔹
Testda 4-o‘rinlar va referalda 2-o‘rinlar – Planshet (4/64);
🔹
Testda 5-o‘rinlar va referalda 3-o‘rinlar – Smart televizor 32".
Tanlovda test ishlash jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilar 8-sentabr kuni elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

September 06, 14:59
Media unavailable
10
Show in Telegram

#RahbarYoshlar_uchrashuvi
Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Mazkur muloqotda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalaridan yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari, shuningdek, faol talabalardan iborat
700 dan ortiq yoshlar
ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
Otabek Mahkamov
hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Xayrulla Sattarov
so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun oliy ta’lim olish, kasb-hunar egallash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdilar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/84037
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 06, 11:24
Media unavailable
10
Show in Telegram

Shahidlar xotirasi maydonida talabalar va oʻquvchilar ishtirokida qatagʻon qurbonlari xotirasi yuksak ehtirom bilan yod etildi
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning nomini eʼzozlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida
Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi maydonida
maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda
ustozlar, talabalar hamda maktab oʻquvchilari
faol ishtirok etdilar.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari
Otabek Mahkamov,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari
Farhod Boqiyev
, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari
Botu Olimov
,
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori
va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi
Baxtiyor Hasanov
soʻzga chiqdilar.
“Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va ibratli hayotidan oʻrnak olish – har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Bugungi tinch va obod kunlar qadriga yetish, qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish bizning muqaddas burchimizdir”, – dedi O.Mahkamov.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Qatagʻon qurbonlari muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/84006
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 05, 16:56
Media unavailable
8
Show in Telegram

#dayjest
#jarayon
#mustaqillik_darslari
Ayni kunlarda
siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda targ‘ib etish
maqsadida Toshkent shahri va viloyatlardagi
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeylariga
talabalar tashrifi amalga oshirilmoqda.

Toshkent davlat agrar
universiteti;

Samarqand davlat pedagogika
instituti;

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot
universiteti;

Farg‘ona davlat
universiteti;

Andijon davlat chet tillari
instituti;

Qarshi davlat
universiteti;

O‘zbekiston Milliy
universiteti;

Andijon davlat tibbiyot
instituti;

Andijon davlat pedagogika
instituti;

Termiz davlat pedagogika
instituti;

TDTU Urganch
filiali;

Nukus davlat pedagogika
instituti;

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universiteti;

Guliston davlat pedagogika
instituti;

Urganch davlat pedagogika
instituti;

Jizzax politexnika
instituti;

O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti;

Andijon davlat
universiteti;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti
;

Buxoro davlat
universiteti;

Jizzax davlat pedagogika
universiteti;

O‘zDXA
Urganch filiali;

Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti;

Namangan davlat chet tillari
instituti;

Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar
instituti;

Namangan davlat
universiteti;

Buxoro davlat pedagogika
instituti.
Bu kabi tadbirlar davom etadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 05, 15:21
Media unavailable
2
Show in Telegram

Imkoniyatni kutmang – uni o‘zingiz izlab toping!
Germaniyaning yetakchi universitetida faoliyat olib borayotgan
o‘zbekistonlik professor o‘zining ilmiy va kasbiy faoliyati
haqida so‘zlab berdi.
📹
Uning fikricha,
muvaffaqiyatga erishish uchun
imkoniyat kelishini kutish emas, balki uni izlab topishga intilish zarur.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 05, 14:51
Media unavailable
7
Show in Telegram

#forum
#Latviya
Oʻzbekiston-Latviya taʼlim forumi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
boshchiligidagi
oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Latviya universiteti hamda Latviya transport va aloqa universiteti
faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlarga universitetlarda
talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,
zamonaviy imkoniyatlar hamda oʻquv jarayoni tashkil etilishi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek,
oʻquv auditoriyalari, ilmiy laboratoriyalar va amaliyot oʻtadigan maxsus xonalar
ham koʻrsatildi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/83865
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 05, 14:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#ilmiy_stajirovka
🟦
🟦
🟦
AQShda stajirovka o‘tang!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilindi!
G‘oliblar 2025-yil davomida
AQShning Texas universitetiga 6 oylik stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.
Hujjatlar 2025-yilning 15-oktabr
(shu kuni ham 23:55gacha)
sanasiga qadar “
internship.ilmiy.uz
” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
❗️
Boshqa elektron manzil (
edo.ijro.uz
, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
☎️
Ma’lumot uchun:
+99871 203 32 23 (541)
🌐
Batafsil
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube