Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ERKIN BOZOROV | RASMIY

erkinbozorovv


Erkin Bozorovning rasmiy telegram sahifasi
Aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi
Rasmiy sahifalar
⤵️
Instagram -
https://clck.ru/sLoJZ
YouTube -
https://clck.ru/sLoNc
Meta -
https://clck.ru/sLoS5

Subscribers
17 900
Post views
14 699
ER
82,58%
Posts
734
October 25, 13:13
Media unavailable
3
Show in Telegram

***
Otam sotdi sigirlarini,
Sotdi so'ngi qo'chqorini ham.
Bir umr peshona terini
Yo'llarimga to'shadi otam.
Anglaganman, kasbiga sodiq,
Bir inson bor edi dunyoda.
Bolamga deb ulovin sotib
Otam yurganida piyoda.
Va lek bedog', sotmay asradi
Bag'ishlab tun, kunduzlarini.
Egnidagi yashil libosi
Yelkadagi yulduzlarini.
Yashab o'tdi hazrati inson,
Qarzin uzib ona Vatandan.
Shu el-yurtdan qarzdor bitta jon
Menga meros qoldi otamdan!
_____________________
25-oktabr! Ichki ishlar xodimlari kuni - bayramingiz muborak DADA!
(
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun)
@erkinbozorovv

October 18, 19:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

Dilda armon, uyda motam
Salom baqo, xayr fano.
Yuksak yashab o'tdi otam,
Ko'zim senda qoldi samo.
Ildizini senda otgan
Alp chinoring qaytdi qishloq.
Senday xoksor yashab o'tgan
O'glingni qabul et tuproq.
Xayr dada, tugal baxtim
Sizsiz poyoniga yetdi.
Egam, rahmatingga olgin
Otam huzuringga ketdi!
Joyingiz jannatda bo'lsin dadajon!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun
1964 (3-avgust) - 2025 (17-oktabr)

October 16, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

SHUARO:
Jontemir Jondor - MAJNUN
@jontemir
@erkinbozorovv

October 11, 15:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

RISHTA
Hayot daryo, hayot shoshqin, qancha uzoq suzilmasin-
Manzil ayon!
Aro yo'lda faqat kemang buzilmasin.
Otasining izlariga ko'zchalar qolmasin mushtoq,
Farzand ila otalarning qalb rishtasi uzilmasin.
(Erkin Bozorov)
Muallif va rejissor: Shohruh Norqulov
Tasvirchi: Kamoliddin Ziyovuddinov
Rassom: Erkin Xushmatov
Montaj va rang: Jahongir Ubbiniyazov
Rollarda: Sabina Asanova, Saminaxon, Erkin Bozorov
Ijodiy ish Respublika Ma'naviyat markazi homiyligiyu hamkorligida tayyorlandi.
@erkinbozorovv

October 07, 12:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

REPORTAJ: NOVVOY OPA
(Bo'stonliqdan gapiramiz)
Muallif va rejissor: Erkin Bozorov
Tasvirchi: Kazibek Kurbanov
Assistent: Nosirjon Otajonov
Hamkoru hamrohimiz, ijodiy ishda qanotimiz - XALQ BANKI
@xalqbankinfo
@erkinbozorovv

October 03, 13:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

QODIRIYNI OLIB KETGANLARI HAQIDA SHE'R
Muallif: Xurshid Davron
Tasvirchi: Qosimxon Ziabekov
Ovoz rejissori: Elbek Hamdamov
Colorist: Bahriddin Shavqiyev
Rejissor Umid Hamdamovning "Abdulla Qodiriy" hujjatli filmi tasvirlaridan foydalanildi.
Abdulla Qodiriy rolida: Elyorbek Atabayev
4-Oktabr millatimiz oydinlari qatag'on etilgan kun! Jadid bobolarimiz xotirasi mangu!
@erkinbozorovv

September 28, 12:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

JIDDIY DIALOG
Muallif va rejissor: Erkin Bozorov
Tasvirchi: Qosimxon Ziabekov
Ovoz rejissori: Elbek Hamdamov
Colorist: Bahriddin Shavqiyev
Ijodiy ishda bizga hamkoru yelkadoshlik uchun, Montenegro o'lkasiga ajoyib sayohat uchun PRESTIGE TRAVEL ga tashakkur bildiramiz!
@erkinbozorovv

September 26, 12:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

KIRAKASH AKAXON CHUSTDA
- Moshindan tushgandan
Chust oshini urdik.
Undan chiqib yo'lni
Baliq tomon burdik...
Rollarda:
Abdulla Tolipov
Erkin Bozorov
@erkinbozorovv

September 22, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Biz mardikor emas, mehnatning mardimiz!
@erkinbozorovv

September 19, 12:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Chingiz Aytmatov - "OQ KEMA"
"Odamlar qadim zamonda Vatanni Ona deb atar edilar!
"LANGARTOG' YO'LIDA" filmi kadr orti jarayonidan.
(Yoshlikni, bolalikni xotirlaymiz
🙂
)
@erkinbozorovv