
Yoshlar yetakchisi
Ёшлар етакчисилигидан Сенат раисилигигача
ёхуд
бугун юқори палата раҳбарининг ҳам туғилган куни
‼️
Нарбаева Танзила Камаловна 1956 йилда Андижон вилоятининг Шаҳрихон туманида туғилган.
Миллати – ўзбек. Маълумоти – олий. Оилали. Икки нафар фарзанди бор.
1981 йилда Tошкент давлат университетини тамомлаган. Ихтисослиги – филолог. Педагогика фанлари номзоди, социология фанлари доктори, профессор.
Меҳнат фаолиятини 1974 йилда Шаҳрихон шаҳридаги 1-умумий ўрта таълим мактабида ёшлар етакчилигидан бошлаган. 1981-1991 йиллар давомида педагог сифатида фаолият олиб броган.
1991–1995 йилларда Ўзбекистон ХДП партияси Рахимов тумани Кенгаши котиби, партия Марказий кенгаши шўъба мудири бўлган.
1995–2010 йилларда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасида маъсул лавозимларда ишлаган.
Танзила Нарбаева 2010–2016 йилларда Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Кенгаши раиси бўлиб ишлаган даврида ишчи-ходимлар ҳуқуқларини таъминлаш, мажбурий меҳнатни бартараф этиш, халқаро миқёсда Ўзбекистоннинг меҳнат ҳуқуқига оид ислоҳотларини илгари суришда залворли меҳнат қилди.
2016–2019 йилларда Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари, Хотин-қизлар қўмитаси раиси сифатида соҳага оид ислоҳотларни амалга оширишда ўз хиссасини қўшди.
2019 йилдан буён Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Раиси лавозимида фаолият олиб бормоқда.
“Шуҳрат” медали, “Меҳнат шуҳрати”, “Фидокорона хизматлари учун” орденлари билан тақдирланган.
😎
@FaqatYetakchilar
🛳
Kruiz kemalarida ishlab, dunyo bo'ylab sayohat qilishga nima deysiz?!
Migratsiya agentligi hamda Shimoliy Makedoniya davlatining "Kouzon" korporatsiyasi hamkorligida
250 ta bo’sh ish o’rni
ochildi.
💸
Oylik maosh:
950 – 2100 yevrogacha (ish sohasiga qarab)
⏰
Ish soatlari:
sohaga qarab grafik asosida
📅
Muddat:
6 oylik shartnoma
Sohalar:
▪️
Kafe xodimi
▪️
Ekipaj ovqatlanish zalida xizmat ko‘rsatuvchi xodim
▪️
Bosh ofitsiant
▪️
Restoran menejeri
▪️
Restoran nazoratchisi
▪️
Ofitsiant
▪️
Yordamchi ofitsiant
Talablar:
▪️
Kamida 2 yillik ish tajriba (restoran, mehmonxona, servis sohalarida)
▪️
Yosh chegarasi: 21 dan 45 yoshgacha bo'lgan erkak va ayollar
▪️
Kamida o‘rta (litsey, kollej) ma’lumotga ega bo‘lish
▪️
Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS kamida 5,5 yoki boshqa xalqaro sertifikat)
▪️
Mehmondo‘stlik va jamoada ishlash qobiliyati
Imtiyozlar:
▪️
Tibbiy sug‘urta
▪️
Viza, transport, ovqat, yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
❗️
Diqqat
Nomzodlar ingliz tilida CV tayyorlashi shart!
CVda quyidagilar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
– Qaysi korxonada ishlagansiz
– Ishlagan yillar (masalan, 2020–2022)
– Lavozim va vazifalaringiz
📥
Ro'yxatdan o'tish
❗️
Ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamaydi, nomzodlar ish beruvchi talabi asosida tanlanadi.
📞
Murojaat uchun: Migratsiya agentligi – 71 202-33-55 (ichki raqam 172)
😎
@FaqatYetakchilar
🇺🇿
Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшга тўлди.
😎
@Shovqinsiz
⚡️
Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali aniqlash mumkin:
✅
Cambridge Assessment International Education
tashkilotining rasmiy veb-sahifasi:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/
✅
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
portali:
https://portal.piima.uz/page/ps1
😎
@FaqatYetakchilar
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi
“O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling”,
deyiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida.
😎
@FaqatYetakchilar
❗️
Ёшларга фоизсиз қарз берилади
1 августдан Ўзбекистоннинг олис ва чекка ҳудудларида хорижий тиллар бўйича ўқув маркази очмоқчи бўлган ёшларга
131,8 млн сўм миқдорида фоизсиз қарз
берилади.
Талаблар:
➖
камида
C1 даражадаги тил сертификати
(2 йилдан ошмаган бўлиши керак);
➖
йиллик ўқувчиларнинг 20% “Ёшлар дафтари” дагилардан бўлиши шарт;
➖
қарз муддати –
3 йилгача
, 6 ой имтиёзли;
➖
якка тадбиркорлар ва ёшларга тегишли юридик шахслар олиши мумкин.
😎
@FaqatYetakchilar
Ikkinchi mutaxassislikka qabul ochildi.
Onlayn ariza topshirish sahifasi:
https://my.edu.uz/service/5?slug=admission_secondary
😎
@FaqatYetakchilar
🇪🇺
O‘zbekiston fuqarolari 2024-yilda Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirgan
📈
Bu miqdor 2023-yilga solishtirganda,
26,2 foizga
oshgan
. Mamlakatimiz o‘tgan yili Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni bo‘yicha dunyoda
35-o‘rinni
egallagan.
Eng ko‘p viza uchun ariza topshirilgan mamlakat
🇩🇪
Germaniya
bo‘lgan —
19,3 mingta
.
🇨🇭
Shveytsariyaga
esa, aksincha, bitta ham ariza yuborilmagan.
❌
Shengen mamlakatlari o‘zbekistonliklarning
9 ming 250 ta
arizasini rad qilgan
(15,7 foiz)
.
Eng yuqori rad qilish ko‘rsatkichi
🇵🇱
Polshaga
tegishli. Ushbu mamlakat yuborilgan arizalarning har uchtasidan biriga
(32,8 foiz)
rad javobini bergan.
🇧🇬
Bolgariya
esa 2024-yilda Shengen vizasini eng oson olish mumkin bo‘lgan davlat bo‘lgan
(133,4 foiz)
.
💰
Umuman olganda, o‘tgan yilda o‘zbekistonliklarga
51,6 mingta
Shengen vizasi berilgan. Buning uchun fuqarolarimiz
4,6 mln yevro
sarflagan. Rad etilgan arizalarda esa
740 ming yevro
yo‘qotilgan.
📉
Viza uchun arizalarning rad etilish ko‘rsatkichi 2023-yildagi
16,5 foizdan,
2024-yilda
15,7 foizga
tushgan.
😎
@FaqatYetakchilar
#subsidiya
❗️
Ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi
🗣
My.gov.uz da Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish
davlat xizmati
Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratishning foydalanilmay qolingan maqsadli ko‘rsatkichlari asosida qayta ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.
😎
@FaqatYetakchilar
❤️🔥
Mahalla raisi, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchilariga harbiy xizmatga chaqiriluvchilar bilan ishlash, ularning harbiy xizmatga tayyorgarligi, ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
😎
@FaqatYetakchilar