Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

G‘ijduvon tuman hokimligi | Rasmiy kanal

gijduvon_uz_official

G‘ijduvon tuman hokimligi rasmiy telegram kanali

https://gov.uz/gijduvon

https://www.youtube.com/channel/UCgteO4fszYdszvfOVmabFOQ

https://www.facebook.com/gijduvonuz

https://instagram.com/gijduvontumanhokimlik?utm_medium=copy_link

Subscribers
7 160
Post views
1 448
ER
20,17%
Posts
60 685
August 17, 10:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan navbatdagi Yoshlar sayli – G‘ovshun MFYda bo‘lib o‘tdi!

🌟
Bayramona kayfiyat, quvonch va birlik ruhi hukm surgan tadbirda yoshlar o‘z iqtidorini namoyon etib, turli sport musobaqalari, konsert dasturlari va milliy qadriyatlarimizni yorituvchi chiqishlar bilan sayilga ko‘rk qo‘shdilar. Bu nafaqat bayram, balki yoshlarning Vatanimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchi va sadoqatining yorqin ifodasiga aylandi.
💫
Tadbir davomida G‘ovshun mahallasi ahli bir tan-u bir jon bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston – biz yoshlarning qo‘lida!” degan shiorni amalda ko‘rsatdilar. Mustaqillik bayrami yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube

August 17, 08:06
Media unavailable
10
Show in Telegram

✍️
Hokimning onlayn muloqoti – mas’uliyatli va amaliy ishga chorlov.
2025-yil 16-avgust kuni
G‘ijduvon tuman hokimi
Sh.Ashurov
Amirobod mahallasida bo‘lib,
ZOOM
platformasi orqali barcha mahalla raislari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida soliq va chiqindi tushumlari, kambag‘al oilalar bilan olib borilayotgan individual ishlar samaradorligi muhokama qilindi,
mas’ullarga esa aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi.
Hokim shu kuni
aholi murojaatlariga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Amirobod mahallasidagi bo‘sh turgan binolar holati bilan shaxsan tanishib
, ulardan
samarali foydalanish va fuqarolar ehtiyojiga mos yo‘nalishda ishga tushirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube

August 16, 20:00
Media unavailable
10
Show in Telegram


G‘ijduvon tumani hokimi
Sh.Ashurov
ga biriktirilgan
ijtimoiy himoya reestrida
turuvchi oila —
Zarafshon MFY, Zarafshon aholi punktidagi 269-uyda istiqomat qiluvchi Shaimova Roziyaning
murojaati atroflicha o‘rganildi.
🔰
Fuqaroning turmush sharoitiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi va xonadonida obodonlashtirish ishlari olib borilib, oilaning hayoti yanada qulay sharoit bilan ta’minlanmoqda.
🔰
Ayniqsa, mol ayvoni ta’mirlanishi orqali oilaning kundalik turmush tarzida katta yengillik yaratildi. Bunday ezgu ishlar aholining farovonligi va hayot sifatini oshirishga qaratilgan amaliy g‘amxo‘rlik ifodasi sifatida xizmat qilmoqda.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube

August 16, 19:23
Media unavailable
7
Show in Telegram


Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman prokurori o‘rinbosarlari sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlari va samaradorlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, korxonalarda uchrayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Bu tashrif sanoat korxonalarining rivoji, samaradorlikni oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube

August 16, 19:17
Media unavailable
7
Show in Telegram


Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman prokurori o‘rinbosari mas’ullar Gulistonobod MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ularning hayotiy sharoiti o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
⚜️
Ayniqsa, farzandlarning ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga zarur o‘quv qurollari topshirildi hamda bu xayrli ish oilalar qalbiga shodlik ulashdi. Yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan intilishlariga esa yangi ruh va kuch bag‘ishladi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube

August 16, 18:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
Mustaqillik bayrami — bilim va iqtidor tantanasi!
🇺🇿

Mustaqilligimizning
34 yilligi
munosabati bilan tumanda
“Hokim sovrini”
olimpiadasi
o‘tkazildi. 12 ta fan yo‘nalishida o‘tgan bellashuvda
10 mingdan ortiq o‘quvchi
ishtirok etdi. Tadbir yoshlarimizning bilimini sinovdan o‘tkazish, ijodiy tafakkurini yuksaltirish va sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qildi.
G‘oliblar
tuman hokimi Sherzod Ashurov
tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.
Dubay shahriga borib kelgan ota-onalar
ham hokim tomonidan yana bir bor tabriklandi. G‘oliblarga diplom va sovg‘alar, ota-onalar va ustozlarga tashakkurnomalar topshirildi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram

August 16, 18:08
Media unavailable
10
Show in Telegram

August 16, 18:08
Media unavailable
10
Show in Telegram

August 16, 16:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
G‘IJDUVON TUMANI HOKIMLIGI RASMIY MUNOSABATI
📌
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “G‘ijduvon hokimi o‘rinbosari ayolga tarsaki tushirgani rostmi?” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
✔️
G‘ijduvon tumani hokimligi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Kamolova hamda fuqaro G. Keldiyorova o‘rtasida yuz bergan voqea yuzasidan tegishli organlar tomonidan qonuniy tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
⚖️
Surishtiruv yakunlangach, uning natijalari bo‘yicha asosli va tekshirilgan rasmiy ma’lumot jamoatchilikka batafsil tarzda yetkaziladi.
👥
G‘ijduvon tumani hokimligi har doim qonunlarga amal qilgan holda, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga sodiq qoladi.
💥
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram

August 16, 09:50
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

Respublikamiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kuchaytirilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Batafsil...
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X