
Go Sport
Энг муҳим спорт хабарлари
Инстаграм —
instagram.com/gosport.uz
Твиттер —
twitter.com/gosportuz
TikTok —
tiktok.com/@gosport.uz
Каналга қўшилиш
https://t.me/+U4AwphR1WQa_vIfB
Tom Aspinall va Siril Gan oʻrtasidagi jang oʻtkazilmagan deb topildi. Hammasiga Ganning mana bu harakati sabab boʻldi.
@gosportuz
UFC 321 doirasidagi jangda dahshatli nokaut sodir boʻldi. Kuillian Solkilld Nasrat Haqparastni high-kick bilan shunchaki uxlatib qoʻydi.
@gosportuz
Oʻzbekiston chempionatida «Qizilqum» hujumchisi Islomjon Kenjaboyev 2-daqiqada «Dinamo» darvozasiga shunday gol kiritibdi.
Oʻzbekistondagi kameralar, ularning takrorlari bu golni faqat xunuklashtirgan. Yaxshisi uzoq kadrdan qayta koʻring.
@gosportuz
«Аynan shu voqeadan keyin men nolishni yig‘ishtirgandim. Bir kuni «Nyu York Niks»ga qarshi juda yomon o‘ynadim. Otam menga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga chaqirdi. Men kechasi uchib bordim. U menga «tong soat 5 da ko‘rishamiz», dedi.
- Nima?
- Eshitganing!
Men bir amallab uyg‘ondim. Mashinaga o‘tirdik va qayergadir yo‘l oldik.
Dadam: - Bosimni ko‘tarolmadingmi?
Men: - Ha, kuchli bosim bo‘ldi.
Biz bir ko‘prik ostiga tushdik.
U yerda uyi yo‘q bir oila yashardi. Otam mashina chiroqlarini o‘chirdi va biz kuzata boshladik. 5:30, 6, 6:30... Palatkadan bir erkak chiqdi. Otam dedi: «Mana bosim!».
Keyin bir ayol chiqdi, so‘ngra ikki bolakay.
- Bosim — bu oilangni qanday qilib boqishni bilmasliging, ilojsizlik. Sen bosim nima ekanini bilmas ekansan. Senlarga yutqazganingdan keyin ham maosh to‘lashadi. Daf bo‘l!».
Shakil O'Nil
Olimpiada chempioni (1996), 1994-yilgi jahon chempioni, to‘rt karra NBA chempioni (2000-2002, 2006). 1996-yilda u NBA tarixidagi eng yaxshi 50 o‘yinchi ro‘yxatiga kiritilgan va butun ro‘yxatdagi eng yoshi bo‘lgan. Bundan tashqari, 2000-yilda NBAning eng qimmat o‘yinchisi deb topilgan, 15 yil davomida (1993-2009) All-Star o‘yinlarida qatnashgan, Uilt Chemberlen bilan birga 9 mavsum (shundan 5 tasi ketma-ket) o‘yindan gol urish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bilan Assotsiatsiya rekordini saqlab qolgan. Shakil O‘Nil o‘z faoliyatida uch marta Yulduzlar o‘yinining (NBA) eng qimmat o‘yinchisi (2000, 2004, 2009) bo‘lgan. 2016-yildan beri Basketbol shon-shuhrat zali a’zosi.
@gosportuz
UFCning og‘ir vazndagi chempioni Tom Aspinall Husanovning fanati ekan
😂
@gosportuz
«Andijon» — «Аl-Haldiya» uchrashuvida qanot hakami jarohat olibdi.
Lekin meni eʼtiborimni boshqa narsa tortdi. Hakamga yordam koʻrsatilayotgan vaqtda boʻm-boʻsh tribunalar koʻzga tashlangan.
«Andijon» OCHLga chiqdi. Endi har bitta uchrashuv bayram boʻladi. Stadion toʻlib toshadi. Haqiqiy joyiga boribdi OCHL»,
degan gaplar boʻlgandi. Qani oʻsha bayram? Qani stadionni toʻldirishi kerak boʻlgan ultra-fanatlar? Chipta shunchalik qimmatmi yoki?
@gosportuz
Shvetsiyada futbol romantikasi! 1500 kishi yashaydigan qishloq klubi mamlakat chempioni bo‘ldi
Anders Torstensson ustozlik qilayotgan «Myallbyu» jamoasi 27-turda «Gyoteborg»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib,
Allsvenskan
(liga nomi) tugashiga 3 tur qolganida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa 2-o‘rindagi «Hammarbyu»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. Hellevik qishlog‘iga qarashli jamoa o‘z tarixida birinchi marta Shvetsiya chempioniga aylandi.
Klub 2016 yildan 2018 yilgacha Shvetsiyaning uchinchi divizionida o‘ynagan. So‘ng ikkinchi divizionga, 2019 yilda esa yuqori divizionga ko‘tarilgan.
«Myallbyu»ga 1939 yili asos solingan. Chempionlikka qadar klubning Shvetsiya yuqori divizionidagi eng yaxshi natijasi 5-o‘rin edi.
Jamoa o‘ynaydigan Hellevik aholi punkti Shvetsiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan va uning aholisi atigi 1500 kishini tashkil etadi. Jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Strandvallen stadioni esa 6750 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
@gosportuz
Husanovning yo‘q jarohati haqida
Avvalambor, aytishim kerak, Husanovning jarohati borasida to‘liq informatsiyaga ega emasman, lekin xuddi siz kabi o‘yin vaqtida ko‘rganimdek bu kabi kontaktlardan keyin futbolchining bir oylab safdan chiqishi deyarli kuzatilmaydigan holat. Shu ma’noda
Husanov uzog‘i bilan 2-3 haftada qaytishi kerak edi.
Nega unda qaytmadi?
Murabbiy Gvardiolani 17 yildan beri kuzatib keladigan odam sifatida, 9 yildan beri faoliyati bilan juda yaqindan tanishib kelganim tufayli bitta xulosani aytishim mumkin. U juda qaysar murabbiy va hamma joyda faqat o‘zinikini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Agar unga kimdir, nimadir o‘sha vaziyatda yoqmay qolsa, buning jazosi bo‘ladi. Va odatda bu kabi holatlarda klub hech qanday tayinli ma’lumot bermaydi. Turli «cho‘ntak insayderlari» jarohat haqida aniq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ommani chalg‘itib qo‘yishadi.
Bu kabi holat ayniqsa «Siti» bilan juda ko‘p bo‘lgan. Jon Stounz, Kayl Uoker, Joau Kanselu va ba’zida hattoki Kevin de Bryuynening ham hech qanday sababsiz jarohat olgani haqida xabarlar paydo bo‘lar va ular qanchadir muddat hech bir sababsiz ko‘rinmay qolardi va kutilmaganda keyingi o‘yinga hali tayinli mashg‘ulot o‘tkazmasdan tushirib yuborilardi. Ayniqsa Stounz va Kevin bilan bu holat ko‘p sodir bo‘lgan. Joau Kanselu namoyishkorona jamoani tark etish istagini bildirmaguncha bu kabi holatlar haqida omma deyarli bilmasdi. Gvardiolaning yana bir yutuqli tomonlaridan biri bu jamoa ichidagi shu kabi holatlarni tarqatmasdan vaziyatdan chiqib ketish.
Xullas o‘sha holatlarning barchasida Gvardiola ma’lum sabab bilan (jismoniy holati yoki intizomga amal qilmaslik va hkz sabablar bo‘lishi mumkin) futbolchilarni go‘yoki o‘yinga tayyor emasdek shunchaki boshqalar uchun tushunarsiz sabab o‘ynatmay qo‘yadigan odati bor. O‘tgan yilning bahorida Husanov bilan sodir bo‘lgan holat ham aslida bunga misol bo‘la oladi.
Qo‘rqamanki, hozir ham shunga o‘xshashroq holat ro‘y bermoqda. Albatta hammasi martdagidek yomon bo‘lmasa kerak. Unda Husanovning terma jamoaga chaqirilishi qaysidir ma’noda qimmatga tushgandi. Bu safar esa, vaziyat undan yengilroq bo‘lishi mumkin va Husanov o‘nlab uchrashuvlarni o‘tkazib yubormasligi tayin.
Ammo Gvardiola va uning xarakteridan kelib chiqadigan bo‘lsak,
Husanovda mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradigan darajada jarohat yo‘q
deb o‘ylayman. Shunchaki qaysidir sabab bilan uni vaqtinchalik chetlatib turibdi. (Balki, Toshkentga kelib ketishida nimadir bo‘lgandir, bunisi xudoga ayon). Gvardiola arazchi xotinlarga o‘xshaydi. Buning biz uchun yaxshi tarafi, u arazini tez unutib yuboradi. Bu safar ham shunaqa bo‘lishiga umid qilib qolamiz.
@gosportuz
🐐
🏆
Lionel Messi MLS muntazam chempionatini het-trik bilan yakunladi. U 28ta oʻyinda 29ta gol urdi va «Oltin butsa» sohibi boʻldi. Shuningdek Leo mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomini yana bir bor oʻziniki qildi.
@gosportuz
Kecha Rossiya chempionatida noyob gollardan biri kiritildi. «Lokomotiv» futbolchisi Dmitriy Vorobyov salkam burchak toʻpi nuqtasidan SSKA darvozasini ishgʻol qildi.
Oʻyindan keyingi intervyusida u kelajakda nabiralariga aynan darvozani nishonga olgani haqida aytib berishini bildirdi.
@gosportuz