
Qo‘shko‘pir tumani hokimi — Shuxrat Axmedov
Qo‘shko‘pir tumani hokimi — Shuxrat Axmedovning rasmiy sahifasi
Qo‘shko‘pir tuman hokimi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
✅
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov Yangilik mahallasida faoliyat olib borayotgan “KAMFORT BESST MEBEL” MCHJga tashrif buyurdi.
✅
Tashrif davomida hokim korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarilayotgan mebellarning sifati hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.
✅
Uchrashuv chog‘ida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha tadbirkor tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.
✅
Mavjud masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
🏭
Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor!
✅
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi
Shuxrat Axmedov
Dovud mahallasida faoliyat yuritayotgan
“ZULHUMOR TEX” MCHJ
korxonasiga tashrif buyurdi.
✅
Tashrif davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish yo‘nalishida tadbirkor tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.
✅
Mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
💼
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
“AVTO BREND CHEXOL” MCHJ faoliyati o‘rganildi
☑️
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov Qoromon mahallasida faoliyat yuritayotgan
“AVTO BREND CHEXOL” MCHJ
korxonasiga tashrif buyurdi.
☑️
Tashrif davomida korxonada amalga oshirilayotgan ish jarayonlari o‘rganilib, faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
☑️
Tadbirkor tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
O‘zbekiston–Xitoy texnoparki maxsus sanoat zonasi
qurilish ishlariga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy delegatsiyalari,
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Davletov
,
Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuxrat Axmedov
, shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan
xorijiy investorlar
qatnashdilar.
2024-yil 29-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 410-sonli qaroriga muvofiq, Yovg‘ur mahallasi hududida
O‘zbekiston–Xitoy texnoparki maxsus sanoat zonasi
tashkil etildi. Ushbu zona uchun
175 gektar
yer maydoni ajratilib, loyihani amalga oshirish “
QO‘SHKO‘PIR XINXIANG INVESTMENT MANAGEMENT
” MChJ boshqaruv kompaniyasiga topshirildi.
Texnopark infratuzilmasi, jumladan, avtomobil yo‘llari, suv va kanalizatsiya tizimlari, tabiiy gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari uchun
160 mln dollar
miqdorida investitsiya kiritilishi, shuningdek
100 megavattli quyosh fotoelektr stansiyasi
barpo etilishi rejalashtirilgan.
Hozirda texnoparkda
16 ta loyiha
shakllantirilib,
1,1 mlrd dollar
xorijiy investitsiyalar jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Natijada
5000 ta yangi ish o‘rni
yaratiladi, yiliga
140 mln dollar
qiymatdagi mahsulot eksport qilinadi va
200 mlrd so‘m
byudjet tushumi ta’minlanadi.
Asosiy loyihalar qatorida ekologik toza bo‘yoqlar, quyosh panellari, akkumulyatorlar, kuzatuv kameralar, elektromototransport vositalari, tibbiyot asbob-uskunalari, aqlli maishiy texnikalar, elektr generatorlari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari mavjud.
Investorlarga bir qator
soliq va bojxona imtiyozlari
taqdim etiladi. Jumladan:
• Transport xarajatlarining 50 foizigacha subsidiyalar;
• Xomashyo importi va tayyor mahsulot eksporti uchun QQSdan ozod etish;
• Kiritilgan investitsiya hajmiga qarab
3 yildan 10 yilgacha
daromad, yer, mulk va suv soliqlaridan ozod etish.
Texnopark faoliyati natijasida tuman iqtisodiyotida zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanib, eksportga yo‘naltirilgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, xorijiy investorlar uchun barqaror va ishonchli hamkorlik muhiti yaratiladi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
✅
Bugun Qo‘shko‘pir tumanining Xalq qabulxonasida tuman hokimi
Shuxrat Axmedovning
sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori
Bobirbek Matrasulov
ham ishtirok etdi.
✅
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon etishdi.
✅
Har bir murojaat alohida e’tiborga olinib, ayrimlari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari o‘rganish va hal etish maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Xorazmda paxtachilikda innovatsion yondashuv amalda o‘z isbotini topmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ishchi tashrifimni yakunlab, Xorazm viloyatiga yetib keldim. Tashrifimning ilk manzili Qo‘shko‘pir tumanidagi “Abdurahmon Yusufboy” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasi bo‘ldi. Dastlab ko‘zga tashlangan jihat — dalaning parvarishdagi mukammalligi va hosildorlikdagi yuqori natija edi.
👉
Batafsil
👈
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Dovud mahallasida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
.
Aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash  maqsadida bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Fuqaro murojaatlari asosan ijtimoiy-iqtisodiy, yer munosabatlari, bandlik, uy-joy, ichimlik suvi taʼminoti kabi masalalarga oid boʻldi. Har bir murojaat joyida oʻrganilib, ayrim murojaatlar qabul davomida ijobiy hal etildi.
Murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига
табрик
Prezident.uz
Ustoz va murabbiylarga bayram
tabrigi
Qo‘shko‘pir.uz
Ustozlar ehtiromi - ezgu anʼana
Inson qalbiga nur sochuvchi, jamiyatga tajriba va mehr tarqatuvchi, har bir muvaffaqiyatli avlodning shakllanishida asosiy o‘rin tutuvchi buyuk siymo — bu ustozdir.
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov o‘zi ta’lim olgan maktabga tashrif buyurib, mehribon ustozlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Uchrashuv chog‘ida tuman hokimi ustozlari bilan maktab davridagi yorqin xotiralarni eslab, dildan suhbat qildi. Shuningdek, Sh.Axmedov mazkur maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ham muloqot qilib, hayotiy tajribasi asosida ularga muhim tavsiyalar berdi, kelajak sari qat’iyat va ilmga intilish zarurligini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida tuman hokimi ustozlarini yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularning fidoyi mehnatlari uchun minnatdorlik bildirib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube