
IHMA Andijon viloyati boshqarmasi
@i_himoya_and
Inson – insonga ko‘makchi!
Qo‘rg‘ontepa tumani “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi” tomonidan seminar-kouching o‘tkazildi.
Seminar-kouchingning asosiy maqsadi – hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishtirish, sohadagi yangilik va o‘zgarishlarni yetkazish, ishtirokchilarning ijtimoiy faolligi va ichki motivatsiyasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida ijtimoiy xizmatlarning yangi yo‘nalishlari, inson qadri va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotda qo‘llash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot va fikrlar almashinuvi orqali ijtimoiy xodimlarning kasbiy salohiyati mustahkamlandi, ishtirokchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur strategiyalar belgilandi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
Xo‘jaobod tumanidagi maxsus maktab-internatlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Xo’jaobod tumanida joylashgan maxsus maktab-internatlarda 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ko‘zdan kechiruv o‘tkazildi.
O’rganish davomida maktab-internatlarning isitish tizimlari, elektr va suv ta’minoti, yotoqxona hamda oshxona sharoitlari, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablari va nazorat-xujjatlari tekshirildi. Tekshiruv jarayonida xavfsizlik choralari, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda zarur yoqilg‘i zaxiralarini to‘liq ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
Rasmiy munosabat
Andijon viloyati Baliqchi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari faoliyatiga doir yo‘llangan murojaatga munosabat
Baliqchi tumani "Omonariq" mahallasida yashovchi II-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro tomonidan tumandagi "Inson" markazining faoliyati, ehtiyojmand shaxslarga joriy etilgan imtiyozlar o‘z egalariga yetib bormayotgani, murojaatlarga esa yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani bo‘yicha o‘zining e’tirozlarini bildirib Telegram tarmog‘ida murojaat qoldirdi.
Ushbu murojaat yuzasidan Baliqchi tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza(TIEK) komissiyasining joriy 2025-yil 882323-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra fuqaroga 1 yil muddatga II-guruh nogironligi belgilangan. Hozirda unga to‘lab berilayotgan nafaqa puli miqdori 1.012.000(bir million 12 ming so’m) so‘mni tashkil etadi. Mahalladagi ijtimoiy xodim fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib "Uzum market" orqali reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan ta’minlagan. Qolaversa, homiylarni biriktirgan holda turli xil ko‘rinishdagi yordamlar ham berib borilgan.
Fuqaro "Kambag‘al oilalar reyestri" dasturiga kiritilganida, norasmiy nikoh asosida yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bo‘lganligi, oila tarkibi to‘liq shakllanmaganligi bois, skroring dasturidan o‘tmagan. Shu bois, fuqaroga kuz-qish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ajratish ro‘yxatiga kiritish imkoniyati bo‘lmaganligini ma’lum qilamiz.
Shu o’rinda, Baliqchi tumanda bugungi kunda 1431 ta oilalar uchun davlat tomonidan kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lab kelinmoqda.
Joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 1847 ta oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilgan.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
“Imkoniyatlar olami” markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Andijon shahrida joylashgan “Imkoniyatlar olami” markazida ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritayotgan nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, ularning salomatligini mustahkamlash va mehnat faoliyatida yuqori samaradorlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonlarida 70 dan ortiq nogironligi bo‘lgan xodimlar ishtirok etdilar. Mutaxassis shifokorlar tomonidan ularning umumiy sog‘ligi, yurak-qon tomir tizimi, ko‘rish, eshitish va asab tizimi holati bo‘yicha batafsil tekshiruvlar amalga oshirildi.
Tadbir yakunida tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, har bir ishtirokchiga individual tavsiyalar berildi hamda sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha maslahatlar taqdim etildi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
Inson-insonga ko’makchi!
Xo’jaobod tumani “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi” tomonidan seminar-kouching o‘tkazildi. Tadbirda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari, mahalla faollari va hudud aholisining vakillari ishtirok etdi. Seminar-kouchingning asosiy maqsadi – hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishtirish, sohadagi yangilik va o‘zgarishlarni yetkazish, ishtirokchilarning ijtimoiy faolligi va ichki motivatsiyasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ijtimoiy xizmatlarning yangi yo‘nalishlari, inson qadri va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotda qo‘llash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot va fikrlar almashinuvi orqali ijtimoiy xodimlarning kasbiy salohiyati mustahkamlandi, ishtirokchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur strategiyalar belgilandi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, kuz-qish mavsumida muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 000 000 so‘mlik bir martalik moddiy yordam berilmoqda.
Ushbu moddiy yordamlar isitish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir xaridi uchun to’lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan.
Fuqarolarga to’lovlar
2025 yil 27-oktabrdan boshlab, AT "Xalq banki" orqali amalga oshiriladi
(bank kartasi yoki naqd shaklda).
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
"Andijon nafasi" teleko‘rsatuvi: ijtimoiy soha borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Bu galgi jonli efir dasturida
nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar hamda Adaptiv sport borasida amalga oshirilayotgan ishlar
yuzasidan mutaxassislar bilan suhbat o'tkazildi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
Nogironligi bor shaxslar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi
Andijon shaharda joylashgan "Imkoniyatlar olami" markazida ijtimoiy himoya tizmidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
Ertaga, soat 9:00 dan boshlab ko’rik jarayonlari olib boriladi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qanday yordamlar ko‘rsatiladi?
Bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari faol ravishda joriy etilmoqda.
Bunda esa ular uchun oilaviy muhit ta’minlash, ta’lim-tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bu borada bir qator dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.
Endi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oila muhitida katta bo‘ladi, qadriyatlarga mos ta’lim va tarbiya bilan. Ya’ni, bolalarni muqobil joylashtirish shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
1. Vasiylik va homiylik
2. Bolalarni farzandlikka olish
3. Tutingan oila – oilaviy bolalar uyi
4. Ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalari
"Tutingan oila" deganda nima tushunamiz?
Bolalarni shartnoma asosida oilaga tarbiyaga (patronat) va oilaviy bolalar uyiga olgan oila Hisoblanadi.
Bunda, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tutingan ota-onalarga, ya’ni, patronatlarga ularni parvarishlash va tarbiya qilishlik uchun beriladi. Tutingan ota-onalarga esa qaramog‘iga olingan har bir bola uchun davlatimiz tomonidan eng kam ish haqini 1,5 baravari miqdorida pul mablag‘lari har oy ajratiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatimizda 49 nafar tutingan ota-onalarga 69 nafar voyaga yetmagan yetim bolalar tarbiyaga(patronatga) berilgan va har oyda bolalarning parvarish ta’minoti xarajatlari uchun har oyda pul mablag‘lari to‘lanib kelinmoqda.
Quyidagi shakllarga ko‘ra bolalarni tarbiyaga olishni xohlovchi shaxslar joylardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilishlari mumkin.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati