
Andijon | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi(Andijon viloyati)ning  rasmiy telegram sahifasi
instagram.com/ima_andijan
facebook.com/ima.andijan
#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul
🤩
AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
📆
Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov Nurafshon shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.
✅️
Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
🗺
Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yangiobod" MFY, "Yangiobod" ko‘chasi 36-uy.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
Agentlik xodimlarining 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tabrigi
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Tavallud_kun
Bugun 19-oktyabr Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori
Isaqova Muhayyo Xabibullayevna
ning tavallud kunlari. Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va maktab-internatlar jamoasi
Muhayyo Xabibullayevna
ga sihat-salomatlik, ish faoliyatlari davomida ulkan zafarlar tilaydi.
🌍
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda
(hududiy boshqarmalarda)
markazlashgan holatda chop etilmoqda.
Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarning zimmasidagi vazifaga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallar tarqaldi.
Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.
Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida
(9-10-11-sinf)
qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz
.
Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir.
Shu munosabat bilan, agar Sizga:
➖
olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa,
➖
jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari
Markazning maxsus boti
yoki
ushbu  (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
Qahramonlar oramizda!
Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olish o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.
Yaqinda yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi
Billura Ikromova
faoliyati alohida e’tirof etilib, unga
Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili
topshirilgan edi.
Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.
Filmni yurtimizdagi barcha
fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari
ko‘rishini istar edim.
Bu
“Najot”
loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film.
Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish
.
Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.
Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.
Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/w2f4UQSGsXw
@hilola_umarova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Agentlik tizimidagi bir guruh ustoz va rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Bu yuksak mukofotlar — ularning bilim va tajribasi, yoshlarga mehr-muhabbati hamda fidoyiligi e’tirofi sifatida berildi.
➖
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni bilan:
Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich
– Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab fizika fani o‘qituvchisi (
Xorazm viloyati
)
➖
«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan:
Raximov Xamidjon Mamajonovich
– Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori
(Farg‘ona viloyati)
➖
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
Tadjibayeva Maʼmuraxon Ashuraliyevna
– Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori
➖
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
Ziyayeva Moxidil Baxtiyorovna
– Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
(Sirdaryo viloyati)
➖
“Do‘stlik” ordeni bilan:
Volfgang Anton Herrmann
– «Yangi O‘zbekiston» universiteti faxriy prezidenti
Drujinina Yelena Sergeyevna
– Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiyi
Marsden Abbey Nikole
– Andijon shahridagi Prezident maktabi kimyo fani o‘qituvchisi
(Andijon viloyati)
➖
“Shuhrat” medali bilan:
Amanova Zulxumor Mutalovna
– Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab informatika fani o‘qituvchisi
(Toshkent viloyati)
Zanjirova Xurshida Maxmudovna
– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab informatika fani o‘qituvchisi
(Toshkent shahri)
Ergashev Sherzod Shodibek o‘g‘li
– Jizzax shahridagi Prezident maktabi matematika fani o‘qituvchisi
(Jizzax viloyati)
Ustozlarimizning mehnati va fidoyiligi kelajak avlod tarbiyasi hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Barcha taqdirlangan ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
PREZIDENT MAKTABI O‘QITUVCHISI  “DO‘STLIK” ORDENI BILAN MUKOFOTLANDI
1-oktabr o‘qituvchi va murabbiylar  kuni arafasida davlatimiz rahbarining
"O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
"gi
qarori
bilan mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun bir qator o‘qituvchi va murabbiylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
😁
Quvonarlisi, ushbu o‘qituvchi va murabbiylar orasida Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Marsden Abbey Nikole
ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi! Bu yutuq – o‘qituvchilar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, ilm-fan va ta’lim yo‘lida fidokorona mehnat qilishning yorqin natijasidir.
🎉
Prezident maktabi jamoasi,  Marsden Abbey Nikoleni samimiy qutlab, uning kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilaydi!
Bizning sahifalarimiz:
🌍
Veb-sayt
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
Таълим. Кеча ва бугун.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich
— O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🎓
PREZIDENT MAKTABI O‘QITUVCHISI FALSAFA DOKTORI (PhD) DARAJASINI OLDI
Andijon shahridagi Prezident maktabining Tarix fani  o‘qituvchisi
Olimov Nodirbek Anvarjon o‘g‘li
dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2025-yil 6-sentyabr kuni Farg‘ona  davlat universiteti huzuridagi
PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05 raqamli
ilmiy kengashda Olimov Nodirbek Anvarjon o‘g‘li 07.00.07 –
Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi
bo‘yicha yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tadqiqotchi kengash a’zolari va rasmiy opponentlarning savollariga javob berdi. Kengash a’zolari tomonidan berilgan ovozlar 100% ma’qullanib,
Olimov Nodirbek Anvarjon o‘g‘li
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
🎉
Prezident maktabi jamoasi, Olimov Nodirbek  Anvarjon o‘g‘lini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm-fan yo‘lida katta muvaffaqiyatlar tilaydi!
Bizning sahifalarimiz:
🌍
Veb-sayt
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook