Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Insaf’s articles

insafs_articles

Maqolalarni o’zimni rivojlantirish uchun yozaman. Boshqalarga foydasi tegib qolar deb kanalda ham ulashaman. Foydali bo’lsa siz ham ulashing

Subscribers
947
Post views
1 376
ER
144,47%
Posts
133
October 28, 13:59

Qavha ichishni yoqtiraman.
Shunchaki yoqtirmayman, balki, har kuni 1 ta chashka ichmasam boshim og'rib qoladigan darajada yoqtiraman)
Qahva ichish madaniyati O'zbekistonda endi-endi shakllanmoqda. Bir statistika o'qigandim AQSHda 73% odam kunni qavha bilan boshlarkan.
Ularda bu bo'yicha juda katta bozor shakllangan. Bizda 5% ham chiqmasa kerak. Ularning ham aksariyati o'zi uyda tayyorlab qahva ichishadi.
Qahvaga oid bir loyiha boshlayotgan edik. Shu loyihani ishga tushishida sizning yordamingiz men uchun juda muhim.
Bor yo'g'i 3-4 daqiqa vaqtingizni ajratib, quyudagi link orqali o'tib so'rovnomada ishtirok eshiting.
Har biringizni, har bir javobingiz yangi loyihamizni ishga tushishida juda katta yordamchi bo'ladi.
So'rovnomada ishtirok etganlarni orasidagi o'zimga eng yoqqan javob vakilini esa kofe ustida suhbatga taklif qilaman. Vakilasining kartasiga dugonasi bilan maza qilib qavha ichishi uchun pul o'tkazib beraman)
Har biringizning javobingiz men uchun muhim. E'tiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman. Oldindan rahmat kattakon. So'rovnoma
👇
https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8
https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8
https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8

October 07, 17:04

Kitob nega doimiy o’qiladi?
Ma’lumot olish, sohada rivojlanish va yanada yangi marralarga erishish uchunmi?
Fikrimcha yo’q.
Kitobni doimiy o’qishdagi eng katta o’rganiladigan ko’nikma bu - distiplina.
Ma’lumot olish, sohada rivojlanish uchun turli kurslar, podcastlar, video darslar kitobdan tezroq foyda beradi ham.
Lekin kitobda shunday ma’lumotlar bor-ki, ularni boshqa yerdan topolmaysiz.
Aynan shuning uchun ham doimiy kitob o’qishga harakat qilaman.
Lekin yaqinda o’zim uchun yangi
“Tingla”
start up’ini kashf qildim.
Menga o’xshab kitobdan o’rganishni xohlaydigan, ammo doim ham kitob o’qishga vaqti bo’lmaydigan insonlar uchun ideal yechim qilishibdi.
“Tinla”da
allaqachon sohaga oid eng TOP kitoblar boshqa mutaxassislar tomonidan o’qilib, umumiy xulosalar yozib qo’yilgan.
15-20 daqiqada butun boshli kitobni eng zo’r insight’larini o’qishingiz yoki tinglashingiz mumkin.
“Tingla”
loyihasi yaqin birodarimiz tomonidan tashkil qilingan. O’zim foydalanib ko’rdim. Juda yoqdi. Sizga ham tavsiya qilaman.
Yuklab oling va foydalanib ko’ring
👇🏻
https://qr.me-qr.com/l/TinglaAI
https://qr.me-qr.com/l/TinglaAI

September 14, 16:11

Ukam suhbatda yaqinda eshitganim bir hikoyani eslatdi:
Qarg’a va chumchuq birga uchib ketishayotganini ko’rgan odamlar hayron bo’lib ularni kuzatishdi.
Yerda qo’ngandan keyingina nega ular birga uchgani ayon bo’libdi. Ularning ikkisi ham cho’loq edi. Ularni umumiylashtiruvchi jihat bor edi.
40 kuncha oldim jamoadagi bollar bilan kelishib bir nechta odatlarni shakllantirishni kelishib olgandik.
Alhamdulillah bugungacha birortamizda, birorta odat bajarilmay qolmadi.
Hozir hammamizda 5 tadan har kuni bajarishimiz kerak bo’lgan odatlar bor.
Asosiy sabab: “Barchamizni umumiylashtiruvchi jihat bor - isloh”.
Avval o’zimizni va o’zimiz orqali oilamizni.
Aynan shu niyat bizni birlashtirdi. Shu niyat bizni har kuni rivojlanishga majbur qilmoqda.
Umumiy muammodagi, umumiy fikrdagi insonlar bilan birga bo’lish sizni yana ham rivojlantiradi
@insafs_articles

September 04, 15:33

Yo'l uzoq, juda uzoq.
Men esa yurishni endi boshladim.
Eng qizig'i bu uzoq yo'l nisbiy. Boshqa uchun uzoq yo'l, men uchun shu yerda tugashi mumkin. Yoki teskarisi.
Buni esa bilib bo'lmaydi.
Har qadam ortida hikmat yashirin. Anglagan anglab boraveradi, har qadamdan hikmat oladi va yo'l oxirida baxtli ekanini sezadi.
Anglamagan insonni yo'li ham albatta tugaydi. Lekin yo'l tugaganida anglamagan yo'lda bo'lganini ham sezmagan bo'ladi.
Yo'l qachon tugashini esa bilib bo'lmaydi.
Aslida bilish muhim ham emas. Muhimi yo'lda bo'lish. Yo'lda ekanini, to'g'ri yo'lda ekanini his qilish.
Yo'l uzoq, men esa endi boshlagandekman. To'g'ri yo'ldamanmi? Mana shunisi muhimroq.
@insafs_articles

June 16, 20:48

“Nimani xohlaysan?”
“Hech narsani xohlamaslikni xohlayman…”
Bu gapni birinchi o‘qiganimda oddiy qabul qilgandim. Hatto biroz g‘alati ham tuyulgandi.
Lekin keyin tushundim bu so‘zlar ortida haqiqiy erkinlik va ichki mustaqillik yashirin ekan.
Chunki biz xohishlarimiz tufayli bezovta bo‘lamiz.
Juda ko’p narsani xohlaymiz va
shu xohishlar bizni doimiy “Bir narsa yetmayapti” degan ichki holatda ushlab turadi.
Xohish kutuvni keltirib chiqaradi. Kutuv esa hozirdan qoniqmaslikni.
Hech narsani xohlamaslikni xohlayman deyish esa eng avvalo hoziridan qoniqishni, buguniga rozi bo’lishni anglatmasmikan?
Ulug’ maqom. Bunday bo’lish qiyin. Har qadamga shukr qilish. Birni ko’rib fikr qilish qiyin.
Nasib qilsin barchamizga)
@insafs_articles

June 15, 09:32

Qizimga xat...
"Umuman sen haqingda ma’lumotim yo’q bo’lganda, hali uylanmasdanoq
senga xatlar yozishni boshlagandim
. Mana bugun endi shu xatlarga yozadiganlarimni o’zingga ham aytib bera olaman qizim."
@insafs_articles

June 14, 18:45

Yolg’onga olib boruvchi eng qisqa yo’l bu - ko’p gapirish.
Sabablari juda oddiy.
1. Ko’p gapirgan odam har doim nima deganini yodda saqlay olmaydi.
Har doim yangi gap topish unda bosim hosil qiladi. Gap topish uchun ba’zan haqiqat bo’lmagan gaplarni ham ishlatadi.
2. Ko’p gapiradigan odamda e’tiborni tortishga moyillik ham kuchliroq bo’ladi.
Har doim e’tibor markazida bo’lish, hamma mavzuda gaplasha olish bilan bo’lishi mumkin.
“Ko’rmagan futbolini ko’rdim” deb uyalib qolgan tanishlarim ko’p edi…
3. Ko’p gapirgan odamda so’z nazorati bo’lmaydi.
Shoshib gapirishi oqibatida bo’rttirilgan yoki yolg’on so’zlar chiqib ketish ehtimoli yuqori bo’ladi.
Aynan shu va boshqa sabablar tufayli ko’p gapirgan odamda yolg’onga moyillik oshib ketadi.
@insafs_articles

June 09, 19:16

"Hattoki qahva ham tayyorlashga vaqting bo'lmasa-da, kundalik fikrlarni yozib borishing shart" Naval Ravikant
Kitobni o'qiganimda shu joyiga uncha e'tibor bermagan ekanman. Bugun ayolim zo'r iqtibos ekan deb ko'rsatib qoldi.
Haqiqatdan bir qarashda sodda. Lekin ichiga kirsangiz juda keng ma'no bor.
Qahva tayyorlashga vaqti bo'lmagan odam qanday bo'ladi? Juda ham band, ishlari ko'p va charchagan.
Naval aynan shunday vaqtda ham yozgin. Seni yozish qutqaradi demoqchi.
Nega? Chunki fikrlarini yozish orqali inson uni ichidan tashqariga chiqaradi.
Buni birinchi foydasi fikrlarga tashqaridan qarab baho bera oladi. "Shuni ham o'ylab yuramanmi? Oddiy narsa-ku" degan qo'shimcha fikr shakllanadi.
Ikkinchi foydasi esa fikrlar tartiblashadi. Bir kunda yuzlab fikr hayolimizga keladi. Ularni tartiblashni yagona yo'li yozish.
Miyadagi fikrlarni yozish ichki monologdan qochib, dialog hosil qilishga o'xshaydi.
Monologda bir tomon gapiradi. Yozgandan keyin u ikki kishilik suhbatga ya'ni dialogga aylanadi.
Vaqtingiz bo'lsa yozing.
Vaqtingiz bo'lmasa esa yozishingiz shart...
#yozishgamotivatsiya
Hamjamiyatga qo’shilish
🔗

June 07, 19:34

O’rnak bo’lish hisi
Yaqinda o’quvchilarim bilan 40 kunlik challenge boshlagandik.
Challenge shartiga ko’ra 40 kun telegram kanalda maqola yozish kerak edi. Mana bugun 29-kun. Shu 29 kun davomida har kuni yozdim.
Bunga sabab mag’lub bo’lgan odam to’lashi kerak bo’lgan jarima (100$) emas umuman.
Agar sabab shu bo’lganda allaqachon yozmay qo’ygan bo’lardim.
Har kuni yozishga majbur qilayotgan narsa
o’rnak bo’lish hisi.
10 dan ortiq o’quvchi men bilan birga har kuni yozishyapti. Agar 3-4 kun yozib keyin o’zim tashlab qo’yganimda nima bo’lardi?
Ular ham katta ehtimol yozmay qo’yishardi.
O’rnak bo’laman deb kech soat 00:30 da ham yozib o’tiribman.
O’rnak bo’laman deb kitob o’qirdim. O’rnak bo’laman deb masjidga qatnardim. O’rnak bo’laman deb ota-onamga yana ham yaxshi munosabatda bo’lardim.
O’rnak bo’lish hisi bilan ham ancha ish qilsa bo’larkan…
@insafs_articles

June 03, 19:06

Ustozimdan kitob o’qish haqida so’raganimda “Kitob o’qishdan avval o’qishni boshlang” deb javob berganlari hali ham esimda.
Kitob o’qish uchun o’qishni boshlash kerak?
Shunday. Avval o’qishni boshlash kerak.
Bitta kitob o’qish oson. Har doim aytaman biror ishni bir marta qilishdan oson ish yo’q. O’sha ishni doimiy qilish aslida qiyinroq.
Kitob o’qishni doimiy qilishdan avval kichikroq narsalarni o’qishni o’rganish kerak.
Masalan, maqolalar. Maqolalar odatda kitobga qaraganda ancha kichik bo’ladi. Maqolalar o’qishga qiyin bo’lsa telegram kanaldagi postlarni o’qishdan boshlash kerak.
U ham qiyinlik qilsa tvitlar (twitterdagi postlar)ni o’qishdan boshlasa bo’ladi. Twitter’da yozilgan postlardagi harflar soni cheklangan bo’ladi va bu odamlar qisqa yozishiga sabab bo’ladi.
Demak, doimiy kitob o’qish uchun:
Avval twit o’qing, keyin nisbatan kattaroq telegramdagi postlarni o’qishni boshlang, undan keyin maqolalar, keyin kichikroq kitoblar, ana undan keyin katta-katta kitoblarni oson o’qishingiz mumkin.
Bittada 500 betlik kitobni o’qish doimo kitob o’qib yurgan insonga oson, lekin kitob o’qishni endi boshlagan insonga qiyin.
Oxirgi vaqtlar kitob o’qishdan chiqib qolganim uchun hozir bolalar uchun yozilgan qisqa hikoyali kitoblar o’qiyapman.
Maqsad o’qishni o’rganish. Doimiy va ko’proq o’qishni o’rganish.
@insafs_articles