
ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI
ISFT instituti talabalarini kompyuter savodxonligini oshirish uchun ochilgan kanal.
Savol va takliflar uchun:
@uz_super_admin
YouTube:
youtube.com/@isft_ks
Instagram:
instagram.com/isft_ks
❤️🔥
Ishchi stolda tezkor usulda papka yaratish
📝
Telegram
Ilon Mask shaxsiy robot armiyasini tarbiyalayapti
Gap faqat Twitter-botlar armiyasi haqida emas, balki haqiqiy
Tesla Optimus
haqida. Kompaniyaning rejasida shu yil minglab robotlar yaratish bor.
«Optimus mehnat bozorini o‘zgartiradi va insoniyatni charchatadigan ishdan ozod qiladi»
📝
Telegram
📱
OpenAI ChatGPT’ni operatsion tizimga aylantirmoqda
ChatGPT rahbari Nik Törli servisni to‘liq funksional platformaga aylantirish rejalari haqida
bayonot
berdi.
Brauzerlar singari, ChatGPT kelajakda raqamli xizmatlarga kirishning markaziy nuqtasiga aylanishi mumkin. So‘nggi paytda tizimga uchinchi tomon ilovalarini ulash imkoniyati qo‘shilgani bu yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi.
Endi foydalanuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chat oynasida ovqat buyurtma qilish yoki sayohat bron qilish kabi ishlarni bajarishlari mumkin. OpenAI bu ekotizimni rivojlantirish uchun sobiq Apple dizaynerlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Törlining aytishicha, ChatGPT — bu OpenAI’ning insoniyatga xizmat qilish missiyasini yetkazish vositasi. Agar bu yondashuv muvaffaqiyatli bo‘lsa, u raqamli hayot uchun yangi turdagi operatsion tizimni yaratishi mumkin.
📝
Telegram
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki
malakali kadrlarga ham bog‘liq
. Bu sohaning asosi –
matematika va informatika
. Shu bois,
kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak
”,
– dedi Prezident.
Keyingi o‘quv yilidan
“Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular
kiritiladi. Buning uchun
Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik
ishlab chiqiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida
sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil
100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi
tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida
maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini
o‘qitadi. Har yili
eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi
xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi
sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida
“Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi
ham boshlandi. Bu yil
100 ming
, kelasi yil
kamida 500 ming yoshlar
o‘qitiladi.
Loyiha bilan
maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish
muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili
sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov
o‘tkazilib,
eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.
Bunda
500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil
bilan taqdirlanadi.
📝
Telegram
#dastur
E-IMZO
— bu elektron raqamli imzo (ERI) yaratish, tekshirish va hujjatlarni elektron shaklda imzolash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir. U O‘zbekiston Respublikasida elektron hujjatlar aylanishi tizimida keng qo‘llaniladi.
Dastur imkoniyatlari
🔺
Elektron hujjatni ERI bilan imzolash.
🔺
Imzolangan hujjatni tekshirish va tasdiqlash.
🔺
Bir nechta imzo bilan hujjatni imzolash imkoniyati.
🔺
Elektron kalitlar (ERT kalitlari) bilan ishlash: USB token, ID karta yoki fayl shaklida.
🔺
E-hujjat va
my.gov.uz
,
id.egov.uz
,
soliq.uz
,
xarid.uz
kabi davlat platformalariga kirishda foydalanish.
Dasturdan foydalanish uchun kerak bo‘ladi
🔺
Elektron raqamli imzo kaliti (ERT kalit) – bu foydalanuvchiga Davlat raqamli ishonch markazi (DGI Markazi) yoki davlat xizmat markazlari orqali beriladi.
🔺
E-IMZO dasturi – kompyuterga o‘rnatiladi (Windows, Linux va macOS versiyalari mavjud).
🔺
Brauzer kengaytmasi (plugin) – Chrome yoki Edge kabi brauzerlar orqali E-IMZO’ni ishlatish uchun o‘rnatiladi.
📝
Telegram
💾
Fleshkani oddiy yo'l bilan formatlab bo'lmaganda ushbu usuldan foydalaning!
📝
Telegram
#foydali
Bilasizmi? Siz bir oyda 72 mln so'mgacha komissiyasiz P2P o'tkazmalarni amalga oshirishingiz mumkin
Quyidagi ilovalarda P2P o'tkazmalarni ma'lum Limitgacha bepul amalga oshirsa
bo'ladi.
— Alliance Pay -
10 mln
so'mgacha;
— Chakanapay -
10 mln
so'mgacha;
— Anorbank -
5 mln
so'mgacha;
— Xazna -
5 mln
so'mgacha;
— Hamkor -
5 mln
so'mgacha;
— BRB -
5 mln
so'mgacha;
— Smartbank(OpenBank) -
5 mln
so'mgacha;
— SQB Mobile -
5 mln
so'mgacha;
— Mavrid -
5 mln
so'mgacha;
— Sello SuperApp -
5 mln
so'mgacha;
— Davr Mobile -
3,5 mln
so'mgacha;
— Milliy 2.0 -
3 mln
so'mgacha;
— Paynet -
3 mln
so'mgacha.
— Alif -
1 mln
so'mgacha;
— Oq -
1 mln
so'mgacha;
— Humans -
1 mln
so'mgacha;
Umumiy hisobda, 72.5 mln so'mgacha bo'lgan foizsiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Har bir ilova o'ziga xosliklarga ega bo'lib, ularning barchasi oson va qulay foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
📝
Telegram
😎
Sun'iy intellekt o'z yo'liga lekin shunday perfessional dasturlar borki unda dizaynerlar tomonidan yaratilgan ishlar beqiyos!
📝
Telegram