Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KitobQand

kitobqand

Kitobqand — totli mutolaa maskani
🍃
Ish vaqti: Dushanba-shanba 09:30-17:00
Yakshanba dam olish kuni.
Murojaatlar uchun:
@kitobqand_murojaat

Subscribers
1 130
Post views
949
ER
87,07%
Posts
609
October 23, 08:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

✍️
Kecha
KitobQand
kutubxonasida xalqaro biolog olim va ko‘plab tarixiy, avtobiografik, intellektual asarlar muallifi
Baxtiyor Abdug‘afur
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔬
Tadbirda Ustoz asarlari haqida, ularning yozilish jarayoni, mutaxassisliklaridan yozuvchilikka qadam qo‘yishlaridan tortib, farzandlarimizga ilm-ma’rifatni o‘rgatishda biologiya, kimyo, fizika kabi tabiiy fanlarning vazifasi va metodikalari,
sog‘lom hayot
, zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatida viruslarga qarshi kurashish choralari,
vaksinalar
,  farmatsevtikaning ahamiyati borasida, genetika va
klonlashtirishga
oid to‘g‘ri tushunchalar aslida qanday bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
📱
Yana ilm-fanda
sun’iy ongning
o‘rni va undan samarali foydalanish, “science” va “top science” da me’yorni topa bilish, dalillar bilan ishlash, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining asarlarini tabiiy fanlar bilan bog‘lab ilmiy ishlar qilish borasida, shuningdek,
yozuvchilik
, ilmiy tadqiqotchilik va tarjimonlikka oid tavsiyalar berdilar, tajribalari bilan bo‘lishdilar.
🔎
E’tiborlisi,
havas
-
hasadning
inson organizmiga ta’sirini va ayniqsa
oila
qurish zaruriyatini
biologik
jihatdan
tahlil
qilib berdilar.
🚀
Savol-javoblar chog‘ida samimiy yumor hissi bilan kitobxonlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Ilm-fanga mehr uyg‘otib, jamiyatimizni har tomonlama taraqqiy etishiga hissa qo‘shishga, o‘z ustimizda muntazam ishlashga ruhlantirdilar.
🌳
Ustoz Baxtiyor Abdug‘afurga tashriflari va mazmunli suhbatlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Xalqimizning ma’naviy xazinalarini boyitishda barakali ijod, kuch-quvvat va bardavomlik tilaymiz!
Telegram
|
Instagram

October 23, 03:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#muhim

KitobQand
kutubxonasi bugun texnik ishlar sababli ishlamaydi.
📚
Ayni damda kitobxonlarimizdan
ijaraga olgan kitoblarini
@kitobqand_murojaat
akkauntiga
ism-shariflari, kitob nomi va raqamini yozib, uzaytirib
turishlarini iltimos qilamiz.
😣
Barcha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
Telegram
|
Instagram

October 22, 07:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

👇
Manzilimiz shu yerda:
https://yandex.com/navi/org/kitobqand_qahvaxonasi/71782694509?si=k9ydh64meejurq9uv0rx9ca0m0

October 22, 07:08
Media unavailable
1
Show in Telegram


KitobQand kutubxonasi va Irmoqlar loyihasi siz aziz kitobxonlarni yana bir samimiy uchrashuvga chorlaydi!
🖊️
Bu galgi mehmonimiz biologiya fanlari doktori, olim, “Men – Odil Ahmedov”, “Qonli gullar vodiysi: Madaminbek”, “Uzbechka”, “Kazbek – Osiyo arsloni”…

October 21, 07:00
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#tashrif
🖋
Kecha kutubxonamizda
taniqli muharrir, musahhih, kopirayter, tarjimon,
tahrirchi
loyihasi muallifi
G‘iyosiddin Umarxon
mehmon bo‘ldilar.
⚡️
Samimiy tilaklari va tilimiz rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissalari uchun G‘iyosiddin Umarxonga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
🇺🇿
KitobQand
jamoasi barchangizni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan qutlaydi!
Telegram
|
Instagram

October 18, 12:40
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

📚
📚
📚
📚
📚
🇯🇵
Bugun Toshkent Davlat Yuridik Universitetida
Nagoya huquq fanlari doktori,
Alisher Umirdinovning
“Salom, Yaponiya”
nomli navbatdagi kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🎎
Taqdimotda
Ustoz
o‘zlarining
Yaponiyadagi hayotlari, ilmiy izlanish va tajribalari, madaniy kuzatuvlari haqida qiziqarli hikoyalar
bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek,
kitobning yozilish jarayoni, undagi muhim mavzular
hamda
Yaponiyaning o‘ziga xos hayot tarzi
borasida ham so‘z yuritdilar.
🏯
Iliq muhit va samimiy suhbatlarga boy uchrashuvda
talabalar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘z savollariga javoblar oldilar.
🪴
Tadbirdan
kunchiqar yurtning o‘ziga xos dunyosiga “sayohat” qilib, olam-olam taassurotlar, yangi g‘oyalar, ishtiyoq, umid-maqsadlar bilan va albatta, muallif dastxati tushirilgan yangi kitoblar
bilan qaytdik.
📚
Endilikda
“Salom, Yaponiya!”
kitobini
Yuridik Adabiyotlar Publish
do‘konidan xarid qilishingiz yoki
KitobQand
bepul kutubxonasidan ijaraga olib mutolaa qilishingiz mumkin.
🚀
“Peshqadam Karvoni”
jamoasi nomidan Ustozga, hammualliflarga hamda kitobning o‘quvchilar qo‘liga osonlik bilan yetib kelishiga hissa qo‘shgan insonlarga tashakkur aytib, faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaymiz!

Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
Facebook

October 17, 07:40
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🔘
Ayni damda kutubxonamizda
Peshqadam Ilmiy Markazi
ustozlari ishtirokida
ilmiy maqola yozish
bo‘yicha
mahorat
darsi bo‘lmoqda.
🗺️
Ilmiy faoliyatga ilk qadamlar
KitobQand
kutubxonasidan boshlanadi!
Telegram
|
Instagram

October 16, 06:46

KitobQand
pinned a photo

October 16, 06:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


KitobQan
d kutubxonasi va
Irmoqlar
loyihasi siz aziz kitobxonlarni yana bir samimiy uchrashuvga chorlaydi!
🖊️
Bu galgi
mehmonimiz
biologiya fanlari doktori, olim,
“Men – Odil Ahmedov”, “Qonli gullar vodiysi: Madaminbek”, “Uzbechka”, “Kazbek – Osiyo arsloni”, “Sulton Jaloliddin Manguberdi”, “Azal muhri”
kitoblari muallifi
Baxtiyor Abdug‘afur.
⭕️
22-oktabr, chorshanba
⭕️
14:00
⭕️
KitobQand
kutubxonasida
⬇️
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu
so‘rovnomani
to‘ldiring.
Kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyat — ilhom, suhbat va yangi g‘oyalar manbai sizni kutmoqda!
Telegram
|
Instagram

October 09, 06:00
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

Jadidlarni yod olib…
4-oktyabr. 1938-yil. Ruhi tetik, qalbi uyg‘oq o‘g‘lonlar, millat kelajagini o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘lgan ziyolilar o‘sha davr tuzumi qaroriga binoan otib tashlandi. O‘q yetmaganlar bolta bilan chopildi. Biroq Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari umriga ularning ta’siridan cho‘chigan vahshiy tuzum tomonidan nuqta qo‘yildi. Ertasiga bo‘lsa “qarori”ning ijrosi amalga oshirib bo‘lingan sud “sahnalashtirildi”...

Shukrlar bo‘lsinki, jadidchilik deya atalgan ijtimoiy-ma’rifiy harakat a’zolarining nomlari oqlandi. Ular qoldirgan, erkinlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan meros tadqiq etila boshlandi, ular intilgan ezgu g‘oyalar amalga oshib bormoqda.

Bugun “
Kitobqand
” kutubxonasida o‘tgan tadbirda mustaqillikka qadar yashirilgan haqiqatlar ochiqlandi. Hech qayerda aytilmagan, qiziqarli ma’lumotlar olindi.
🟢
Xususan, yozuvchi, jurnalist, shoir va tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Cho‘lpon: qush esdaligi” hujjatli filmi ssenariysi muallifi
Nabi Jaloliddin
Cho‘lponning isyonkor tabiatini ajib chizgilar bilan ochib bergan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti yetakchi vakillaridan bo‘lgan Abdulla Qodiriyning nabiralari, yozuvchi
Sherkon Qodiriy
“O‘tgan kunlar” romani qahramonlariga alohida to‘xtalib, “Zaynab Kumushning o‘rnida bo‘lishi mumkinmidi?” degan masalaga ham oydinlik kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist
Erkin Malik
boshqargan uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir
G‘ayrat Majid
jadidlar bilan faxrlanib yurish emas, balki o‘z davrining ilg‘or farzandi bu bobokalonlarimizga munosib avlod bo‘lish kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilganlarning ma’ruzalarni qiziqish bilan tinglaganlarini, o‘qishga, izlanishga ishtiyoqlarini ko‘rgan G‘ayrat Majid “Kitobqand”ga uyushma tomonidan 100 ta kitob hadya qilinishini ma’lum qildi.
⚠️
Fotosuratlar oq-qara tasmaga suratga olinganga o‘xshaydi. Sabab zalimiz qorong‘i. Boisi bugun “Kitobqand”da chiroq o‘chib qolgan. Lekin bu anchadan buyon kutilgan tadbirni o‘tkazishga to‘sqinlik qila olmadi. Balki chiroq o‘chib, bir muddat zulmatning g‘olib kelishi millatning erkparvar jangchilari, qalam bilan, so‘z bilan jang qilgan ziyolilari vahshiyona otib tashlangan o‘sha sanani yana bir karra esga soldi xolos.

Samimiy kechgan suhbat parchalarini tez orada kanalimiz orqali e’tiboringizga havola etamiz.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
| Facebook