
Ummu Fatihiy || Kopirayter bilan
Kanal yuritasizmi?
Unda biz bilan qoling,
ekspertiza o'tkazamiz!
300$ lik bilimlarimni baham ko'raman
Agar kanal ochmagan bo'lsangiz,
endi ochishni istab qolasiz
🤭
Ummu Fatihiy kanali
Bog'lanish uchun:
@Kopirayter_bilan_bot
Hojatxonaga bosh kiyimsiz kirishingiz ham iymoningizga ta‘sir qilishini bilarmidingiz?
Ulamolar ittifoqiga ko‘ra boshkiyimsiz haloga kirish namozga beparvolikka olib keladi. Sababi boshning ma‘lum bor qismidan jinlar kirib namozga beparvo qilib qo‘yadi
Iymon nega zaiflashadi?
Buni sabablari juda ko‘p:
Yeyotgan luqmamiz
(u halolmi, o‘zimiz tayyorlaydigan yoki yig‘inlarga borganda yegan–ichganlarimiz, halol yo‘l bilan topilganmi, pishirilayotganda ixlos, duo, zikr va mehr bilan pishirilganmi? Chunki halol yo‘l bilan topilgani bilan pokizalik, zikr duolarsiz, g‘azab, noroziliklar bilan tayyorlangan taom, yeyuvchi insonni tanasiga zaxar bo‘lib kiradi. Kasalliklar keltirib chiqaradi. Ibodatga beparvo qilib qo‘yadi)
Niyatning buzilishi
(o‘zimiz bilmagan holda shirk keltirishimiz nauzubillah)
Ayniqsa, biz ayollarda bu ko‘p uchraydi. Yoshligimizdan qaynona–turmush o‘rtoqdan qo‘rqitib o‘stirilamiz (bor joyga borsang shu ishni qilsang ....) shundan so‘ng turmush qurgach niyatimiz birinchi navbatda uy egalarini rozi qilish bo‘lib qoladi. Ibodat, zikrlarimiz keyingi darajaga o‘tib ketadi.
Davom ettiraymi?
@kopirayter_bilan
Nega o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz pasayadi?
1. Iymon zaiflashgani sabab.
2. Atrofdagi insonlarimiz ko‘p tergashlari, qo‘llab quvvatlashsiz faqat tanqid qilishlari sabab.
3. Birxillik, har kuni doimiy bir xil ish, yangiliklar qilmaslik, yangi narsalar o‘rganish va yangi insonlar bilan muloqotda bo‘lmaslik (muloqotda bo‘lishda kim bilan, qanday muloqot ahamiyatli)
4. O‘zi sevgan narsalarga vaqt ajratmaslik yoki ajratolmaslik. (Xattoki ishlaringiz ko‘payib eng muhimlariga anchadan beri ulgurolmayotgan bo‘lsangiz bu ham sabab bo‘ladi. Umumn bajarilmagan yoki chala qoldirilgan ishlar bizni quvvatimizni so‘rib boradi)
Qiziq bo‘lyaptimi chuqurroq yoritishimni istaysizmi?
@kopirayter_bilan
Asl kasbim medik
😅
Tibbiyot yo'nalishida, Toshkentda o'qiganman (ko'pchilik meni viloyatlik deb o'ylar ekan, adabiy yozganim uchun bo'lsa kerak :) ko'p sohalarga bosh suqib ko'rganman
😁
Chunki Otajonim: "Qizim, qaysi sohani hayotingda kerakli deb bilsang barchasini o'rgan'', – deganlar. Shu uchun tikuvchilikni ham, meditsinani ham o'rganishga qaror qildim. Eng qiziqadigan sohalarimdan biri esa bu: inson psixologiyasi. Insonlar bilan suhbatlashish, ularni ichki kechinmalarini o'rganish, ularni qiynayotgan muammolarni asl sababini izlanib yechim berish menga o'zgacha zavq beradi. Kimnidir hayoti yaxshilansa, muammosi barxam topsa o'zimni baxtiyor sezaman. Shuning uchun psixologiya va insonlar bilan muloqot borasidagi ilmlarni haligacha qiziqish bilan o'rganib kelaman.
Kanalda turli mavzularni olib chiqishim shundan. Yozganlarim orqali kimlardir manfaat olsa xursand bo'laman. O'ziga ishonch borasida yozayotganim esa, nafaqat o'rganganlarim balki boshimdan o'tkazganlarim natijasidir. Sizga post yozishim, yo'nalish va fikrlashim yoqadimi? Buni albatta yozib qoldiring, men uchun muhim!
@kopirayter_bilan
Kanal nomini o'zgaritishga qaror qildim. Yangi yo'nalishda ham ishlamoqchiman siz bilan tayyormisiz?
Channel name was changed to «
Ummu Fatihiy || Kopirayter bilan
»
Menda aksi bo‘lgan, yoshligimda o‘zimga ishonch bo‘lmagan, oilali bo‘lib butkul yaxshi tarafga o‘zgardim
😊
Menda aksi bo‘lgan, yoshligimda o‘zimga ishonch bo‘lmagan, oilali bo‘lib butkul yaxshi tarafga o‘zgardim
😊
Sizga qiziq bo'lsa, yoki sizda ham shu borada muammolar bo'lsa
👇
http://t.me/anonaskbot?start=e4lcc
Bot orqali habaringizni yuboring, ananim tarzda keladi
😊
Birga sirlashamiz
Nega ishonchimiz pasayadi?
Qizlik vaqtim o'zimga ishonchim juda yuqori bo'lgan. Turmush o'rtog'im bilan 1–uchrashuvni o'zidayoq bir birimizni juda qattiq yoqtirib qolganmiz, 1 oyga qolmay to'yimiz bo'lgan. 5 yil qiz qidirishgan lekin birontasiga yuraklari jiz etmagan, ancha boshlaridan g'avg'olar o'tgan
😅
Meni tanlaganlari sababi esa iymonim, qat'iyatim, o'zimga bo'lgan ishonchim ekan. "Ayolim shustri bo'lishini xohlardim" – dedilar kecha. (Shustri deganda bizdagi negativ manodagi pishiq emas
😅
o'zinikida tura oladigan, o'z qadriyatlari, mustaqil fikriga ega inson manosida)
Turmush qurdik, bir birimizni yoqtirib, juda yaxshi yashadik, 1–farzandimni dunyoga keltirdim. Orada tortishuv janjallar ham bo'lib turardi. (Bu oddiy hamma oilada bo'ladigan kelishmovchiliklar) Lekin, vaqt o'tgani sari o'zimda yaxshigina o'zagarishlar seza boshladim. Oldingi o'ziga ishongan, qat'iyatli qizni yo'qotib borayotgandim. 2–farzandimga homiladorlik vaqtimda hammasi butunlay izidan chiqa boshladi. Garmon o'zgarishlari sababmi, o'zimdagi muammolarim sababmi xullas butunlay o'zimni yo'qotib qo'ydim. Endi hech narsa qiziq bo'lmay, hech narsa qilgim kelmay qoldi. Tashqaridan qaraganda hammasi yaxshi, oilam tinch, turmush o'rtog'im yaxshi inson, shiringina farzandim bor, moliyaviy muammolar yo'q. Lekin muammo ichkarida edi. O'zimga, " noshukurlik qilmayapmanmi? Hamma narsam yetarli bo'lsa, ko'pchilik navas qiladigan oilam bor bo'lsa" shu tanqidlarim ham battar o'zimga bo'lgan bahoni pasaytirib yubordi. Qattiq tushkunlikka tushib qoldim.
Davomi qiziqmi?