
𝙆𝙐𝙍𝘼𝙎𝙃 𝘿𝙐𝙉𝙔𝙊𝙎𝙄 🌎 𝙒𝙊𝙍𝙇𝘿 𝙊𝙁 𝙆𝙐𝙍𝘼𝙎𝙃
O'zbekiston Kurash Federatsiyasining rasmiy telegram kanali!
Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
www.kurash-ukf.uz
Bahrayn-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi ikkita oltin medalga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshladi. Bugun kurash dasturida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Otabek Yoʻldoshboyev (-65 kg) hamda Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarga sazovor boʻlishdi.
Tursunova finalda Qirgʻiz Respublikasi, Yoʻldoshboyev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda magʻlubiyatga
uchratishdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
🇶🇦
Bahraynda bo'lib o'tayotgan Yoshlar o'rtasida 3-Osiyo Yoshlar O'yinlarining birinchi kunida kurash sport turi bo'yicha 2 ta (erkaklar 65 kg va ayollar 70 kg) vazn toifasida gilamga tushdi.
📝
Bugun 14 ta davlatdan 20 dan ortiq sportchilar kuch sinashdi.
70 kg vaznda O'zbekistonlik kurashchimiz 2008 yilda tug'ilgan
Tursunova Durdona Bekmurod qizi
🥇
oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rinni
Qirg'iziston
, uchinchi o'rinlarni
Hindiston
va
Eronlik
kurashchilar egalladi.
💫
65 kg vaznda yurtdoshimiz 2008 yilda tug'ilgan
Yo'ldoshboyev Otabek Janon o'g'li
🥇
oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rinni
Eronlik
, uchinchi o'rinni
Afg'onistonlik
va
Tojikistonlik
kurashchilar egalladi.
🔵
Birinchi kun yakuni bo'yicha O'zbekiston 2 ta vazn toifasi bo'yicha 2 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
🇶🇦
Bahrayn davlatida o‘tayotgan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari doirasida Kurash sport turi 3 ta havola orqali navbatma-navbat jonli efirga uzatilmoqda.
🟦
🟦
🔴
🎥
1-link
|
2-link
|
3-link
💬
@kurash_dunyosi
🇶🇦
Bahrayn davlatida o‘tayotgan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari doirasida Kurash sport turini jonli efirda tomosha qiling:
🎥
https://www.mia.gov.bh/media-center/bahrain-international/?lang=en
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
Bahraynda Kurash bo‘yicha jamoa rasmiylari uchun texnik yig’ilish va Qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
🇶🇦
Manama, 18 oktyabr 2025. Bugun Bahrayn poytaxtida o‘tayotgan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari doirasida Kurash sport turi bo‘yicha Chief de Mission Meeting hamda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔵
Ma’lumot o‘rnida, Kurash sport turi tarixda ilk bor Osiyo Yoshlar O‘yinlari dasturidan o‘rin olmoqda. Bellashuvlar 19–20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘g‘il bolalar -65 kg va -83 kg, qizlar esa -52 kg va -70 kg vazn toifalarida medallar uchun bahs olib borishadi.
📝
Ertaga ikkita vazn toifasida kurash bahslari bo'lib o'tadi.
-65 kg:
Yo'ldoshboyev Otabek
-70 kg:
Tursunova Durdona
💫
Kurashchilarimizga omad yor bo'lishini tilaymiz!
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
Asian Youth Games 2025: Bugun delegatsiyamiz to'liq tarkibda 3-Osiyo Yoshlar O'yinlariga jo'nab ketdi.
🇶🇦
Bahrayn davlatining Manama shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Yoshlar O'yinlari (AYG 2025) ga bugun sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportidan junab ketdi.
🔂
Bahrayn davlatida 45 ta mamlakatdan 4 mingdan ortiq yosh sportchi 24 ta sport turi bo‘yicha bellashadi.
✍️
Kurash bahslari
19–20 oktyabr
kunlari o‘tkazilib, to‘rtta vazn toifasida (o‘g‘il bolalar: -65 kg, -83 kg; qizlar: -52 kg, -70 kg) medallar o‘ynaladi.
📝
Sportchilarimiz tarkibi:
-52 kg:
Karimova Mubinabonu
-65 kg:
Yo'ldoshboyev Otabek
-70 kg:
Tursunova Durdona
-83 kg:
G'olibov Shohjahon
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
IKA қароргоҳида халқаро мусобақаларга тайёргарлик масалалари кўриб чиқилди
📍
Бугун Халқаро Кураш Ассоциацияси (IKA) бош қароргоҳида муҳим ишчи йиғилиш ташкил этилди. Учрашувда IKA Бош котиби Муҳаммад Реза Нассири, Ассоциация Администрацияси раҳбари Мансур Мирзаев, Ўзбекистон Кураш федерацияси раиси биринчи ўринбосари Бахтиёр Қодиров ҳамда раис ёрдамчиси Сардорбек Каримов иштирок этдилар.
🔴
Йиғилишда 2025 йилда Баҳрайн ва Саудия Арабистонида ўтказилиши режалаштирилган III Ёшлар Осиё ўйинлари ҳамда Ислом бирдамлик ўйинларида Кураш беллашувларини юқори даражада ташкил этишга оид ташкилий масалалар атрофлича муҳокама қилинди.
🔴
Муҳаммад Реза Нассири Кураш ватани — Ўзбекистон ҳукуматининг доимий қўллаб-қувватлаши спорт турининг жаҳон миқёсидаги нуфузини янада ошираётганини таъкидлади. Шу билан бирга, халқаро мусобақалар учун сифатли яктаклар ва кураш гиламларини етказиб бериш бўйича ҳамкорликни кучайтириш масаласи юзасидан таклифлар билдирилди.
🔴
Шунингдек, учрашув давомида Кураш бўйича катталар ўртасидаги XV Жаҳон чемпионатини ташкил этиш билан боғлиқ масалалар ҳам муҳокама қилинди.
——
Important Preparatory Issues for International Competitions Discussed at the IKA Headquarters
📍
An important working meeting was held today at the headquarters of the International Kurash Association (IKA). The meeting was attended by IKA General Secretary Mohammad Reza Nassiri, Head of the IKA Administration Mansur Mirzaev, First Deputy Chairman of the Kurash Federation of Uzbekistan Bakhtiyor Kadirov, and Assistant to the Chairman Sardorbek Karimov.
🔴
The meeting thoroughly discussed organizational issues related to holding the Kurash competitions at a high level at the 3rd Asian Youth Games and the Islamic Solidarity Games scheduled to be held in Bahrain and Saudi Arabia in 2025.
🔴
Mohammad Reza Nassiri emphasized that the consistent support of the government of Uzbekistan, the homeland of Kurash, is further enhancing the global influence of this sport. At the same time, proposals were made to strengthen cooperation on the supply of high-quality uniforms and Kurash mats for international competitions.
🔴
Furthermore, during the meeting, issues related to organizing the 15th World Senior Kurash Championship were also discussed.
✅
👉
https://taplink.cc/ika_kurash
🥇
@Kurash_Press
Kurash Islom birdamlik o‘yinlari Dasturida
🇸🇦
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) mamnuniyat bilan ma’lum qiladiki, Kurash sport turi joriy yilning 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlarida namoyish sporti sifatida kiritildi.
✅
Bu muhim qaror Kurashning Islom birdamligi Sport Assotsiatsiyasi (ISSA)ga a’zo mamlakatlar orasida yanada keng targ‘ib etilishi va uning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
❗️
IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nasirining Osiyo va Afrikadagi barcha milliy Kurash federatsiyalariga yuborgan rasmiy xatida qayd etilishicha, ushbu musobaqada ishtirok etish imkoniyati barcha islom mamlakatlari federatsiyalari uchun ochiq hisoblanadi.
📝
Tashkilotchilar bilan kelishuvga ko‘ra, har bir mamlakat delegatsiyasi uchun 6 nafar ishtirokchiga bepul turar joy va ovqatlanish ta’minlanadi. Ular 2 nafar murabbiy, 2 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchidan iborat.
💫
Kurash bellashuvlari Erkaklar –66 kg, –81 kg va ayollar uchun –57 kg, –70 kg vaz toifalarida bo‘lib o‘tadi.
Barcha ro‘yxatlar faqat Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi orqali qabul qilinadi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
🎉
Bugun O'zbekiston kurash federatsiyasining Xodimlar va maxsus ishlar bo'yicha bosh inspektori
Ismanova Yulduz Xusanovna
ning tavallud ayyomi.
🌍
O‘zbekiston kurash federatsiyasi Rahbariyati va jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin yurakdan muborakbod etadi. Ishlaringizda rivoj, omad va oilaviy baxt tilaydi. Kurash milliy sportimizni rivojlantirishdagi xizmatlaringizni qadrlaydi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
🎉
Bugun O'zbekiston kurash federatsiyasi Raisining sport masalalari bo'yicha o'rinbosari
Uyg'un Umarov
ning tavallud ayyomi.
🌍
O‘zbekiston kurash federatsiyasi Rahbariyati va jamoasi Uyg'un Umarovni tavallud ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etadi. Uzoq yillardan buyon Kurash milliy sportimizni rivojlantirishdagi xizmatlaringizni qadrlaydi.
💫
Hurmatli Uyg'un Umarov, tavallud ayyomingiz bilan samimiy qutlab, Sizga uzoq umr, mustahkam sog'lik, oilaviy baxt - saodat, kurashimiz ravnaqi yo'lidagi mas'ulyatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz
.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube