Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kutubxonachi 📖

kutubxonachi_uzb

Insonni shakllantiradigan eng yaxshi vosita bu kitobdir.
Hamid Sodiq
.
Yondosh kanal:
@tohirbektojmuhammad

Subscribers
1 210
Post views
3 648
ER
299,05%
Posts
288
August 15, 08:29

Allohga taqvo qil. Bilginki, qiyomat kuni tarozulari og'ir bo'lganlarning tarozulari og'ir bo'lishi, ularning haqqa ergashganliklaridandir.
Ertaga haqdan boshqa narsa qo'yilmaydigan tarozuda haq og'ir kelishi, haqdir!
Jannat ahlini eslasang, "ularga yeta olmayman" deb ayt. Do'zax ahlini eslasang, "ulardan bo'lmaslikni orzu qilaman" deb ayt. Mo'min ham rag'bat qilib, ham qo'rqib turishi lozim.
Allohga tama qilma, Alloh rahmatidan ham noumid bo'lma. Musulmonlarga rahmdil bo'l, ularga adolat bilan hukm chiqar, hatto, zararingga bo'lsa ham.
Abu Bakr Siddiqning Umar ibn Hattobga nasihati (roziyallohu anhum). Umar al-Foruq filmidan.

November 23, 14:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zulmni unutmang! Chunki unutilgan zulm takrorlanadi
Aliya Izzatbekovich

November 17, 21:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Katta bo‘lsang o’tib ketadi” deganlari baxt ekan ...
"Büyüyünce geçer" dedikleri şey mutlulukmuş...
@kutubxonachi_uzb

November 13, 08:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oxirat soati to'ldirilar kun,
Yig'lagan ko'zlarni kuldirilar kun,
Yopilar qochishning so'ngi bekati -
O'limning o'zi ham o'ldirilar kun.
@kutubxonachi_uzb

November 11, 17:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bechora odam bolasi. Agar, u do'zaxdan faqirlikdan qo'rqqanchalik qo'rqqanida edi, jannatga kirardi.
Yahyo ibn Muoz
@kutubxonachi_uzb

November 06, 11:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

“...U sirni ham, maxfiyni ham biladir”
Toha surasi, 7-oyat
@kutubxonachi_uzb

May 11, 09:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

🍽
Ovqatlanishning me'yori:
1. Qorning ochgandagina ovqatlan
2. To'ymasdan oldin to'xtat.
©️
Husayn Buxoriy
@kutubxonachi_uzb

May 08, 07:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

— Biron narsani bilish uchun shuncha kitob o‘qish shartmi?
— Yo‘q. Biron narsani bilmasligingni bilish uchun shuncha kitob o‘qish shart.
©️
Gökhan Özcan

May 06, 13:17

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Oltin boshning kalla bo'lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo'lgani shudir.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Dod demoqqa palla bo'lgani shudir.
Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa,
Aza chog'i yalla bo'lgani shudir.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Aldangani, alla bo'lgani shudir.
Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor bo'lsa,
Paytavaning salla bo'lgani shudir.
El komil bo'lmasa, yurt emas ulug',
Beqadr mahalla bo'lgani shudir.
Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig',
Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir.
O'zbek o'zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo'lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo'lgani shudir...
©️
Erkin Vohidov
@kutubxonachi_uzb

May 06, 05:30